Mavzu: Ekologik risklarni baholash va boshqarish. Reja
Kredit va u bo`yicha foizlar o`z vaqtida to`lanadi
Download 134.23 Kb.
|
Ekologik risklarni baholash va boshqarish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit va u bo`yicha foizlarni to`lashda qiyinchiliklar yuzaga keladi Riskli holat
3-chizma. Kreditlash jarayoni va riskli holatlarni aniqlash chizmasi5 Banklar mablag`lar yo`qligi tufayli yuzaga keladigan to`lovga qobiliyatsizlik, ekologik va xo`jalik faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga yega bo`lmaslik kabi risklardan yehtiyot bo`lishlari lozim. Agar bank berilgan kredit talabnomasini yaxshilab tahlil qilmasdan, juda katta miqdorda kreditlar bergan bo`lsa, ularning qaytmaslik ehtimoli mavjud bo`lsa, bunday «yomon» kreditlar bankka katta zarar keltirishi mumkin. Valyuta riskiga - tashqi savdo, kredit, valyuta operatsiyalari, hamda fond va tovar birjalarida amalga oshirilayotgan operatsiyalarda, milliy valyuta kursiga nisbatan xorijiy valyutani kursi o’zgarishi bilan bog’liq valyuta yo’qotishlari xavfi kiritiladi.valyuta riskining hajmi, valyutaning sotib olish qobiliyatining pasayishi bilan bog’liq, shu sababli u bitim imzolangan va to’lovni amalga oshirish muddati o’rtasidagi vaqt oralig’ining farqiga to’g’ridan- to’g’ri bog’liqdir. Valyuta riski - valyutaning almashuv kurslarini keskin o’zgarishi, bankning aktiv va passivlarini boshqarishni qiyinlashtiradi. Masalan, 1985-1987 yillarda amerika dollari kursining pasayishi va yapon ienasi qiymatinnig oshishi, kuplab xalqaro banklarning tarkibi va foydasiga jiddiy salbiy ta'sir ko’rsatdi. Eksport qiluvchi (sotuvchi) uchun kursdan yo’qotishlar to’lov valyutasi kursini tushishigacha bo’lgan muddatda bitim imzolab qo’ygan bo’lsa yuzaga keladi, chunki olingan tushum mablag’lariga eksport qiluvchi kamroq milliy pul mablag’larni olishi mumkin. Import qiluvchi (xaridor) esa, baho valyuta kursi oshishidan zarar ko`rishi mumkin, chunki xarid qilib olishi uchun, endi ko’proq milliy valyuta mablag’larini xarajat qilish lozim bo’ladi. Xalqaro amaliyotda yuzaga keladigan har qanday risk eksport qiluvchi (sotuvchi)ning buyniga tushadi.milliy moliya bozorlarida risklarni ma'lum bir sezilarli miqdorda taxmin qilish mumkin. Hududiy va xalqaro moliya bozorlarida esa, bundan farqli o’laroq, risk darajalarini taxminlashtirish sezilarli darajada mushkul hisoblanadi.valyuta riskini uch turga bo’lish mumkin: 1. Pul o’tkazishda yuzaga keladigan risk- xorijiy valyutada ifodalangan (misol uchun, xorijdagi filialning hisobotlari) firma yoki bankning ekologik hisobotlari natijalarini milliy valyutaga o’tkazish (misol uchun, firmaning ekologik hisobotlarini jamlash vaqtida); 2. Tranzaktsiya (bitimlar) riski - to’lovni kelajakdagi bir sanada amalga oshirishda, milliy valyuta qiymatining yoki bitim daromadliligining noaniqligini aks ettiradi. Bunga misol qilib, import qiluvchiga kredit taqdim etilgan holda, import qiluvchi valyutasida tovarlarni eksport qilishi uchun xizmat qiladi; 3. Iqtisodiy risk- kelajakda valyuta ayirboshlash kurslarining o’zgarishi natijasida, xorijiy valyutada ifodalangan firma aktiv va majburiyatlarining milliy valyutadagi qiymatining o’zgarishidir. Bunga misol qilib, flrmaning xorijiy bo’linma va filiallarining aktivi va majburiyatlarini ko’rsatish mumkin. Hozirgi vaqtda, tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatini markaziy bank tomonidan tartibga solinishi, bank tizimidagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. «o’zbekiston respublikasi markaziy banki to’g’risida»gi qonunning 40-moddasiga muvofiq, markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish bo’yicha davlat organi bo’lib hisoblanadi. Bu masalaning dolzarbligi, asosan, ko’pgina yirik vakolatli banklar aktivlarining asosiy qismini valyuta sohasiga yo’naltirilganligi, ya'ni xorijiy valyutadagi aktivlardan iboratligi bilan izohlanadi. O’zbekiston respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tamoyillari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi o’zbekiston respublikasining 1993 yil 7-maydagi «valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq, o’zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog’liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya'ni o’zbekiston respublikasi markaziy bankining valyuta operatsiyalarini o’tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo’lgan tijorat banklari, vakolatli banklar hisoblanadilar. Investitsion risk o’z ichiga quyidagilarni oladi: to’g’ridan-to’g’ri ekologik yo’qotishlar riski; daromadlarni pasayish riski; qo’ldan chiqarilgan yutuqlar riski. Investitsion loyihalarning o’zini oqlamasligi, rentabellik darajasini pasayishi to’g’ridan- to’g’ri ekologik yo’qotishlarga olib keladi. Portfelli investitsiyalar bo’yicha dividendlar va foizlar miqdorining kamayishi, depozitlar va kreditlar foiz stavkalarining pasayishi daromadlar pasayish riskining namoyon bo’lish shakllari hisoblanadi. Qo’ldan chiqarilgan yutuqlar riski deganda ma’lum bir investitsion tadbirni amalga oshmay qolishi natijasida foyda olmay qolish riski tushuniladi. Masalan, moliyalashtirilayotgan ob’ektni sug’urta qilinmaganligi oqibatida sug’urta to’lovini olishdan mahrum bo’lish. Foiz riskiga tijorat banklari, kredit muassasalari va investitsion institutlarning jalb qilgan resurslari stavkalarining ular bergan kreditlarning foiz stavkalaridan yuqori bo’lishi natijasida zarar ko’rish xavfi kiradi. Bundan tashqari, foiz riskiga aktsiyalar bo’yicha olinadigan dividendlarning, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari va boshqa qimmatli qog’ozlar bozor bahosining pasayishi natijasida investorlarning zarar ko’rish xavfi ham kiradi. Download 134.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling