J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan (1913). B. ilmiy asoslarining


Download 75.46 Kb.
Sana18.09.2023
Hajmi75.46 Kb.
#1680886
Bog'liq
J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan (1913). B. ilmiy asoslarin-fayllar.org


J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan (1913). B. ilmiy asoslarining




Bixeviorizm
Bixeviorizm (ing. behaviour xulq) — 19- asrning oxiri — 20-asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. B. taʼlimoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan boʻladigan taʼsir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xatti harakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi. B. introspektiv psixologiya inqirozi
sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperimental tadqiq qilish taʼsiri ostida yuzaga kelgan. Chunki bunday tadqiqotlarda inson psixikasini oʻrganishda yetakchi boʻlgan oʻz-oʻzini kuzatish metodidan foydalanib boʻlmagan, shuning uchun hayvonlarga nazorat qilib turiladigan turkum taʼsirlar koʻrsatish va bu taʼsirlarga hayvonlar
tomonidan beriladigan (berilayotgan) javob reaksiyalarini qayd etib borishga
asoslangan tajriba metodikasi ishlab chiqilgan. Soʻng bu metodika odam psixologiyasini ham oʻrganishga koʻchirilgan. Pozitivizm falsafasi tamoyillari B.ning umummetodologik asosi boʻlib xizmat qilgan. Bu tamoyilga koʻra, fan, bevosita kuzatib boʻlmaydigan ongni emas, balki faqat bevosita kuzatsa boʻladigan narsalarnigina qayd etishi lozim. B. nuqtai nazaridan xulq "stimul—
reaksiya" (S—R) aloqalarining majmui sifatida talqin qilingan (tushunilgan).
B.ning ilk gʻoyalari E. Torndayk (1874—
1949) asarlarida oʻz aksini topgan. B.
dasturi va shu atamaning oʻzi birinchi bor
J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan
(1913). B. ilmiy asoslarining
shakllanishiga V. M. Bexterev va I. P.
Pavlovlarning ishlari katta taʼsir
koʻrsatgan.
B. taʼlimotiga koʻra, odamda, u tugʻilgan
vaqtda nisbatan oz (kam) sonli xulqning
tugʻma tizimlari (nafas olish, yutish va
shahri k.) mavjud boʻladi va keyinchalik
shular ustiga ancha murakkabroq xulq


jarayonlari qoʻshilib boradi.


Muvaffaqiyatli reaksiyalar
mustahkamlanib boradi va keyinchalik
ham "effekt qonuni"ning qayta tiklanishi
anʼanasiga ega boʻladi. Reaksiyalarning
mustahkamlanib borishi "mashklar
qonuniga" boʻysunadi, yaʼni bir xil
stimullarga javoban bir xil reaksiyalarning
qaytaqayta takrorlanaverishi natijasida
bu reaksiyalar oʻz-oʻzidan yuzaga
chiqaveradigan boʻlib qoladi.
B. 20-asrning 20- yillarida yuksak
darajada rivojlandi. B. atamasi va
tadqiqot metodikalarining asosiy
gʻoyalari antropologiya, sotsiologiya va
ped.ga ham tatbiq etildi. Xulqni oʻrganish


borasida bir-biri bilan bogʻliq bu fanlar


Amerikada bixevioral fanlar deb
ataladigan umumiy nom olgan. Hozir
koʻp hollarda B. gʻoyalari saqlanib qolgan,
Ikkinchi jahon urushidan keyin B.
anʼanalari qator tadqiqotlar, shuningdek
dasturli taʼlim (Skinner) deb nomlangan
amerika konsepsiyalarida davom
ettirilgan.
Hozirgi zamon psixologiyasida B. jiddiy
tanqid ham qilinadi. Buning sababi B.da
ong, tafakkur, iroda va shahri k. asosiy
tushunchalar psixologiyadan
chetlashtiriladi, psixikaning ijtimoiylik
tabiati inkor qilinadi va shularning


oqibatida inson xulqi soddalashtirilib


yuboriladi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 27-Dekabr 2022, 02:55 da


tahrir qilingan.

Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Bixeviorizm&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Bixeviorizm&oldid=3521851"
dan olindi


boʻlsa).




http://fayllar.org
Download 75.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling