Izboskan tumani xtb bo’limiga qarashli


Download 116.5 Kb.
bet1/11
Sana14.01.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1093232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12- Maktab yigilish bayonnomasi (1)


Quva tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli
12-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil avgust oyida
Uslubiy birlashma yig’ilish
Bayoni №1
Yig’ilish avgust oyining ____ sanasida bo’lib o’tdi.
Qatnashdilar:
Yig’ilishda jami ___ nafar o’qituvchidan ___ nafari qatnashdi.
Kun tartibidagi masalalar .
1Tabiiy fanlar metod birlashmasining 2021-2022-o‘quv yili yakunlari natijalarining tahlili va 2022-2023-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzish, metodbirlashmaning joriy o‘quv yili uchun tuzilgan ish rejasi va metodbirlashma a’zolarining ish taqsimotini tasdiqlash va maktab rahbariyatiga tasdiq uchun taqdim etish.
2. Avgust shuba yig‘ilishlarida ko‘rilgan masalalar va joriy yildagi ta’lim yangiliklarini metodbirlashma yig‘ilishida o‘rganib chiqish.O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlashAniq fanlar metod birlashmasida darslar taqsimoti va 5-11- sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va amalga tadbiq etish .
1- masala yuzasidan Tabiiy fanlar metod birlashmasining 2021-2022 o’quv yilidagi amalga oshirilgan ishlari va 2022-2023- o’quv yilidagi vazifalari to’g’risida O’IBDO’ A.Yunusov fikrlarini aytib yutuqlar o’zimizniki o’tgan o’quv yilida olib borilgan ishlar samaradorligi va qilingan ishlarni kamchliklari metod birlashma rahbari va uning a’zolarining bir yillik faoliytiga nazar solsak o’tgan yilni yaxshi natijalar bilan yakunlaganligini alohida takidlab o’tdi. Shu bilan birga o’tgan o’quv yilida yo’l qo’yilgan xato va kamchilaklarni yangi o’quv yilida bartaraf etish choralari ko’rilishini va karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishni aytib o’tdi.
Qaror
1. O’tagan o’quv yilida qilingan ishlar va aniq fanlar metod birlashmasining faoliyati qoniqarli deb baholansin. Muhokama uchun kiritilgan Metod birlashmasining 2022-2023-o’quv yili uchun yillik ish rejasi, metod birlashma a’zolarining dars taqsimoti, 2022-2023-o’quv yili uchun fanlardan tuzilgan taqvim ish rejalari tasdiqlanishi belgilansin.
2- masala bo’yicha uslubiy birlashma rahbari O.Usmonova so’z olib Avgust oyida o’tkazilgan shuba yig’ilishlarida ishtiroki yuzasidan metod birlashma a’zolari va majlis ishtirokchilariga yetkazdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to’g’risida fikr yuritdi. 183-sonli buyuruqqa asosan chorshanba kuni aniq fanlar metod kuni sifatida o’zgarishsiz qoldirilib Yanvar oyi ham Tabiiy fanlarfan oyligi sifatida o’zgartirildi. Metod birlashma ishlarini yuritishdagi hujjatlar to’plami qisqartirilganligi va joriy o’quv yilidan Metod birlashma hujjatlaridan metod birlashma rejasi va yig’ilish bayonini yuritish bilan cheklanish qat’iy belgilanganiligini tushuntirib o’tdi. 2022-2023-o’quv yili uchun tabiiy fanlar metod birlashmasining yillik ish rejasini tasdiqlash to’g’risida qilinadigan ishlar mazmun mohiyatini o’qituvchilarga tushuntirib O’IBDO’ A.Yunusovga taqdim etdi. Darslar taqsimoti va 5-11- sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi keng jamoa o’rtasida va maktab direktori SH.Ortiqova, O’TIBDO’ A.Yunusov uslubiy birlashma rahbari O.Usmonovalar tomonidan ko’rib chiqildi, metod birlashma rejasi 5-11-sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalari tasdiqlanish to’g’risida kelishildi. Muzokarada fan o’qituvchilaridan yuqori toifali o’qituvchilar so’zi tinglandi. Darslar taqsimotida o’tgan o’quv yili davrida yaxshi faoliyat ko’rsatgan mahoratli o’qituvchilarga darslar ko’proq berilishini aytdilar .
Qaror
2. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘I bilan barcha fan o’qituvchilari tanishib chiqishini nazorat qilish metod birlashma rahbari O.Usmonova zimmasiga yuklatilsin.
3- masala yuzasidan O’IBDO’ A.Yunusov so’z olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati bundan keying qilinadigan ishlar rejasi bilan tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng metod birlashma rahbari O.Usmonova so’z olib “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va amalga tadbiq etish bo’yicha sinf xonalariga shiorlar yozib qo’yilishi Mustaqillik darslarini ushbu shior asosida tashkil etish kerakligi , onlayn darslarni tashkil etish darslar davomida o’quvchilar ongiga chuqur singdirilishi uslubiy birlashma rahbari O.Usmonova tomonidan aytib uqtirildi. Yuqoridagi masalalar bo’yicha muzokara bo’lib o’tdi. “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiorini o’quvchilarga singdirishda pedagogik mahoratlarini ko’rsatib misollar yordamida yosh pedagoglarga tushunchalar berdilar.
Qaror
3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari bilan tanishib shu qarorlar asosida darslarni tashkillanishini nazorat qilish metod birlashma rahbari O.Usmonova zimmasiga yuklatilsin. “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va amalga tadbiq etish barcha fan o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Uslub birlashma raisi: O.Usmonova
Kotiba: SH.Zaynobiddinova



Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling