Valyuta arbitraji - svoplar va ssuda kapitali bozorida bitimlar birgalikda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi banklararo operatsiyalar.
Valyuta bozorlari - milliy valyuta ishtirokida talab va taklif ta’sirida yuzaga keluvchi valyuta kursiga muvofiq xorijiy valyutalami oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlar.
Valyuta intervensiyasi - davlat organlari tomonidan milliy bozorda xorijiy valyutani sotish va sotib olish.
Valyuta kliringi - ikki va undan ortiq hukumat o‘rtasida moliyaviy talablar va majburiyatlami o‘zaro hisobga olish haqidagi kelishuv.
Valyuta kotirovkasi - bir valyuta bahosini boshqa valyutalarda ifodalanishining sonli yozuvi.
Valyuta kursi - milliy valyutalar o‘rtasidagi nisbat, bir mamlakat valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi.
Valyuta pozitsiyasi - bankning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabi va majburiyatlari nisbati.
Valyuta rejimi - valyuta ayirboshlash kursini aniqlash asosidagi
mexanizm.
Valyuta rezervlari - xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozitsiya ko‘rinishidagi valyuta-Iikvid vositalaming jami.
Valyuta siyosati - mamlakatda xorijiy valyutalaming pul-kredit aylanmasini tartibga solishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimi.
Valyuta xatari - valyuta kursi o‘zgarishi oqibatida eksportyor va importyoming zarar ko‘rishi lozim bo‘lgan holati.
Valyuta cheklashlari - xorij valyutasi va boshqa qimmatli narsalar (oltin) bo'yicha operatsiyalami cheklash uchun yo‘naltirilgan ma’muriy va qonuniy tartibda belgilangan me’yoriy qoidalar tizimi.
Valyutaning konvertatsiyalanganligi - milliy valyutani xorijiy valyutalarga rezidentlar va rezident bo‘lmaganlar uchun ham to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha almashtirish imkoniyati.
Veksel — belgilangan ko'rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel egasi ko‘rsatilganmuddattugagandan so‘ng belgilangan pul suxnmasini qarzdordan talab qilishga haqlidir.
GATT - Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh kelishuv - tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‘yicha xalqaro akt.
Do'stlaringiz bilan baham: |