Izohli lug‘at (glossariy) Administrator


Internet – yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘i. Internetga ulanish


Download 38.5 Kb.
bet3/7
Sana13.01.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1090005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossary

Internet – yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘i.
Internetga ulanish – Internet kanallari orqali axborot resurslaridan foydalanish (ochish, ko‘rib chiqish, nus’halash, uzatish va boshqalar) imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuterning ishlash tartibi.
Internet-darslik – ma’lum fan bo‘yicha yagona interfeys bilan ta’minlangan, Internetga joylashtirilgan, doimiy ravishda rivojlanadigan o‘quv-metodik majmua.
Internet orqali o‘qitish – o‘quv-axborot manbalari va Internet kompyuter tarmog‘i orqali o‘zaro bir-birlari bilan bog‘langan real vaqtdagi o‘qitish.
Internetning axborotli qismi – Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audio, video va boshqa ko‘rinishidagi axborotlar majmui.
Internetning dasturiy ta’minoti – tarmoqqa ulangan kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida ishlashi, aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni qidirish, qayta ishlash, saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarini amalga oshiruvchi dasturlar majmui.
Internetning texnik ta’minotiturli rusumdagi kompyuterlar, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmui.
Interaktiv o‘zaro aloqaelektron pochta, e’lonlar elektron doskasi, onlayn mavzuli muhokamalar, chat, audioanjuman, videoanjuman, ma’lumotlar va fayllar bilan almashinish, umumiy tarmoq ilovasi va boshqalarni o‘z ichiga olgan kompyuter bilan o‘zaro aloqa qilish, «inson-mashina» muloqoti.
Interaktiv o‘quv kurslari – o‘zaro muloqot asosiga qurilgan vositalardan foydalanib tuzilgan kurslar.
Kalendar reja (dars jadvali) – talabalar mashg‘ulotlari grafigini tashkil etish tizimi.
Kompyuter darslik – o‘quv fani yoki uning bo‘limini mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatini ta’minlaydigan dasturiy-metodik majmua. Kompyuter darsligi o‘zida oddiy darslik, ma’lumotnoma, masalalar va misollar to‘plami, laboratoriya amaliyotlarining xususiyatlarini birlashtiradi.

Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling