-
Mustaqillikdan keyin Respublika vaqtli matbuotida uning she’riyat, adabiyotshunoslik, kunning dolzarb mavzulariga bagʻishlangan koʻplab maqolalari chop etilgan ijodkor kim?
J: Toʻra Sulaymon.
-
Toʻra Sulaymon “Iltijo” she’rida beminnat makon qidirib, sargardon kezgan vatangado kimsalarni nimaga oʻxshatadi?
J: Sahroga.
-
Asar mualliflarini va janrini yozing. Qora kamar, Qora quyosh, Qora soch, Quyosh qoraymas.
J: Qora kamar – pyesa Shukur Xolmirzayev, Quyosh quyosh – doston Muhammad Yusuf, Qora soch – doston Toʻra Sulaymon, Quyosh qoraymas – roman Oybek.
-
Vatanim she’rida oʻzbek xalqi nechta urugʻ ekanligi aytiladi?
J: 96.
-
Qaysi sheʼr erksizlik, tutqunlikka boʻysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol goʻzallikning soʻnmas timsoli boʻlib qoldi?
J: Oybek “Na’matak”.
-
Qaysi asarlarda irsoli masal she’riy san’atining yuksak namunalari uchraydi?
J: Yusuf Xos Hojib “Qutadgʻu bilig”, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”.
-
Nodiraning qaysi gʻazalida lirik qahramon yor vasliga yetolmagani oqibatida chekkan dard-u gʻamlarini turli-turli badiiy tasvirlar orqali bayon etadi?
J: Oqibat.
-
“Kuntugʻmish” dostonida sher haybatli, yoʻlbars sifatli qahramon kim?
J: Kuntugʻmish.
-
“Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et” bayt kimga tegishli?
J: Nodira.
-
Alisher Navoiy tarjima qilgan asar qaysi?
J: Nasr ul-laoliy.
-
Kimning asarlarida mumtoz she’riyatimiz shart va talablarini mukammal oʻzlashtirishga, shu yoʻlda izlanishlar qilishga, yangiliklar yaratishga intilish sezilib turadi?
J: Nodira.
-
Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy, Agar otash furu aftad baxokistar dehad joro... bayt kimga tegishli?
J: Bedil.
-
Gʻafur Gʻulom ta’biri bilan aytganda: “Insonni aziz va mukarram qilguchi” nima?
J: Fursat.
-
“Bexosdan uzilgan shoda dur kabi” she’riy san’atini ayting.
J: Oʻxshatish.
-
Bolgʻalar-la parchalandi uyqu iloni, Mehnatkash el bukun belin koʻtardi magʻrur parcha qaysi sheʼrdan?
J: “Oʻzbekiston” Oybek.
-
Yaroqbekning otasining qotili kim?
J: Temur Malik.
-
Temur Malik tomonidan olingan qal’a qaysi?
J: Banokat.
-
Usmon Nosir tarjima qilgan dramani yozing.
J: Kirshonning “Ulugʻ kun”.
-
Usmon Nosirning qaysi she’ri shoirning insoniy xarakterini va ijodiy taqdirini oʻzida mujassam etgan she’rlari sirasiga kiradi?
J: Yurak.
-
Usmon Nosir “oʻynoqi dilbar” deya nimaga murojaat qiladi?
J: Yurakka.
-
Oʻzining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan koʻplab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining koʻnglini rom etgan asar qaysi?
J: Kelinlar qoʻzgʻaloni.
-
“Qochoq” da Jannat xola qanday kasal bilan ogʻriydi?
J: Bezgak.
-
Tursunboy necha yoshda edi?
J: 21 yoshda.
-
Zamonaviy romanlarni yozing.
J: P. Qodirov Olmos kamar, O. Yoqubov Diyonat.
-
Vasiliy Yanning romanlari qaysilar?
J: Chingizxon, Botu, Soʻnggi dengizgacha.
-
Roman-epopeyalarni yozing.
J: Balzak “Insoniyat komediyasi”, Sadriddin Ayniy “Qullar”.
-
Akbarali va Ochil buva uchrashishgan payti Akbaralining yoshi nechida edi?
J: 30 yoshda.
-
Bektemirni asirlar lageridan kimlar qutqaradi?
J: Amerikalik soldatlar.
-
“Chinor” romanidagi novcha, ingichka, kamgaproq obraz kim?
J: Akbarali.
-
Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha joydan yigʻishtirib olingan?
J: Tirik satrlar.
-
“Qayga borsam, gʻoz yurarman boshda doʻppi gerdayib” jumla muallifi kim?
J: Erkin Vohidov.
-
Toʻra Sulaymonning “Iltijo” she’rida maysalarga qoʻngan shudring nimaga oʻxshatiladi?
J: Armonli umr egalarining koʻzyoshiga.
-
Bir betayin kimsaning oyogʻidagi boshni koʻrsa, shoir qalbini qanday armon qoplaydi? (Armon she’ridan).
J: Terskaydagi qor.
-
Shukur Xolmirzayevning pyesalari qaysilar?
J: Qora kamar, Ziyofat.
-
“Omon ovchining oʻlimi” hikoyasida keltirilgan maqol qaysi?
J: Qovunni koʻrib qovun rang oladi.
-
Muhammad Yusufning “Vatanim” she’rida koʻringan meniki deb da’vo qilgan kim?
J: Yassaviy.
-
Fuzuliy oʻzining qaysi asarida Navoiyni ustoz sifatida tilga oladi?
J: Layli va Majnun dostonida.
-
“Bir lahza qoʻlidan qoʻyganmi oʻzbek, Oʻzing ayt, Fuzuliy bitgan devonni” jumla muallifi kim?
J: Abdulla Oripov.
-
Tagorning mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy adaolatsizlik qoralangan asarlari qaysilar, janri bilan yozing.
J: Donishmand roja, Bibha sohili romanlari.
-
Sergey Yeseninning hasbi hol tarzida yozilgan she’rlari qaysilar?
J: Endi qaytmam uyimga, Singlimga xat.
Do'stlaringiz bilan baham: |