Jismoniy shaxslar yer solig’ining to’lovchilari, soliq solish obyekti va stavkalari


Download 29.75 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi29.75 Kb.
#1560251
  1   2   3
Bog'liq
Hamroyeva Zebuniso


Mavzu: Jismoniy shaxslar yer solig’ining to’lovchilari, soliq solish obyekti va stavkalari

Reja:


1. Soliq to‘lovchilar Soliq solish obyekti Soliq bazasi
2. Soliq imtiyozlari Soliq stavkalari
3. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi


Jismoniy shaxslar yer solig’ining to’lovchilari, soliq solish obyekti va stavkalari

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i Soliq kodeksining 50-bobi tarkibidagi 287-294 moddararda o’z aksini topgan, ya’ni Soliq to’lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq solinadigan baza, imtiyozlar, Soliq stavkasini qo’llanishning o’ziga xos xususiyatlari, Soliqni hisoblab chiqarish va uni to’lash tartibining mazmun-moxiyat va ta’rifining bayoni aks ettirilgan.


Soliq to’lovchilar.
Soliq kodeksining 287-moddasida Soliq to’lovchilarning ta’rifi keltirilgan. Soliq to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari hisoblanadi.
Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros koldiruvchining Soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.
Soliq solish obyekti.
Soliq solish obyekti Soliq kodeksining 288-moddasida o’z aksini topgan. Shu moddaga ko’ra jismoniy shaxslar uchun kuyilagi yer uchastkalari Soliq solish obyekti bo’lib hisoblanadi:

  1. Dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros kilib koldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

  2. Yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros kilib koldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

  3. Jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallangan yer uchastkalari;

  4. Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

  5. Meros bo’yicha, xadya kilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi xam o’tgan yer uchastkalari;

  6. Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda mulk kilib olingan yer uchastkalari;

  7. Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari;

Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari Soliq solish obyekti bulmaydi.

Download 29.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling