J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari


Download 0.81 Mb.
bet48/55
Sana26.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1725445
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

6. O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy - boshqaruv tuzil­malarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqti­sodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllan­tirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishningeng yaxshi sharoit­larini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga eri­shish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’min­lashdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
– mulkiy munosabatlarni islohqilish;
– agrar islohotlar;
– moliya-kredit va narx-navo islohoti;
– boshqarish tizimini islohqilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
– tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
– ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‘ich nuqtasi bozor iqtisodiyotininghuquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘ladi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarninghuquqiy negizini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo‘nali­shini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikninghuquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Bunda boshqaruv ti­zimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chega­ralab qo‘yildi. Vakolatli hokimiyat­ning yagona to‘la huquqli organi bo‘lgan hokimlik instituti yaratildi, fuqarolarningo‘z-o‘zini boshqarish sohasida fuqarolar yig‘ini joriy qilindi.
Ikkinchi yo‘nalish – tizimdagi o‘zgarishlarga, yangi iqti­sodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosa­bat­lariga asos bo‘ladigan qonunlar tizimini yaratish. Respub­likada bu yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunlarda mulk­dorninghuquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e’tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylash­tirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi, qisqacha aytganda, bozor munosa­batlarining negizi bo‘lgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllan­tirishning barcha huquqiy asoslari yaratildi.
Uchinchi yo‘nalish – xo‘jalik yuritishningva institutsio­nal o‘zga­rishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmini yaratishga qaratilgan qonunlar. Bozor infratu­zilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta’minlaydigan qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo‘jalik yuritayotgan subyektlarninghuquqva iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul qilindi. Кorxo­nalar to‘g‘risidagi qonun, kooperatsiya to‘g‘risidagi, dehqon xo‘ja­ligi to‘g‘risidagi, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘ri­sidagi qonunlar shular jumlasidandir.
To‘rtinchi yo‘nalish – Respublikamizni xalqaro munosa­batlarning tenghuquqli subyekti sifatida ta’riflovchi huquqiy normalar32. Bu yo‘nalishdagi qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi.
Beshinchi yo‘nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Bu qonunlar bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholiningeng muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan himoya qilishgagina emas, balki ularning ma’naviy imko­niyatlarini namoyon qilish, islohotlar uchun mustahkam ijti­moiy zamin yaratishga ham imkon beradi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling