Mavzu: Ekologik risklarni baholash va boshqarish. Reja
Download 134.23 Kb.
|
Ekologik risklarni baholash va boshqarish.
Mavzu: Ekologik risklarni baholash va boshqarish. Reja: Kirish Ekologik risklarni tasniflanishi. Ekologik risklarning turlari. Risklarni boshqarish va minimallashtirish usullari. Rivojlangan mamlakatlarda, biznes rejalarni tuzishda investitsion loyihani boshqarish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Xo’jalik subyektlari o’z faoliyati jarayonida amalga oshiradigan ekologik-xo’jalik munosabatlarida ekologik yo’qotishlar ehtimoli yuzaga keladi. Mazkur ekologik yo’qotishlar ekologik risklar sifatida tavsiflanadi. Xo’jalik subyektlari faoliyatining maqsadi, raqobatdoshlik sharoitida maksimal darajada foyda olishga qaratiladi. Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishida davlatning va xo’jalik boshqaruvi organlarining zarur ekologik resurslarga egalik qilishi muhim o’rin tutadi. Davlat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat yuritishi uchun me’yoriy va institutsional tuzil malarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy, amaliy, tashkiliy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Insoniyatning yer yuzida paydo bo`lishi tarixiga nazar tashlansa, moliya sohasi odamlar o’rtasidagi boyliklarni natural tovar sifatida maqsadli va o’zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga kelib bozor alohida nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma shaklida namoyon bo’luvchi dinamik muhitga aylangan bo’lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini ob’ektiv belgilaydi. Bozorning dinamik muhit ekanligi unda tovarlar hajmi va ularning bahosi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o’zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi. O’zbekiston respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishda davlat moliyasi va uning tarkibiy qismi bo`lgan ekologik risklari alohida o`rin egallaydi. Biz bilamizki, 2016-yilda davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya`ni qariyb 59,0 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi1. Shuningdek, muhtaram prezidentimiz sh.m.mirziyoyev o’z nutqlarida - “makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o`sishning yuqori sur`atlarini saqlab qolish, jumladan, davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo`lishini ta`minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”2 – deya alohida ta`kidlab o’tdilar. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag`batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida belgilangan vazifalardan biri korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi3. Ayniqsa, bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish quroli bo’lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli risklarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun mavzuning o`rni oliy malakali kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir. Ushbu mavzuni o’rganib chiqishdan maqsad – ekologik risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish bilan bog`liq zaruriy nazariy ko`nikma va malaka shakllantirish. Mening vazifam ekologik risklar, bozor risklarini baholash va boshqarish bilan bog`liq nazariy va amaliy bilimlarni o`rganishdan iborat. Ekologik risklar nazariyasi fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo’lg’usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo’naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o’rgatuvchi fandir. Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin. Ekologik risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho’t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo’l qo’ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig’indisini o’z ichiga oladi. Ekologik risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo’lsa, uning subyekti sifatida riskga o’z ta’sirini o’tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. Ekologik risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, ekologik korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo`yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo`jalik faoliyati va ularning ekologik ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. Ekologik risklarni boshqarish strategiyasi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barcha imkoniyatlaridan to`la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va ekologik risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Hozirgi paytda o`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko`zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir. Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo’jalik subyektlari qat’iy yo’riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo’yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o`ylashga to`g`ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o`zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim. Download 134.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling