Dvigatel Va Uning Agregat Va Tizimlarini Diagnozlash Usullari


Download 68.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1545453
  1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT - Dvigatel Va Uning Agregat Va Tizimlarini Diagnozlash Usullari


Dvigatel Va Uning Agregat Va Tizimlarini Diagnozlash Usullari

Avtomobilning texnik soz holati xaqidagi umumiy ma’lumotlar uning agregat, tizim va mexanizmlarining alohida-alohida diagnozlab olingan natijalari asosida olinadi va avtomobilning umumiy ishonchliligi xaqida hulosa qilinadi.


Avtomobil transporti agregatlaridagi buzuqliklarni istab topish va ularning oldini olish uchun maxsus kuzgalmas statsionar stend va kuchma uskunalardan foydalaniladi. Ular yordamida elektr va elektron jihozlar, krivoship shatun va gaz taksimlash mexanizmi, ta’minlash tizimlari va dvigatelning boshqa qismlari diagnozlanadi.
Dvigatel va uning agregat va tizimlari quyidagi usullar yordamida diagnozlanadi:
Dvigatelni kompressiyasi yordamida diagnozlash
Bu ish tirsakli valni akkumulyator aylantira olish chastotasida tsilindrda ·hosil bo’lgan bosimni aniqlashdan iborat. Kompressiyani aniqlash kizdirilgan dvigatelda bajariladi. Dvigatellarning turiga qarab bu ko’rsatgich, korbyuratorli dvigatellar uchun 0.44-0.78 MPa ni, dizelь dvigatellari uchun kami bilan 2 MPa ni tashkil qiladi. Kompressiya, kompressometr (yuqori bosimni fiksatsiya qiladigan monometr) yoki kompressograf yordamida, svecha yoki forsunka urnidan aniqlanadi (meyoriy ko’rsatgichdan 30-40 % dan ortik, kam bo’lmasligi kerak).
Moy satxining kamayishi bo’yicha diagnozlash.
Avtomobilni ekspluatatsiya qilish davrida moy satxi meyorigacha tuldirish yo’li bilan aniqlanadi. Moyning kamayishi xalqalarning yeyilishi va klapanlar germetikligi buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Moy sarfi yonilg’i sarfining 4% dan oshmasligi kerak. Moy satxi meyoridan kamayishi yoki ko’payishi dvigateldan chiqadigan gazlarning rangini o’zgarishiga olib keladi.
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, u avtomobilь ekspulatatsiyasi bilan bog’liq bo’lib, fakat xalqalarning yeyilishi bilangina emas, balki klapan vtulkalarining yeyilishi va germetiklikni buzilishi oqibatida bo’lishi ham mumkin.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling