J: Moddaning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarrachaga aytiladi


Download 9.38 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi9.38 Kb.
#1528145
Bog'liq
birinch kredit 3bahooo


Savollar
1.Molekula nima?
J:Moddaning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarrachaga aytiladi
2.Atom nimalardan tashkil topgan?
J:Atom murakkab tuzilishga ega bo’lib, electron,proton,neytron va boshqa zarrachalardan tashkil topgan.
3.Molekula nimadan tashkil topgan?
J:Atomlardan
4.Sublimatsiya nima?
J:Qattiq holatdan to’g’ridan to’g’ri gaz holatiga o’tish
5.Atom nima?
J:Musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarracha
6.Allotropiya nima?
J: Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi
7.Massaning saqlanish qonuni nima?
J: R-yaga kirishuvchi modda massasi r-ya natijasida hosil bo’lgan modda massasiga teng.
8.Kimyoviy xossa nima?
J:Moddaning boshqa modda bilan o’zaro tasirlashuvi uning kimyoviy xossasi deb ataladi.
9.Kimyoviy formula nima?
J:Modda tarkibining kimyoviy belgilar va zarur bo’lsa indekslar bilan ifodalanishi.
10.Aralashma nima?
J: Ikki yoki undan ortiq moddalardan tashkil topgan tuzilmaga aytiladi
11.Sof modda nima?
J:Butun hajmi bo’yicha aniq sifat va tarkibga ega bo’lsa sof modda deyiladi
12.Tarkibning doimiylik qonuni nima?
J: Har qanday sof toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega.
13.Massaning saqlanish qonuniga nimalar bo’ysunmaydi ?
J: Juda katta energiya va yorug’lik ajralib chiqishi bilan boradigan r-yalarda hamda yadro reaksiyalari massaning saqlanish qonuniga bo’ysunmaydi.
14.Elementni kim fanga kiritgan?
J: Boyl
15.Qattiq holatdan suyuq holatga o’tganda nima kuzatiladi?
J:erish jarayoni
16.Kimyoviy birikma nima?
J: Ikki va undan ortiq har xil moddaga parchalanuvchi moddaga aytiladi
17.Moddalarni tashkil etuvchi zarrachalar tabiatiga ko’ra qanday turga bo’linadi?
J:Molekular va nomolekular.
18.Moddalarning xossalari qaysilar?
J: Rang, hid, tam, qattiq, suyuq,gaz holati
19.Tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunmaydi nimalar?
J: Nomolekular moddalar
20.Bersellius nimani yaratgan?
J:Kimyoviy elementning zamonaviy belgilanishini kiritdi, unga ko’ra elementlar lotin nomining birinchi va birinchidan keyingi biror harfi asos qilib olingan.
21. Izotop nima?
J: Yadro zaryadi bir xil ,massasi turlicha bo’lgan atomlar
22.Izotop so’zining manosi nima ?
J:’’izo’’- bir xil , ‘’topos’’-joy
23.Izotoplar bir biridan nimasi bilan farq qiladi?
J: Atom massa
24.Kimyoviy energiya nima?
J:Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiyaga aytiladi.
25.Avogadro qonuni?
J:Bir xil sharoitda o’zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo’ladi
26.Fizik hodisa nima?
J:Fizik hodisalarda modda yoki jismlarning alohida agregat holati, shakli, hajmi, joylashish holati o’zgarmaydi.Fizik hodisalarda yangi moddalar hosil bo’lmaydi
27.Kimyoviy hodisa nima?
J:Bir moddaning boshqa modda yoki moddalarga aylanish hodisasiga aytiladi
28.Mendeleyev-Klayperon tenglamasi?
J: PV=nRT
29.Oddiy moddalarning ekvivalentini toppish qanday?
J: Molekular massasini valentlikka nisbati
30.Quyosh sistemasida qanday agregat holat yuzaga keladi?
J: Plazma
Download 9.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling