J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan (1913). B. ilmiy asoslarining


Download 66.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2023
Hajmi66.66 Kb.
#1271804
Bog'liq
Bixeviorizm - Vikipediya



Bixeviorizm
Bixeviorizm (ing. behaviour xulq) — 19-
asrning oxiri — 20-asrdagi amerika
psixologiyasining yetakchi oqimlaridan
biri. B. taʼlimoti asosida odam va hayvon
xulqida tashqi muhitdan boʻladigan taʼsir,
qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga
keladigan xatti harakat va unga taalluqli
nutqiy va hissiy javoblarning majmui
yotadi. B. introspektiv psixologiya inqirozi
sharoitida va hayvonlar psixikasini
eksperimental tadqiq qilish taʼsiri ostida
yuzaga kelgan. Chunki bunday


tadqiqotlarda inson psixikasini
oʻrganishda yetakchi boʻlgan oʻz-oʻzini
kuzatish metodidan foydalanib
boʻlmagan, shuning uchun hayvonlarga
nazorat qilib turiladigan turkum taʼsirlar
koʻrsatish va bu taʼsirlarga hayvonlar
tomonidan beriladigan (berilayotgan)
javob reaksiyalarini qayd etib borishga
asoslangan tajriba metodikasi ishlab
chiqilgan. Soʻng bu metodika odam
psixologiyasini ham oʻrganishga
koʻchirilgan. Pozitivizm falsafasi
tamoyillari B.ning umummetodologik
asosi boʻlib xizmat qilgan. Bu tamoyilga
koʻra, fan, bevosita kuzatib boʻlmaydigan
ongni emas, balki faqat bevosita kuzatsa
boʻladigan narsalarnigina qayd etishi


lozim. B. nuqtai nazaridan xulq "stimul—
reaksiya" (S—R) aloqalarining majmui
sifatida talqin qilingan (tushunilgan).
B.ning ilk gʻoyalari E. Torndayk (1874—
1949) asarlarida oʻz aksini topgan. B.
dasturi va shu atamaning oʻzi birinchi bor
J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan
(1913). B. ilmiy asoslarining
shakllanishiga V. M. Bexterev va I. P.
Pavlovlarning ishlari katta taʼsir
koʻrsatgan.
B. taʼlimotiga koʻra, odamda, u tugʻilgan
vaqtda nisbatan oz (kam) sonli xulqning
tugʻma tizimlari (nafas olish, yutish va
shahri k.) mavjud boʻladi va keyinchalik
shular ustiga ancha murakkabroq xulq


jarayonlari qoʻshilib boradi.
Muvaffaqiyatli reaksiyalar
mustahkamlanib boradi va keyinchalik
ham "effekt qonuni"ning qayta tiklanishi
anʼanasiga ega boʻladi. Reaksiyalarning
mustahkamlanib borishi "mashklar
qonuniga" boʻysunadi, yaʼni bir xil
stimullarga javoban bir xil reaksiyalarning
qaytaqayta takrorlanaverishi natijasida
bu reaksiyalar oʻz-oʻzidan yuzaga
chiqaveradigan boʻlib qoladi.
B. 20-asrning 20- yillarida yuksak
darajada rivojlandi. B. atamasi va
tadqiqot metodikalarining asosiy
gʻoyalari antropologiya, sotsiologiya va
ped.ga ham tatbiq etildi. Xulqni oʻrganish


borasida bir-biri bilan bogʻliq bu fanlar
Amerikada bixevioral fanlar deb
ataladigan umumiy nom olgan. Hozir
koʻp hollarda B. gʻoyalari saqlanib qolgan,
Ikkinchi jahon urushidan keyin B.
anʼanalari qator tadqiqotlar, shuningdek
dasturli taʼlim (Skinner) deb nomlangan
amerika konsepsiyalarida davom
ettirilgan.
Hozirgi zamon psixologiyasida B. jiddiy
tanqid ham qilinadi. Buning sababi B.da
ong, tafakkur, iroda va shahri k. asosiy
tushunchalar psixologiyadan
chetlashtiriladi, psixikaning ijtimoiylik
tabiati inkor qilinadi va shularning


oqibatida inson xulqi soddalashtirilib
yuboriladi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 27-Dekabr 2022, 02:55 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Bixeviorizm&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Bixeviorizm&oldid=3521851" 
dan olindi 


boʻlsa).

Download 66.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling