Izoalloksazin xosilalari tahlili mohiyatini tushuntiring
Download 100.29 Kb. Pdf ko'rish
|
18-mavzu
1. Izoalloksazin xosilalari tahlili mohiyatini tushuntiring.
Izoalloksazin guruh preparatlarga riboflavin (vitamin B2) hamda uning yarimsintetik yo‘l bilan olingan kofermenti riboflavin mononukleotid kiradi. Riboflavin tabiatda keng tarqalgan moddalardan bo‘lib, u o‘simlik va hayvon mahsulotlarida uchraydi. Ayniqsa, pivo, xamir achitqisi, bug‘doy, javdari non, ko‘k no‘xat, ismaloq, tuxum, go‘sht, jigar va buyrakda ko‘p miqdorda bo‘ladi.
2. Riboflavin dori moddasuni DF bo’yiha tahlilini bajaring. Riboflavin. Vitamin B2 Riboflavinum. Vitaminum B2 6,7-dimetil-9-( D-1 -ribitil)-izoalloksazin
Riboflavin kuchsiz o'ziga xos hidli va ta’mi achchiq to‘q sariq kristall kukun boMib, suvda kam eriydi, 95 %li spirt, efir, xloroform, benzol va atsetonda deyarli erimaydi. Ishqorlarda, xlorid va sirka kislotalarida eriydi. Uning ishqordagi eritmasi optik faol boMib, qutblangan nur tekisligini chapga buradi Riboflavinning eritmasi yashilroq-sariq rangga bo‘yalgan boMib, u ultrabinafsha nur oqimida yashil ranglanib tovlanadi. Eritmaga suyultirilgan xlorid kislota eritmasi qo‘shilsa, preparatning tovlanib ko‘rinish xossasi yo‘qoladi. Farmakopeya maqolasi riboflavinning ushbu xossasidan uning chinligini aniqlashda foydalanishni tavsiya qiladi. Riboflavin chinligini aniqlashda boshqa rangli reaksiyalardan ham foydalaniladi. Masalan, uning suvdagi eritmasiga bir necha tomchi kumush nitrat eritmasi qo'shilsa, pushti rangli, simob (II) xlorid eritmasi ta’sirida esa to'q sariq rangli birikma hosil qiladi. Preparatning ushbu rang o'zgarishi uning kumush yoki simob tuzlari ta’sirida oksidlanishidan vujudga keladi. Riboflavinning miqdori Farmakopeya maqolasi ko‘rsatmasiga ko’ra, spektrofotometrik usul bo'yicha aniqlanadi. Bunda 0,0006 %li preparat eritmasining optik zichligi spektrofotometrda 267 nm to’lqin uzunligida o’lchab, aniqlanadi. Riboflavinni kumush nitrat ta’sirida pushti rangli birikma hosil qilishi aspsida, uning miqdorini fotokolorimetrik usul bo'yicha aniqlashda ham foydalaniladi.
Preparat eritmasining yashil rangda tovlanishi asosida, uning miqdori fluorometrik usulda ham aniqlanadi. Riboflavinning miqdorini yana undagi azot asosida Keldal usuli bo'yicha ham aniqlash mumkin.
2. Riboflavin mononukleotid dori moddasini miqdorini SF usulida aniqlang
Preparat tarkibida erkin fosfat kislota bor-yo‘qligini aniqlashda uni atsetat buferi eritmasi ishtirokida ammoniy molibdatning 0 ,0 2 %li sulfat kislotadagi 1 %li eritmasidan qo‘shib, sariq rangli fosfatmolibden kislotasi hosil boMish boMmasligi kuzatiladi. Agar suyuqlik ranglangan bo‘lsa (fosfat ioni borligini bildiradi), unga ma’lum hajmda 1 %li askorbin kislota eritmasi ta’sir ettirib ko'k rangli modda, molibden ko‘kiga o‘tkazib 740 nm toMqin uzunligida spektrofotometrda uning optik zichligini oMchab, preparat tarkibidagi erkin fosfat kislotaning miqdori bilinadi. Standart eritma sifatida KH2P04 ning sulfat kislota va suv bilan boMgan aralashmasidagi 0,01 %li eritmasi ishlatiladi. Preparatning miqdori spektrofotometrik usul bo‘yicha aniqlanadi. Uning 0,0016 %Ii eritmasining optik zichligi 415 nm toMqin uzunligida spektrofotometrda oMchab miqdori aniqlanadi.
3.
Riboflavin dori moddasini tibbiyotda ishlatilishi
Odam organizmida vitamin B2 yetishmasligi turli ogMr kasalliklami keltirib chiqaradi. Ayniqsa, qon, teri va ko‘zning og‘ir kasalliklariga sabab boMadi. Riboflavin jigar, me’da- ichak faoliyati buzilishida, kamqonlikda, stomatit, dermatit, ko‘z kasalliklarida (konyunktivit, katarakta va boshqalarda) qoMlaniladi. Uni kuniga 0,005-0,01 g dan ichish uchun beriladi. Riboflavinning 0,01 %li eritmasi ko‘z tomchisi sifatida ishlatiladi. Preparat kukun, draje (0,002 g dan), tabletkalarda 0,005 va 0,01 g dan chiqariladi. Download 100.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling