1-Маъруза Мавзу: Кириш

Download 187.08 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi187.08 Kb.
#266648
Bog'liq
1-Маъруза (1)

1-MA’RUZA: KIRISH.

Reja:

Fanning rivojlanish tarixi.

Fanning maqsadi va vazifasi.

Fanning boshqa fanlarga bog’likligi.

«Robot» atamasi birinchi marta 1920 yilda K. CHapenning «RUR» («Rossumovning har turli ishlari») fantastik pesasida paydo bo‘lgan. Bu pesaning persanajlari bo‘lib odamlar va ishchi robotlar hisoblanadi. Tezda «robotlar» tushunchasi xalqaro ilmiy-texnik atamalar lug‘atiga kiradi. Robotlar faoliyatini bilishda bizga Dasturiy boshqarish tizimlari fani yaqindan yordam beradi.

«Robototexnika va moslanuvchan tizimning avtomatlashgan elektr yuritmalari» o‘qitishdan maqsad - talabalarni texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashdir.

Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizimlarning mehnat unumdorligini oshirish va sifatli mahsulot ishlab chiqarish ushbu sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasi bu qurilmalarning zamonaviy va energetik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan texnika vositalari bilan jixozlanishi hamda ishlab chiqarishni boshqarishni dasturiy tizimini yaratish bilan belgilanadi. Sanoat qurilmalari ishchi organlarini harakatlantiruvchi va ularni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining asosini dasturiy boshqarish tashkil etadi.

«Robototexnika va moslanuvchan tizimning avtomatlashgan elektr yuritmalari» ning tashkil etuvchi elementlariga ishchi mashinaning ijrochi organini harakatga keltiruvchi elektr motor va uning koordinatalarini boshqaruvchi boshqariluvchi o‘zgartkich, o‘zgartkichning boshqaruv tizimi va turli o‘lchov o‘zgartkichlar, vazifalovchi qurilma hamda turli elektron moslama va qurilmalar kiradi. Biroq zamonaviy DBT ni loyihalash, tahlil qilish va yaratish jarayonida maxsus hisoblash tizimlari hamda konkret boshqariv ob’ekti uchun dasturiy ta’minotni bilish talab etiladi. «DBT» fanning asosiy vazifalaridan biri texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o‘rganishdan iboratdir.

«Robototexnika va moslanuvchan tizimning avtomatlashgan elektr yuritmalari» fani boshqa umumiy texnika fanlarga asoslangan xolda alohida fan sifatida yuzaga kelgan va oliy ta’limning «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» bakalavriatura yo‘nalishining ixtisoslik fanlari bilan umumiy texnikaviy asos fanlar oralig‘idagi bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi va talabalarni texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashga amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi paytda robotlar yarim tayyor va tayyor detallarni ish joylariga qo‘yish va olish, ortish hamda tushirish, yig‘ish, payvandlash, jihozlarni ishga tushirish va to‘xtatish kabi ishlarni bajaradi. Avtomatlashtirishning bu vositalari qurilmalarning alohida turiga ajratilgan bo‘lib, «sanoat robotlari» deb nomlangan.

Sanoat roboti - maxsus dastur yordamida boshqariladigan qurilma bo‘lib, buyum tayyorlash jarayonida yordamchi (detalni o‘rnatish, olish, ortish, tushirish) va asosiy (yig‘ish, payvandlash, kavsharlash, bo‘yash) texnologik amallarni insonga o‘hshab, biroq avtomatik tarzda bajaradi.

Sanoat robotlarining hammasida «qo‘l» (manipulyator deb ataladi), ishlov beriladigan narsa yoki ishlov berish vositasini ushlovchi va uzatuvchi mexanizmlari bor.

NAZORAT SAVOLLARI
  • Robat atamasi qanday?
  • Ushbu fan nechanchi yillari rivojlanib boshlagan?
  • Fanning maqsadi nima?
  • Fanning vazifasi nima?
  • Ushbu fan qaysi fanlar bilan uzviy bog’liq?
  • Sanoat robatlari deganimiz nima?

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Tayorlagan: «Elektr energetikasi» kafedrasi assistenti А.B.Аbubakirov.
Download 187.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling