Izohli diktant


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1196192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-dars (2)

2-tоpshiriq. Matnni o‘qing va uning asl uslubini aniqlang, uslubiy o‘zgarishlarni ko‘rsating. Nutqning
mantiqiyligi buzilganmi? Fikrlaringizni bildiring.

... Notiq rumkani olib o‘rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi biroz o‘zgardi, avval rumkaga, keyin
uyining burchagiga qarab so‘z boshladi:


O‘rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy
burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga!

Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq
qiyofada davom etdi:

— Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o‘z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo‘r sinovlar sharoitiga
bevosita qadam qo‘ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik
qiladigan oila masalasi o‘zingizga ma’lum bo‘lganligi uchun bunga keng ravishda to‘xtab o‘tirishni lozim
ko‘rmayman.

...Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo shuni ta’kidlab
o‘tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb
qilmas dan o‘z kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan bevosita bartaraf qiladigan bo‘lib
qoldik. Ikkinchidan, o‘rtoq rafiqam, oilamizni tashkiliy xo‘jalik jihatidan misli ko‘rilmagan darajada
mustahkamladik. Men bu borada faktlarga murojaat qilib o‘tirmayman, chunki ordenli onangiz o‘zlarining
har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda qayd qildilar.

A. Qahhor, «Nutq».



2-mashq.Nuqtalar o‘rniga –ning yoki –ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib
gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan
bog‘langanligini aniqlang.

1. Shevaga xos qo‘shimchalar… adabiy til qoidalariga mos
holatda ishlatmaslik imlodagi xatolar… kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 2.
Aristotel har bir jumla… asosiy fikr… ifoda etishga qaratilishi…, ravon va
tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishi… talab etadi. 3. Safar
aka… astoydil achchiqlangani… sezgan imomi oraga tushdi. 4. Yo‘lchi
arava… nimasi shikastlastgani… payqamay, hayron bo‘lib turar ekan,
arava… tagidan dehqon… ayanchli tovushi eshitildi. 5. O‘rmonjon Qurbon
ota… bu ish… bemaslahat, bemavrid boshlanganiga xafa bo‘ldi. 6. Ona
tilimiz…
ijtimoiy
hayot…
barcha
sohalaridagi
mavqei…
oshirish
barchamiz… vazifamizdir.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling