J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
Download 0.81 Mb.
|
IQTISODIYOT NAZARIYASI
Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
Narxning shakllanishiga bozorningholati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, Chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ko‘ra bozordagi raqobatning turli ko‘rinishlari farqlanadi. Erkin raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishiningo‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar talabning umumiy oshishi bilan narxningo‘sishi hamda taklifning umumiy oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif cheklanganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar. Umumiy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu bog‘liqlik rasmda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. «Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar ham ergashadi, ya’ni shunday o‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o‘z tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harakatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro‘y berib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bermaydi. 1 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 8-9. 2 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 35 3 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 4 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 41 6Additivlik (lat), ob’ektningmiqdorxossasi: uniqandaybo’lishdanqat’iynazar, birnechabo’laklargabo’lganda, shubo’laklarqiymatlariyig’indisigatengbo’ladi. Masalan, Aninghajmiuningbo’laklarihajmlariningyig’indisigateng. 7History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company Boston Toronto. P 440 19КаримовИ.А. Жамиятдатадбиркорликруҳиниқарортоптириш – тарққиётгарови. «Халқсўзи» газетаси, 2001-йил 18-июн № 140. 21Чжен В.А Пул ва молия бозорлари. Т.: 1996. 25-26-бетлар. 22Uyokibuayriboshlashvositasiodatgako‘raumumantanolinganbo‘libqoladi. Ayirboshlashning «Qonuniy» va «umumtanolingan» vositalaritushunchasiniaralashtiribyubormasliklozim. Ayrimhollardaqonuniyayriboshlashvositalariumumantanolinmasligimumkin. Masalan, muomalagachiqarilganqonunlaridamuqim. 24Алимов Б., Шодиев М., Расулов Т., «Шарқона бозор фазилатлари». Т., «Университет», 1996-йил, 17 бет. 32КаримовИ.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.: «Ўзбекистон», 1995, 39-бет. 39 I.Karimov. Bosh maqsadimiz‒keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. Toshkent, “O‘zbekiston”nashriyoti, 2013. 43 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 52 44 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 50-53 47 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 54 Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling