Izohli diktant
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
14-dars (2)
Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb
etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o‘zlikni anglashda muhim vosita bo‘ladigan buyuk ijtimoiy hodisa. Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o‘zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir. Adabiy tilni me’yorlashtirish deganda tilning ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan ko‘rinishlarini tavsiya etish va shu asosda tilning fonetik, orfoepik, orfografik, leksik, grammatik qonun-qoidalarini ishlab chiqish va ularni tartibga solish tushuniladi. Ilmiy manbalarda adabiy tilni me’yorlashtirishning quyidagi shartlari qayd etiladi: a) tilning ifoda vositalari tanlanadi; b) umum tomonidan qabul qilinadi va mustahkamlanadi; v) qoidalashtiriladi, lug‘at va grammatikalarda tavsiya etiladi; g) shu til vakillarining hammasi uchun majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda tilshunoslikda o‘zbek adabiy tilining me’yorlari quyidagicha tasniflanadi: 1. Leksik-semantik me’yor. 2. Orfoepik (talaffuz) me’yor. 3. Yozuv (grafik) me’yori. 4. Fonetik me’yor. 5. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) me’yor. 6. Grammatik me’yor (morfologik va sintaktik). 7. So‘z yasash me’yori. 8. Imloviy me’yor. 9. Punktuatsion me’yor. 10. Uslubiy me’yor. O‘zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan biri sanaladi. O‘zbek tili asosan, O‘zbekistonda, shuningdek, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. O‘zbek tili qipchoq, o‘g‘uz, qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular: 1) qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o‘g‘uz lahjasi. Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O‘rxun-Yenisey tosh bitiklari, O‘rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo‘lgan “Devonu lug‘otit-turk”, “Qutadg‘u bilig” kabi o‘lmas asarlar o‘zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi. Eski o‘zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to‘g‘ri keladi. Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling