J: Mirzakarim qutidor
Download 26.26 Kb.
|
O\'tgan kunlar
1. Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga atlas ko‘rpalar yopilg‘an tanchaning to‘rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po‘stin kiyib bir kishi o‘lturadir. Kim haqida? J: Mirzakarim qutidor 2. Ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppy kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu xotin…
J:Qutidorning rafiqasi — Oftob oyim 3. Oftob oyimning onasi, ya’ni Kumushning buvisi kim? J: Oysha bibi.
4. O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi… J: To’ybeka
5.Nax siz yosh mehmonni ko‘rmabsiz, dunyog‘a kelmabsiz, bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o‘zi hammadan yuqorida o‘lturadir; hali yigirma ham bormag‘andir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlag‘an... Nax bizga kuyav bo‘ladigan yigit ekan. Kimning so’zlari? J: To’ybeka 6. Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan.Bu naql kimning tilidan aytiladi? J: To’ybeka
J: Mirzakarim qutidor 8. Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Buvoqi’aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi,chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham o‘rganib qolg‘an, bu kun bo‘lmasa ertaga o‘zining botir boshisining, oftobachasining, xullas, kim bo‘lsa ham beklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» debqarar edi. qaysi voqea nazarda tutilyapti? J: Toshkent hokimi Azizbekning Qo’qon xonligiga qarshi bosh ko’tarishi
9. «Otabek yosh, yoshlar muhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi mulohazalarda bo’lgan qahramon kim edi? J: Hasanali
10. “Kunlardan bir kun taqdir shamoli yuradir-da bir kimsa-ning iffat pardasi ostida o‘lturgan qizining yuzidagi niqobini ko‘tarib ikkinchi tomondan bizning Otabekni shu afifaga ro‘baro‘ qiladir. Shu daqiqadan boshlab bekda u afifaga qarshi bir ishq, ham chin bir ishq tug‘uladir...” degan kim edi? 11.To’ybeka Kumushga qanday murojaat qiladi? J: Bekachi 12. “Shu choqda ichimga charog‘ yoqsalar ham yorimaydirda, egachi,”. Oftoboyim nima sababdan bu holatda edi? J: Kumushning unashilganidan beri yetti kun o’tgan va u shuncha kunnan beri tinimsiz yig’lardi 13. Biz nima uchun yig‘ildiq-da, nimaga yer chizishib o‘lturamiz! — dedi. — Biz bu yerga aza ochqali keldikmi? Kimning so’zlari? J: Gulsinbibi 14. … ning qo‘lidag‘i dutor «O‘rtoqlar» kuyini tanlarga larza berib, tarona qildi. J: Anorgul 15. Yel bilan o‘ynashib yong‘an sham’ nuri qizlarni allaqanday ajib holatka qo‘ymoqda, majlis ersa «Alif laylo» hikoyala-ridagi «parilar» bazmini xotirlatmoqda edi. Qanday bazm haqida gap ketyapti? J: Qizlar majlisi
16. Voy sho‘rginangga sho‘rva to‘kilsin, Kumush! — dedi ……. men shunday erni topib teksam boshim ko‘kka yetar edi! Kimning so’zlari? J: Gulsin 17. Boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zi-ning Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali, belida Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘... Yuzlar qizil, og‘iz irpaygan, ko‘zlar o‘ynab allakimni qidiradir. Kim tasvirlanyapti? J: Otabek
18. «Oftob, darrav isiriq hozirla, kuyavingni yomon ko‘zdan o‘zi asrasin!» degan kim edi? J: Oftoboyimning egachisi
19. Janobi padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir zamoni adolatlarida ham qora choponliqlar hanuz tinch yotmay yurtni qipchoq og‘alarig‘a qarshi oyog‘landirmoqchi bo‘ladirlar, ishni yana tadbirsiz qora choponlar qo‘lig‘a olib mamlakatni buzg‘unliqqa solmoqchi bo‘ladirlar... Biz bunday buzu-qilar yolg‘iz Toshkanddagi Azizbek bilan uning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an Yusufbek hoji, deb bilgan edik. Biroq ularning urug‘i bizning Marg‘ilong‘a ham sochilg‘an ekan. Kimning so’zlari? J: Homid
20. “Pes-pesni qorong‘ida topqan ekan” maqoli kimning tilidan aytiladi? J: Qo’rboshi 21. Zolning to‘rida, kichkina haldor bir eshikcha yonida, atlas ko‘rpacha ustida o‘n besh yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko‘rkam bir o‘g‘lon palov yeb turar edi. O’rda osh yeyotgan bu qahramon kim edi? J: Ahmadxon
22. Zamona hokimlarining tuzugi bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lmasa ozroq ularning ta’siri bunda ham bor edi. Kim haqida gap ketyapti? J: O‘tabboy qushbegi
23. «Azizbekning otalig‘i va kengashchisi» bo‘lg‘an obraz kim edi? J: Yusufbek hoji
24. Nima sababdan Hasanali Otabek va Qutidor bilan birga qamalmadi? J: Uni topisholmadi. Chunki Hasanali saroyda bo’lib Otabekning mollariga qarab turar edi
25. Bu kun kechasi ul yo‘l tayyorliqlarini ko‘rdi. Minib ketishi uchun qutidorning saman yo‘rg‘asini belguladi. Kim haqida? J: Hasanali
26. Romanda Toshkent bekligining hudaychisi kim edi? J: Sulaymon hudaychi
27. Qora otg‘a otlanib, zangori movutdan uqalik to‘n kiygan, kumush kamarning o‘ng tomonig‘a qilich, so‘lig‘a to‘fangcha qistirg‘an, boshig‘a barra popoq kiyib, jin yalag‘an deganlaridek qoshsiz,qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko‘rimsiz qora soqolliq, ko‘zlari ichiga botig‘roq, ammo qon quyilg‘ansumon bir kishi kelar edi. Bu kishi kim edi? J: Azizbekning amri lashkari va o‘ng qo‘li bo‘lg‘an Rayimbek dodxoh edi. 28. «Yov qochsa botir ko‘payar» maqoli romanning qaysi o’rnida keltiriladi? J: Otabekning aybsizligi isbotlanganda saroy a’yonlariga nisbatan 29. …dek qo‘ymizoj bir odamning bunday zo‘r ishka oralashqanlig‘iga aql ham bovar qilmas edi. A’yonlar tomonidan aytilgan ushbu gapda kim nazarda tutilyapti? J: Qutidor
30.Azizbek 70 kunlik qamalni o’tkazgan Toshkent xalqiga qancha soliq solmoqchi edi? J: 32 tanga
31. Uying kuysin, musulmonlar! Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek, bu kun senlarga yaxshilig‘ingni o‘ttuz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. Hozir senlarga ikki yo‘l: o‘g‘ul, qizingni sotib bo‘lsa ham o‘ttuz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki es borida etakni yopib Azizbekni oradan ko‘tarish... Uying kuydi, musulmonlar! Parcha kimning nutqidan olingan? J: Yusufbek hoji
32. — Siz yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog‘ingizg‘a o‘zingiz bolta urib, yana qipchoqlar qo‘liga qaram bo‘lasiz! Manim tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul qilingiz! Parcha kimning nutqidan olingan? J: Azizbek
33. Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila poychirog‘ yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she’rlari ustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Qaysi qahramon haqida gap ketyapti? J: Otabek
34. “O‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppi chopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoq-larg‘acha osqan; qovoqlarning og‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi” kim edi? J: Qovoq devona
35. «Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa o‘zgaga sol» maqoli kimning tilidan aytiladi? J: Kumush
36. “O’tgan kunlar” da Kumush yozgan so’ngi xat qaysi sana bilan bitilgan edi? J: 1269 yil 37. Otabek qayerda vafot etgan? J: Olmota shahrida 38. -Albatta yaxshi bilasan, qiyadi ammo sen ahmoqsan ko’rpanga qarab oyoq uzatishni qars ikki qo’ldan chiqishini bilmaysan. Ushbu jumla kim tomonidan aytilgan? J: Hushro’y Download 26.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling