Izingizdan yursak deymiz…
Download 18.27 Kb.
|
Nozimjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duolaringizdan unib o’sgan farzandlaringiz: Shoxsanamxon Nozimjon Moxinurxonlar
IZINGIZDAN YURSAK DEYMIZ… Inson o’sib, oilali, farzandli bo’lgach beixtiyor ko’z oldida o’zining bolalik yillari namoyon bo’lar ekan. Biz oilada 3 farzand o’sib, kamol topdik. Bizning bolaligimiz “eng, eng, eng baxtiyor bolalik” bo’lgan deb ayta olamiz. Esimizni tanib-tanimay, biz qorboboni ishonib kutardik. Albatta yangi yil kechasi qorbobo archamiz tagiga o’zimiz orzu qilgan sovg’amizni qo’yib ketardi. Kattamiz 33, kichigimiz 24 yoshga kirdik hozir ham qorbobo bizga sovg’a tashlab ketadi. 2022-yangi yilda sovg’alar soni 10 ta bo’ldi (nabiralar bilan birga). Ollohga shukr birontamiz biron narsaga erisha olmay umidsiz holga tushmabmiz. Kiyim-kechak, o’quv qurollari uchun birontamizni harxasha qilganimizni urinib ham eslay olmadik. Biz farzandlariga faqat halol luqma yedirish ilinjida Dadajonimiz tinmay mehnat qiladilar. Yaxshi ko’rishlarini oshkora aytmasalarda, ko’z qarashlari, mehribonliklari, adolatli va dunyodagi eng saxiy ota ekanliklari yuzlaridan bilinib turadi. Yoshliklarida oliygohda o’qish armon bo’lib qolgan, Onajonimiz bizni eng birinchi ustozimiz bo’ladilar. Yoshligimizda biz eshitgan ertaklar, xadis-u rivoyatlar bizni mehnatsevar, aqlli, madaniyatli, mehribon bo’lishga da’vat ekan … Biz bilan birga o’ynab, birga kuladilar, birontamiz betob bo’lsak g’amga botib kuyunadilar. Abituriyentlik davrimizda ustozlarimiz tomonidan bizga qo’shimcha darslik sifatida foydalanishimiz kerak deb aytilgan darsliklarni zir yugurib topardilar. Kechalari biz bilan birga tong otguncha o’tirib, biz uchun, bizni kelajagimiz uchun ibodat qilardilar. Biz gaplashyapmiz-u, taasurotlarimiz tugay demayapti, endi bo’lsa bizni qatorimizga farzandlarimiz qo’shilyapti. Qaysi farzandimizga nima kerak? Ular bizdan oldin hal qiladilar. Shunday ekan, biz farzandlar har bir baxtli kunimiz, oliy ma’lumotli magistrlar bo’lishimiz uchun, bizga o’rnak bo’la oladigan “hayot yo’li” uchun ota-onamizdan bexad minnatdormiz. Ularning sochlaridagi har bir oq tolada, yuzlaridagi ajinlarida, biz uchun qilingan mehnat, chekilgan aziyatlar yotibdi. Ular uchun Allohdan uzoq umr, sog’lik-salomatlik, ikki dunyo saodatini so’raymiz. Ularning mag’rur boshlari boshlari xech qachon egilmasligi uchun bor bilimimizni, kuchimizni sarflaymiz. Ular shuncha yil astoydil mehnat qildilar, mana endi ularni mehnatlariga munosib javob berish bizning vazifamiz. Ota-onamiz shuncha yil qilgan mehnatlari rohatini ko’rishlari uchun ulardan duo olib, o’qish va ishlarimizga rivoj qatorida allohdan o’zimizga insof so’raymiz. Biz ham farzandlari kelajagi uchun fidoiy bo’lishga intilamiz. Baxtimizga omon bo’linglar!!! IZINGIZDAN YURAMIZ ALBATTA ... Tabiat qonunlariga bo’ysunmaydigan, tibbiyot qonunlarini esa tan olmaydigan “OTA-ONA MEHRI” oldida butun borliq ta’zim qilsa arziydi. Duolaringizdan unib o’sgan farzandlaringiz: Shoxsanamxon Nozimjon Moxinurxonlar Download 18.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling