II davr — industrial davr (1976—1890-yillar). - Bu davrda davlat boshqaruvi haqidagi tasavvurni rivojlantirish sohasida Adam Smitning xizmati kattadir. U nafaqat sinfiy siyosiy iqtisodning vakiligina emas, balki boshqarish sohasida mutaxassis sifatida tanildi, chunki u mehnat taqsimotini turli shakllarini tahlil qilib, shoh va davlat majburiyatlariga tavsif berdi. Hozirgi davrda shakllangan ilmiy yo‘nalishlar va menejment maktablari shakllanishiga Robert Ouenning ta’limoti ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
- Boshqarish nazariyasi va amaliyotida birinchi burilish hisoblash texnikasining yaratilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir.1983-yili angliyalik matematik Ch. Bebbidj hozirgi zamonaviy hisoblash texnikasi — «analitik mashinalar» namunasi loyihasini ishlab chiqdi va uning yordamida o‘sha davrda boshqarish qarorlari tezlik bilan qabul qilina boshlandi.
III davr — tartibga solish (sistematizatsiya) davri. - Boshqarish haqidagi fan doimo harakatda bo‘ladi. Yangi yo‘nalishlar, maktablar, oqimlar shakllanadi, ilmiy apparat o‘zgaradi, takomillashadi va nihoyat,tadqiqotchilarning o‘zlari, ularning qarashlari o‘zgaradi. Vaqt o‘tishi bilan menejerlar o‘zlariga tegishli tashkilotlar ehtiyojlaridan ularning doirasidagi harakatdagi boshqarish usullariga bo‘lgan mo‘ljallarini o‘zgartiradilar. Ba’zilari boshqarish muammolarini o‘tgan davrlarda ishlatib kelingan uslublar bilan hal qildilar. Boshqa tadqiqotchilar esa boshqarishga yanada sistemali (tartibli) yondashuvni qidira boshlashdi. Ularning individual muvaffaqiyatlari va mag‘lubiyatlari hozirgi menejerlar uchun unutilmas saboq bo‘lishi mumkin.Haqiqatda hozir biz aytayotgan menejment XIX asrda sodir bo‘lgan sanoat revolyutsiyasi natijasidir. Ishlab chiqarishning boshlang‘ich tipi bo‘lgan fabrikalarning paydo bo‘lishi va katta guruhdagi kishilarni ish bilan ta’minlash zaruriyati, ularning individual egalarining barcha xodimlar faoliyatini kuzatib bo‘lmasligi natijasida eng yaxshi xodimlarni tanlab olib ularni shuning uchun o‘qitdilarki, ular joylarda korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi.Bu kishilar birinchi menejerlar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |