J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet22/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Tayanch so‘z va iboralar
Mikrofirma, kichik korxona, soddalashtirilgan soliq tizimi, aylanmadan olinadigan soliq, yagona soliq to‘lovi, yalpi tushum, boshqa daromadlar, soliq bazasi, soliq yuki.


3.1. Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotida tatbiq etilishi (tarixiy aspekt)

Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.


Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son “Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya’ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat’iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir nechta soliq turi o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.
“Mikrofirma va kichik korxonalarni rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–3620-sonli Farmoniga asosan 2005-yilning 1-iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi.
Bugungi kunda mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar 15,2 foiz miqdorda to‘layotgan bo‘lsa, mazkur farmon bo‘yicha 13 foiz miqdorda birgina yagona soliq to‘lovi joriy etildi. Bu bilan umumiy to‘lanayotgan soliq va majburiy to‘lovlar hajmi 2,2 foizga kamaydi. Bu iqtisod qilingan mablag‘ni korxona o‘z rivoji yo‘lida sarflashi uchun imkoniyat yaratildi. Bunday qulay imkoniyatlardan oqilona foydalangan korxona iqtisod qilinayotgan mablag‘lar hisobiga yangi texnika sotib olishga, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga, moddiy bazasini yaxshilashga, ishchilar maoshini oshirishga, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda faoliyatini yanada kengaytirishga erishadi.
Ushbu farmonning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, yangi tashkil qilingan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani esa imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to‘lash huquqi berildi. Bu esa endigina ish boshlayotgan korxonaning rivoji uchun ahamiyatlidir, chunki mikrofirma va kichik korxona ilk daromadlarini o‘z faoliyatini to‘liq yo‘lga solishga qaratsa, keyinchalik byudjet oldidagi hisob-kitoblarini o‘z vaqtida amalga oshirishi hamda o‘zining moddiy ta’minotini shakllantirishga erishadi.
Mamlakatimizda mikrofirma va kichik korxonalar soni kundan kunga ortib bormoqda. Ularning iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ulushi salmoqli. Shu bois ham kichik biznes subyektlarini jadal sur’atlarda rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish hamda ularning yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushini tubdan oshirish maqsadida davlatimiz rahbarining “Mikrofirma va kichik korxonalarni rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–3620-sonli Farmoniga asosan 2005-yilning 1-iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab, soliq tizimida aylanmadan olinadigan soliq joriy etildi va uni undirish va byudjetga o‘tkazish mexanizmlari yangi Soliq kodeksi orqali joriy etilib, amalga oshirilib kelinmoqda. Aylanmadan olinadigan soliq ham yagona soliq to‘lovining bir qator xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling