J. K. Abduraxmanov Andijon davlat universiteti, "Axborot texnologiyalari" kafedrasi katta o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi
III. AMALIY MASHG‘ULOTLAR BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR
Download 355.01 Kb.
|
RaqQurLoyKirish Magistr Ishchi(Abduraxmanov J.K.) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL MASHG’ULOTLAR.
III. AMALIY MASHG‘ULOTLAR BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi Murakkabliklarni boshqarish san'ati: abstraktsiya, qurish tartibi, uch asosiy tamoyil. Raqamli qurilmalarni loyihalash bilan bog'liq sanoq sistemalari. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o'tkazish. Qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish va boshqa amallar. Bul funktsiyalarini berish usullari. Bul funktsiyalarining miqdori. To'liq funktsional sistemalar. Dizyunktsiya, konyunktsiya va inkor funktsiyalaridan iborat funkstiyalar to'plamining to'liqligi. Mukammal dizyunktiv va konyunktiv normal formalar. Dizyunktiv formalarning turlari: mukammal, tupik va minimal. Bul algebrasi. Ikkilik mantiqiy amallar. Konyuksiya, dizyunksiya, inkor, implikatsiya, ekvivalentlik amallari. Chinlik jadvallarini tuzish. Chinlik jadvallari orqali soddalashtirish. Bul funksiyalari uchun dizyunktiv va konyuktiv normal shakllar (DNSh, KNSh). Mukammal dizyunktiv va mukammal konyuktiv normal shakllar(MDNSh, MKNSh). Mantiqiy sxemalarda analiz va sintez masalalari. Karno kartalari. Mukammal dizyunktiv normal shakldagi bul funksiyalarini karno kartalari orqali soddalashtirish. Ikkilik mantiqiy amallariga mos sxemalar tuzish. Multipliksatorlar. Ko'pkirishli multipliksatorlar. Multipliksatorlarda mantiq. Deshifratorlar. Deshifratorlar realizatsiyasi. Deshifratorlarda mantiq. Tarqalish ushlanishi va xiralashish ushlanishi. Impuls shovqinlari. RS-trigger. D-trigger. Registr. Boshqa triggerlar. Amaliy mashg’ulotlari har bir talaba tomonidan ayrim-ayrim bajariladi. Bunda avvalo talaba bajariladigan amaliy mashg’ulotning nazariy va amaliy tomonini qisqacha izohlab beradi. So’ngra amaliy mashg’ulotning bajarilishi davomida olingan natijalarni xulosalab o’z daftariga yozib qo’yadi. Ushbu xulosalar o’qituvchi tomonidan og’zaki muloqot shaklida tekshiriladi. Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar interfaol usullar yordamida o‘tiladi hamda zaruriy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llaniladi. IV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL MASHG’ULOTLAR. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Assembler tili. Mashina tili. Bir taktli prosessor. Ko'ptaktli protsessor. Konveyer protsessor. Programmalashtirish. Hayotiy misol x86 arxitekturasi. Arifmetik sxemalar. Sonlarni ifodalash Ketma-ket mantiqning funktsional qismlari Xotira matritsalari. Kesh-xotira. Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar. Hemming masofasi va xatolarni nazorat qiluvchi kodlar. Virtual xotira. Kiritish-chiqarish tizimlari. Personal kompyuterlarning kiritish-chiqarish interfeyslari: USB, DDR3, SATA, ... Hayotiy misol: x86 oilasining xotira va kiritish-chiqarish tizimlari. Mustaqil ishlash uchun talabalarga diskret tuzilmalarga oid ma’lumotlar mavjud bo’lgan turli adabiyotlar tavsiya etiladi. Mustaqil ishlash uchun beriladigan mavzular va ishlar individual xarakterda bo’lib, magistrantlarning raqamli qurilmalar loyihalarini, ulardagi jarayonlarga oid holatlarni yanada chuqurroq o’rganishga qaratilgandir. Tavsiyalar individual talabga asoslanadi va joriy, oraliq nazorat shaklida yoki referat hamda muloqot tarzida topshiriladi. Download 355.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling