Izohli lug`at (Glossariy) Aqlli kishilarning ketib qolishi


Jahon valyuta-moliya tizimi (JVMT)


Download 55.81 Kb.
bet5/18
Sana20.09.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1682294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Izohli lug`at (Glossariy)

Jahon valyuta-moliya tizimi (JVMT) -xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida uzoq davom etgan evolyutsiya rivojlanish bosqichlar natijasida shakllangan va davlatlararo bitimlar orqali mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etishdagi ko'rinishdir.
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) - milliy xo‘jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlaming darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o‘rtasida jami migratsion aylanmasi.
Jahon puli - xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid vositasi, umumiy to‘lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoU, baynalminal qiymat ifodasi bo‘lgan puldir. Jahon puli vazifasini dastlab ma’lum vazifadagi oltin yombilari bajargan, so‘ngra xalqaro miqyosda obro‘- e’tiborli milliy pul (dollar, funt sterling) jahon pullari deb e’tirof etilgan.
Import - ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va xizmat keltirish. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o'miga bog‘liq.
Immigrant - muhojir, boshqa mamlakatdan ko‘cbib kelgan kishi.
Immigratsion kvota - xorijiy fuqarolami kirib kelishi davlat tomonidan miqdoriy cheklash.
Investor - o‘z nomidan va o ‘z hisobidan mijozlaraing topshirig‘iga binoan iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga o‘z kapitalini qo‘yuvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Investitsion muhit - mamlakatlar iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalaming samarali aylanishi, zarur bo‘lgan shart-sharoitlar kompleksi.
Injiniring - ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish obyektini qurib, ishga tushirish bo‘yicha xizmatlar sohasi.
Inkasso - mijoz (eksportyor) buyrug‘iga ko‘ra jo ‘natilgan tovarlar yoki xizmatlar uchun importyordan to‘lovni qabul qilish va bu mablag‘lami eksportyor hisobiga o‘tkazish operatsiyasi.

Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling