7. Hozirgi sharoitda va yaqin istiqbolda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvorliklari
Mamlakatimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi shu davrda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishningeng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi.
Mamlakatimizda, milliy iqtisodiyotni islohetish, erkinlashtirish va modernizatsiyaqilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyaqilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, mustahkam va ishonchli himoya vositalari yaratildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida – belgilangan chora-tadbirlar quyidagi beshta asosiy vazifani hal etishga qaratildi.
Birinchidan – korxonalarni modernizatsiyaqilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir.
Ikkinchidan – joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
Uchinchidan – qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish.
To‘rtinchidan – elektrenergetika tizimini modernizatsiyaqilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish.
Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o‘rin tutadi. Ushbu dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutiladi.
Respublikamizda yaqin istiqbol yillarida ham “izchil yuqori o‘sish sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi darkor”39 Bu davrda iqtisodiyot va uningyetakchi tarmoqlarini modernizatsiyaqilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyaqilish markaziy o‘rin tutadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” ga asoslanadi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islohqilishning ustuvor yo‘nalishlari.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |