J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
-mavzu IQTISODIY TIZIM MODELLARI VA MULKCHILIK
IQTISODIYOT NAZARIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy tizim modellari
10-mavzu
|
IQTISODIY TIZIM MODELLARI VA MULKCHILIK |
Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Tizim (yunoncha systema – qismlardan tarkib topgan, birlashgan) – bu bir-biri bilan aloqa va munosabatda joylashgan hamda ma’lum bir yaxlitlikni tashkil qiluvchi tarkiblar yig‘indisidir.
Jamiyat o‘zining turli iqtisodiy va ijtimoiy hayot sohalari bilan murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Bular moddiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy sohalardir. Bu barcha sohalar bir - biri bilan funksional bog‘liq, ya’ni ularning birisiz boshqasini tasavvur qilish qiyin.
Shunday qilib, tizim deb elementlar, qismlardan iborat o‘zaro uzviy bog‘langan, ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlik tushuniladi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo‘lsa, har bir xo‘jalik yuritish subyekti ana shu zanjirninghalqasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu aloqalar, munosabatlar xo‘jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o‘rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi.
Iqtisodiy tizim – bu zamon va makonda amal qilinadigan iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik yuritish mexanizmi va iqtisodiy muassasalarningo‘zaro uzviy bog‘liqlik asosida tarkib topgan yaxlit tuzilmasidir.
Iqtisodiy tizimlarning tarkibiy qismlari bu: iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik yuritish shakllari, texnologiya va ishlab chiqarishning tabiiy shart-sharoitlari, xo‘jalik yuritish mexanizlari, iqtisodiy muassasalardir.
Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy tizim modellari
Formatsion yondashuvda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga tarixiy ishlab chiqarish usullari asos qilib olinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializmga ajratib ko‘rsatiladi.
Кlassik nazariyada tizimlarga mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, ular formatsiya deb ataladi. Ishlab chiqarish usuli iqtisodiy bazis-asos sifatida ajratilib, u ustqurtma-davlat bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani ifodalashi qaydqilinadi.
Ishlab chiqarish usuliningo‘zi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlariga ajratiladi. Ishlab chiqarish kuchlari ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma’lum malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish, mehnat vositalariga mulkchilik munosabatlari, ishlab chiqarish jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o‘rni, ular o‘rtasida faoliyat natijalarini ayriboshlash, taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat.
tgan asrning 60-yillarida klassik ta’limotdan tubdan farqqiladigan, sivilizatsion yondashuv nazariyasi paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga amerikalik iqtisodchi Uolter Rostou asos soldi. (1960- yilda nashr qilingan «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari» kitobida) U jamiyat taraqqiyotini 5 bosqichga bo‘ladi. Ular quyidagilar:
An’anaviy (traditsion) jamiyat. Bu jamiyat qishloq xo‘jaligi ustuvorligi, yirik yer egalari hukmronligi, mehnat qurollarining oddiy, primitivligi, mehnat unumdorligining pastligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun unda jamg‘arish ham bo‘lmaydi.
O‘tkinchi jamiyat. Bu bosqich markazlashgan davlatningvujudga kelishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, hunarmandchilik hamda tadbirkorlikningvujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Jamg‘arish boshlanadi, u o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Industrial jamiyatga o‘tish. Bu davrda mehnat qurollarining takomillashuvi, sanoatda inqilob (to‘ntarish) yuz beradi. Uning natijasida mehnat unumdorligi o‘sadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllanadi, rivojlana boshlaydi. Qo‘l mehnati o‘rniga mashinalar keladi. Jamg‘arish kam bo‘lsa ham avvalgiga nisbatan o‘sib boradi.
Industrial jamiyat. Bu bosqichda yirik mashinalashgan industriya vujudga keladi. Fan-texnika taraqqiyoti jadal boradi. Yirik sanoat, ayniqsa og‘ir industriya rivojlanadi. Sanoat iqtisodiyotningyetakchi sohasiga aylanadi. Urbanizatsiya (shahar aholisining ko‘payishi) ro‘y beradi. Jamg‘arish jadal boradi, keyingi bosqich uchun asos yaratiladi.
Ommaviy iste’mol jamiyati. Bu bosqichda ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi. Uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yetakchi o‘ringa chiqadi. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iste’mol uchun ishlaydi. Bu konsepsiyada rivojlanish asosini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi tashkil etadi.
Download 0.81 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling