J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari


Download 0.81 Mb.
bet14/55
Sana26.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1725445
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

5. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog’unda tug’ildi(olamdan o’tgan yili noma’lum). Bo’lajak mutafakkir o’z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg’u bilig» (Qutga, ya’ni baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg’ochxon Bug’roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og’asi) degan martabani in’om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-xo’jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o’rganish, kasb-hunar egallash, xalq g’amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to’planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo’q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo’yicha so’z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g’oyalar o’z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo’yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o’rganilgan. Asar 18 oy ya’ni bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog’unda boshlangan va Qashqarda nixoyalangan) bo’lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko’rilgan.
Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina etishib bo’lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko’rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to’qnashib, odam bilishi mumkin bo’lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo’q, bilim tufayli osmon sari ham yo’l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o’rganish lozim, deb uqtiradi.
Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand) — Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, «Nizomulmulk», ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda o’qib, voyaga etgach, Balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha ko’tariladi. 1072 yili Alp Arslon o’ldirilgach, uning o’g’li, 17 yoshlik Malikshoh (1072-1092 yillar) saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb davlatning hamma ishlarini o’zi olib borgan. Nizomulmulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini o’tkazgan. 1067 yili Bag’dodda «Nizomiya» aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyib hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo’shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg’oqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf masalalari ham o’rin olgan. Asarning asosiy g’oyasi shundan iboratki, vazir Nizomulmulk. shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartib o’rnatishga, amaldorarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo’lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat qiladi. Nizomulmulk Bag’dod safari yo’lida yollangan qotil tig’idan halok bo’ladi.
Nizomulmulkning "Siyosatnoma" yoki "Siyar ul-muluk" asari saljuqiylar sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida e’tiborga sazovor manba bo’lib, u o’zbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga egadir. Asar IX-X asrlarda hukm surgan sulolaning siyosiy dasturi bo’lib, unda o’rta asrlarda O’rta Osiyo va Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo’lgan muhim siyosiy voqealar bayoni va g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy ma’lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga oid ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- siyosiy tarixga oid ma’lumotlar
- ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma’lumotlar;
- ma’naviy hayotga tegishli ma’lumotlar;
- islom mazhablari o’rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma’lumotlar;
- boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;
- siyosat falsafasi, o’zini o’zi boshqaruv institutlari.
Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning podshoh va sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo’lib, ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog’liq.
Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa tanishtirib boriladi. Bu oddiy hol bo’lib ko’rinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qo’l keladi. Biroq u jamiyat hayotiga monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana shunda siyosiy institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini ta’minlovchi idoralar ham hayot talablaridan orqada qolmaydi.
Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki uning ijrosi cho’zilib ketganligi to’g’risida xabar yetsa, podshoh mas’ul va mutasaddi shaxslar uchun jazo belgilagan (ular o’z yaqinlari bo’lsa ham). Chunki, markazlashgan davlat siyosati shoh farmoniga so’zsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o’sha davrning eng oliy siyosati edi, albatta.
Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma" asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, aforizmlar Nizomulmulkning jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa, axloq masalalariga oid javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari falsafiy-axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy-falsafiy qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) o’rtasidagi munosabatlarda uyg’unlikni ta’minlash asosiy o’rinda turgan.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling