J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet102/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Insonparvarlik yordami - aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi;
Iste’mol solig‘i - bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruxi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar asha shunday soliq tarkibiga kiradi. Boj poshlinalarini ham iste’mol soliqlari katoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa bir qismi mahalliy byudjetlarga borib tushadi.
Yo‘l fondini shakllantiruvchi soliqlar - yoqilgi-moylovchi materiallarni sotishdan olinadigan soliq, avtomobil yullaridan foydalanuvchilardan olinadigansoliq, transport vositaralarining egalaridan olinadigan soliq va transport vositalarini sotib olganlik uchun tulanadigan soliqdan iborat.
Ish faolligi solig‘i - bir necha xorijiy mamlakatlarning (masalan AQShda) soliqqa tortish amaliyotida qo‘llanilib, o‘z tarkibiga ikki elementni oladi: 1) korxonaning umumiy yillik oborotini soliqqa tortish (odatda 1,0% dan 2,5 % gacha): 2) ish haqi fondini soliqqa tortish.
Ish haqi solig‘i - yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadi.
Ishlab turgan kapitalning chaqqonlik koeffitsienti - Bu korxonaning zaxiralari va xarajatlarini, korxonaning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojini koplovchi uzlik mablag‘lar manbalariga bulish bilan aniqlanib, korxonaning moddiy aylanma mablag‘lari bilan uni koplovchi uzlik manbalarning uzaro nisbatini ifodalaydi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling