J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Download 0.81 Mb.
bet9/55
Sana26.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1725445
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

«Artxashastra» ta’limoti.

Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbai «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptaning maslaxatchisi Kautilya yozgan deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi siyosat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi.
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u erlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga er soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil to’gan. Odam yashamaydigan er esa, naslsiz sigirga o’xshaydi – undan na sut sog’ib olib bo’ladi, na nasl».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z erini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning erini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug’orish sistemalarini qurish, – deyiladi unda, – hosilning manbai hisoblanadi...» Sug’orish tizimiga etkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini echishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jaliklari foydasidan, turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko’rsatib berdi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling