Izzat Sulton: Olim zakovati, san’atkor mahorati


Download 62 Kb.
bet1/2
Sana09.11.2023
Hajmi62 Kb.
#1760440
  1   2
Bog'liq
Izzat Sulton





Izzat Sulton: Olim zakovati, san’atkor mahorati








E ndilikda ilmiy doiralarda keng qo‘llanilayotgan, o‘quv-metodik kengashlarda izohlanayotgan, ma'ruzalar, mash­g‘ulotlarda muayyan misollar ila ta'riflanayotgan ayrim atamalar borki, ularning tub mohiyatini Navoiy va Bobur, Cho‘lpon, Qodiriy, akademik yozuvchilar - Oybek, G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Izzat Sultonov matni tahlilida ko‘rsatish, zukko talabaga yetkazish mumkin. Chunonchi, intertekstuallik, paradigma, mediamaydon, kommunikativlik kabi keng qamrovli tushunchalar nazarda tutilib, mumtoz she'riyat hamda nomachilik san'ati, Qodiriy boshlab bergan nasr tajribasi, bir vaqtning o‘zida badiiy va ilmiy faoliyati jo‘sh urgan allomalar asarlari o‘rganilsa, ijod nashidasiga to‘lib-toshgan damlar vujudga keladi.
Qalam sohiblarining avvallari ko‘zga tashlanmagan boy tasavvurlari, satrlar orasiga «yashiringan» fazilatlari bamisoli «yirik plan»­da ko‘rinadi. Ayni bir vaqtda tadqiqotchiga xuddi shu matn, unda ifoda etilgan his-hayajon, estetik ko‘rinishlar ilhom beradi. Shu tariqa esse, hujjatli qissa, estetik va metodologik qimmatga ega bo‘lgan memuar asar, ijodiy portret, suhbatlarning ilmiy va badiiy ifodalari paydo bo‘ladi. Bu dolzarb mavzu tadqiqotlarda, turkum nazariy maqolalarda, risola va qo‘llanmalarda yoritiladi.
Izzat Sulton bilan bo‘lgan muloqot biz qalamga olgan masalalarning ayrimlarini o‘rganishga ko‘maklasharmikin, degan niyatda suhbat jarayonini tiklashga urinib ko‘rdik.
Biz tilga olgan intertekstuallik atamasi qo‘llanilishi hali u qadar odat tusiga kirmagan yillari Izzat akaga savol bergan edik:
- «Navoiy» pesasi va stsenariysining yozilishida dialoglarning she'riy misralar bilan berilish taklifi sizga tegishlimi yoki shoir Uyg‘ungami?
- Dastlab pesada faqat Navoiyning g‘azallari o‘qiladigan sahnalar mavjud edi. Boshqa o‘rinlarda - dialogda she'r o‘lchovlari, ritmini saqlab qolishga intilish bo‘lmagan. Fabulani chizib, voqealar tizimini aniq belgilab olganmiz. Mazkur sahnalar mazmuni, xarakterlar to‘qnashuvi dialog qurilishi, monologning tuzilishini belgilab bergandek edi. Shu tarzda asar yozib bo‘lingach, hamrohim Uyg‘un uni teatrga topshirish niyatida bo‘ldi. Men e'tiroz bildirdim. Dialog bu tarzda yoziladigan bo‘lsa, menga sherik muallif kerak emas edi. O‘zim yozaverar edim. She'rning ohangi, jarangdor ulug‘vorligi pesaning, kelajakda spektaklning salobatiyu mahobatini oshiradi, deb turib oldim. Uyg‘un hech unamadi. Men ham pesani bu holda teatrga topshirishga rozi bo‘lmadim. Mannon Uyg‘ur matnga e'tibor qilishini, muallif mehnatini qadrlashini, pesaga o‘zgartish kiritmasdan uni rejissurasi bilan boyitishga urinishini mazkur sahna asari poydevorining fazilatlarini spektaklda saqlab qolish, ularni ijro, so‘z va boshqa ovoz vositalari va tasvir yordamida yaqqol ko‘rsata olishini bilardim. Shu bois pesadagi dialoglarning bo‘g‘inlar soni hamda joylanishiga ahamiyat berish zarur edi. Uyg‘un ko‘p bahslardan keyin taklifimni qabul qildi. Pesa yigirma ikki kunda yozilgan bo‘lsa, uning she'riy ifodasi yigirma kunda tayyor bo‘ldi. Ritmga solingan proza va she'riy misralar pesaga kirdi. Pirovardida, ijod mahsulidan Uyg‘un ham, men ham mamnun bo‘ldik. Eslab ko‘ring, shoirning fikrdosh hamrohlariga personajlarning tili bilan ta'rif beriladi:

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling