J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq solish obyekti


Download 3.38 Mb.
bet30/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

4.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq solish obyekti

Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi.


Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Soliq kodeksi 58-bobiga muvofiq, qat’iy yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron-bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.


4.3. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:


1) mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf shaklidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.
Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi, deb hisoblanmaydi, ya’ni:
1) xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq sut va boshqa davolash-profilaktika oziq-ovqati, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash;
2) kasaba uyushmalari qo‘mitalari amalga oshiradigan to‘lovlar, shu jumladan, a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmalari a’zolariga beriladigan moddiy yordamlar, kasaba uyushmalari qo‘mitalarining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar bundan mustasno;
3) ishchilarni ish joyiga kelish va qaytish bilan bog‘liq xizmat transportini saqlash xarajatlari;
4) diniy rasm-rusum va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish xarajatlari, shuningdek, yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari;
5) xodimga ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish bo‘yicha xarajatlari;
6) xodim boshqa joyga ishga o‘tkazilganda yohud ko‘chib borganda ko‘chish, mol-mulkini ko‘chirib borish, turar-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
7) xizmat safarlari chog‘idagi kompensatsiya to‘lovlari:
8) amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar):

  • doimiy ishi yo‘lda kechadigan yoki sayyor va (yoki) ko‘chib yurish bilan bog‘liq xodimga;

  • xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun, xizmat safarlaridan tashqari;

  • dala ta’minoti;

  • amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar);

9) mayib bo‘lish yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi bilan bog‘liq zararni qoplash bo‘yicha quyidagi to‘lovlar:

  • jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lishiga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zarar uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);

  • maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida;

  • jabrlanuvchilarning maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasidagi har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdorida;

  • xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasidagi jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar;

10) boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to‘lovlar:

  • marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar; boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasidagi marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to‘lovlar;

11) o‘quv yurti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosda talabaning ta’lim olishi uchun o‘tkaziladigan to‘lovlar.
12) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hisobvarag‘iga muqobil xizmat shartnomasi bo‘yicha o‘tkaziladigan mablag‘lar;
13) jismoniy shaxslarni majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari. Bunda jamg‘arib boriladigan sug‘urtalash turlari bo‘yicha mazkur mukofotlar muddati bir yildan kam bo‘lmagan sug‘urtalashda jismoniy shaxslarning daromadi bo‘lib hisoblanmaydi;
14) yuridik shaxsdan – ish beruvchidan:

  • yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablag‘lar;

  • qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal sifatida quruvchi shaxs tomonidan olingan mablag‘lar.

Uy-joy olingan (mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda ko‘rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;
15) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan mehnat shartnomalariga yoki fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar, deb e’tirof etiladi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling