Menejment boshqaruv ilmi
Download 0.59 Mb.
|
1.2 menejment
Menejment boshqaruv ilmiReja:1.Menejmentning rivojlanish tarixi . 2.Menejmentning ilmiy maktablari. 3.O‘zbekistonda boshqarishning ilmiy asoslarining paydo bo’lishi.Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan. Zamonaviy boshqaruvning vatani Amerikadir. AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va F.Teylor nomi bilan bog‘lashadi. «Ilmiy boshqarish»maktabi asoschisi F.Teylor. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial sotsiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davrni «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar. "Menejment - insonning nima qilishni xohlashini bilish va bajarilgan ishni eng maqbul, kam chiqim usulda ekanligini ko‘ra olish san’atidir”F. Teylor Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling