J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari
Yevrovalutadagi qimmatli qog‘ozlar bozori
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Takrorlash uchun savollar
- Test savollari
11.3. Yevrovalutadagi qimmatli qog‘ozlar bozori Jahon ssuda kapitallari bozori faoliyati qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va oldi-sotdisi amalga oshiriladigan jahon fond bozori bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Ushbu bog‘liqlik aktivlar sekyuritizatsiyasi (inglizcha securities — qimmatli qog'ozlar), xu- susan bank kreditlari bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish jarayoni bilan, hosila moliyaviy vositalar yangicha tur- larini amaliyotda ko‘payishi bilan kuchayib bormoqda. Aktivlar seyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog‘ozlar bankdan qarz- dorning kreditni so'ndirish uchun to‘lagan mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Yevromoliyaviy bozorda nominali yevrovaluta, masalan AQSH dollari, yevro yoki Yaponiya ienasi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi qilinadi. Yevroqimmatli qog‘ozlar (euro-securities) bu erkin muomala- da bo'luvchi (transferable securities), sindikat anderrayterlar, yoki turli mamlakatlardan bo‘lgan ikki ishtirokchi orqali joylashtiri- ladigan, ularni bir yoki undan ortiq mamlakatlarga sotish re- jalashtirilgan, faqat moliya-kredit tashkilotlari orqali ega bo'lish mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Bugungi kunda jahon fond bozorida qimmatli qog‘ozlarning yillik emissiyasi hajmi barcha manbalar hisobidan talabgorlarga berilgan xalqaro kreditlar va moliyaviy mablag‘larning qariyb yarmini tashkil etadi. Xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar xalqaro fond bozorida kapi- talni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etadi. Ularning tarkibida xalqaro obligatsiyalar va notalarni, turli kompaniyalar (korporativ), moliyaviy institutlar va davlatlarning 279
xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro qarz qimmatli qog'ozlarini fond bozorlarida muoma- lada bo‘luvchi asosiy ikki, ya’ni yevroobligatsiya va chet el obli- gatsiyalari shakllari rnavjud. Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mamlakatning rnilliy pul birligida bo‘lgan, ya’ni obligatsiya emitenti uchun xori- jiy valutadagi va ushbu mamlakat fond birjasida kotirovka qilina- digan obligatsiyalar — chet el obligatsiyalari hisoblanadi. Masa- lan, Fransiyaning Angliyada joylashtirish uchun chiqarilgan qarz obligatsiyalari nominali funt sterlingda ifodalanadi, Angliya fond birjasidagi kotirovka natijalari asosida ingliz investorlari tomoni- dan sotib olinadi. Ya'ni chet el obligatsiyalari ma’lum bir mam- lakatga ushbu davlat qonun-qoidalari asosida joylashtiriladi. Cliet el obligatsiyalari ham odatda, jahonning yirik moliyaviy markaz shaharlarida, masalan, Nyu-York, London, Yaponiya va boshqa shaharlarda joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalaridan foydalanish amalivotga 500 yildan beri mavjud bo‘lsa, yevroobligatsiyalar paydo bo‘lganiga hozirda atigi 30 yil bo‘ldi. Bugungi kunda chet el obligatsiyalarini asosan rivojlangan mamlakatlar emissiya qilishmoqda. Ba’zi mamlakatlar tomoni- dan emissiya qilingan chet el obligatsiyalari o‘ziga xos nom bilan ataladi. Masalan, Shveysariya obligatsiyalari — Chocolate Bonds, Yaponiya obligalsiyalari — Samourai Bonds, AQSH obligatsiyalari — Jankee Bonds, Buyuk Britaniya obligatsiyalari — Bulldog va h.k. Jahon fond bozorining ushbu segmenti yevroobligatsiyalarni ko‘payishi hisobiga qisqarib bormoqda. Yevroobligatsiya — xorijiy investorlar orasida xalqaro sindikat anderrayterlari orqali joylashtiriladigan, emitent va xorijiy inves- torlar uchun chet el valutasida chiqarilgan qarz munosabatli qim- matli qog‘oz hisoblanadi. Yevroobligatsiyalar joylashtirilayotgan- da jahonning hech qaysi bir mamlakatida ro‘yxatga olinmaydi. Yevroobligatsiyalar asosan bank konsorsiumlari, sindikatlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan emissiya qilinadi. 280
Yevroobligatsiyalarning turi sifatida «dragon» (inglizcha «dragon bonds» atamasidan olingan) obligatsiyalarini qayd etish mumkin. Ular yevrodollar obligatsiyalar bo'lib, osiyo bozorida joylashtirilgan (birinchi navbatda Yaponiyada) va ma’lum bir osiyo birjasida (odatda, Gongkong yoki Singapur birjalarida) lis- tingga ega bo‘lgan qimmatli qog‘oz hisoblanadi. Yevroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o‘rtasidagi o‘xshashlik ularni mamlakatlar o‘rtasida kapitalni qayta taqsim- lash vositasi bo'lib hisoblanishida, shuningdek, ularni emitent mamlakatlar milliy valutasidan farqli boshqa valutada emissiya qilinishida namoyon boiadi. Yevroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o‘rtasidagi farq esa quyidagilardan iborat: Birinchidan, yevroobligatsiyalar erkin konvertatsiya qilinadi- gan valutada emissiya qilinadi. Chet el obligatsiyasi esa uning emitenti uchun ixtiyoriy xorijiy valutada emissiya qilinadi, ya’ni bunday valutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valuta bo‘lmasligi ham mumkin. Milliy moliya bozori
Yevroobligatsiya emitenti A mamlakat fond bozori Xalqaro moliya bozori ................. .................. ..... Turli davlatlardagi investitsion banklar (kompaniyalar sindikati)
mamlakat fond bozori C mamlakat fond bozori D mamlakat fond bozori 11.3 -rasm. Xalqaro fond bozorida yevroobligatsiyalarning shakllanish mexanizmi. 281
Ikkinchidan, cliet el obligatsiyalari joylashtiriladigan mam- lakatda ro‘yxatga olinadi, uning nominal qiymatijoylashtiriladigan mamlakat uchun milliy valutada bo‘ladi, u faqat joylashtiriladigan mamlakat fond bozorida muomalada bo‘ladi. Yevroobligatsiyalar esa, ma'lum bir mamlakatga ro‘yxatga olinmasdan joylashtirila- di, bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo‘lishi mumkin, shuningdek, obligatsiya nominali ko'rsatilgan milliy yoki xalqaro valutaning xususiyati emitentining milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim. Yevroobligatsiyalarni dastlabki joylashtirish to‘g‘ridan to‘g‘ri emitent joylashgan mam- lakatning milliy fond bozorlarida amalga oshirilmasdan, balki xorijiy mamlakatlar milliy fond bozorlarida amalga oshiriladi va ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy fond bozorlariga kelib tushishi va muomalasi amalga oshirilishi mumkin. Milliy fond bozori vositasi boMgan oddiy obligatsiyalar bilan xalqaro fond bozorining maxsus vositasi bo‘lgan yevroobligatsiya- lar o'rtasidagi asosiy farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: — xalqaro anderrayter konsorsiumlari yoki investitsion banklarni o‘z ichiga oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqt- ning o‘zida bir necha mamlakatlarda yevroobligatsiyalar emissi- yasi amalga oshiriladi; — sindikat tomonidan ko‘rsatilgan hududlarda joylashtiril- gan yevroobligatsiyalar emissiyasi hech qaysi bir mamlakatdan ro‘yxatdan o‘tmaydi. Yevroobligatsiyalar muomalasi ma’lum bir davlatning obligatsiyalar muomalasini tartibga solishning iqti- sodiy-huquqiy me’yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki yevro- obligatsiyalar asosan xalqaro huquqiy me’yorlar bo'yicha tartibga solinadi; — yevroobligatsiyalar bir vaqtning o‘zida bir necha mam- lakatlarga yoki turli mamlakatlar fond bozorlariga joylashtiriladi. Xorijiy investorlar o‘zlarining mahalliy birjalaridan yevroobli- gatsiyalarni sotib olishlari mumkin. Shuningdek, emitent mam- lakat investorlari boshqa mamlakatlar orqali o‘z fond bozorlariga yetib kelgan yevroobligatsiyalarga egalik qilishadi; 282
— oddiy obligatsiyalardan farqli ravishda yevroobligatsiya nominali bo'yicha to‘lanadigan foizdan «daromad manbai sifati- da» soliq undirilmaydi. 0 ‘zining yuqori daromadini soliqqa torti- lishidan olib qochib, uni sir saqlaydigan omonatchini Fransiyada «belgiyalik dantist» deb ham atashadi. Yevroobligatsiyalar bozori transmilliy korporatsiyalarning o‘rta va uzoq muddatli investitsiyalarini moliyalashtirishning muhim manbalardan hisoblanadi. Davlatlar odatda budjet daromadlari- ni ko‘paytirish va davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun yevroobligatsiyalardan foydalanishadi. Yevroobligatsiyalarning oddiy konvertirlanadigan shakli ham mavjud bo‘lib, ma'lum bir belgilangan muddatdan keyin, emitent kompaniya aksiyalariga ularni almashtirish sharti bilan chiqarila- di. Bunday yevroobligatsiyalar egasi emitent kompaniya faoliya- tining foydalilik darajasi ortadi, degan taxmin bilan ularni sotib oladi. Chunki odatda, konvertatsiya davrigacha yevroobligatsiya- lar bo‘yicha foiz to‘lovlari amalga oshirilmaydi. Jahon yevroaksiyalar bozori 1983-yildan sinditsiyalashgan kreditlash amaliyoti bilan birga rivojlana boshladi, biroq ularning emissiyasi yevroobligatsiyalarga nisbatan juda kam. Yevroaksi- yalarga konvertirlanadigan yevroobligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi jahon qimmatli qog‘ozlar bozorida mazkur turdagi segmentlarning o‘zaro integratsiyasini kuchaytirdi. Yevrotijorat veksellari — foiz stavkasi yevrodollar depozit ser- tifikatlari bo‘yicha olingan (odatda o‘rtacha 0,25%), 3—6 oylik muddatga yevrovalutada rasmiylashtirilgan hujjatli veksellardir. Yevroveksellar o‘rta muddatli qarz munosabatini ifodalovchi qim- matli qog‘ozlar hisoblanadi. Umuman olganda, yevroveksellar bozori hajm jihatdan juda kichik, 1981-yildan boshlab rivojlangan. Yevroveksellar 1984-yil- dan emissiya qilib kelinmoqda. Yevrovaluta depozit sertifikatlari — omonatchining depozitini va unga tegishli foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi, yevrovalu- tada qo‘yilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida banklarning yozma 283
guvohnomalari. Yevrobozorda bu kabi sertifikatlar amaliyotda keng qo‘llaniladi. Bu kabi depozit sertifikatlarining muddati 30 kundan 3—5 yilgacha bo‘lishi mumkin. Yevrobanklar no- minali 25 ming AQSH dollari va undan yuqori boigan depozit sertifikatlarini qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorida so- tish imkoniyatini taqdim etgan holda turli banklar va xususiy korxona yoki tashkilotlar o‘rtasida joylashtiradilar. Muomaladagi muddatli depozit sertifikatlari, odatda brokerlarga sotiladi yoki innossament bo‘yicha boshqa shaxsga o'tkaziladi. Depozit sertifi- katlari yevrobanklarda omonatlarni ko‘paytirgan holda, ularning kreditlash imkoniyati oshiradi va yevrobozorning kengayishini rag‘batlantiradi. Yevrovalutadagi depozit sertifikatlari bo'yicha foiz stavkasi yevrodollar depozitlariga nisbatan past bo‘lsada, ularni ikkilamchi bozorda oson sotish mumkin. Yevronotalar — suzuvchi foiz stavkadagi qisqa muddatli maj- buriyatlar hisoblanadi. 1980-yildan yevronotalar bilan operatsi- yalar amalga oshirib kelinmoqda. Ular ba’zan yevrobank kafolati bilan turli kreditlash vositalariga ham almashtirilishi mumkin. Yevroobligatsiyalar va yevronotalar o‘zaro bir-biridan farq qiladi. Yevroobligatsiyalar taqdim etuvchiga ko‘rinishida, ya’ni nomi yozilmasdan chiqariladigan qimmatli qog‘oz hisoblanadi va savdo tizimlarining depozitariylarida saqlanadi. Bunday nomi yozilmagan qimmatli qog‘ozlar odatda rivojlanayotgan mam- lakatlarga joylashtiriladi. Yevroobligatsiyalarni chiqaradigan emi- tentlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning ta’minoti uchun zaxira shakllantirilmaydi. Yevronotalar nomi yozilgan qimmatli qog'ozlar hisoblanadi va ular bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda emissiya qili- nadi. Yevroobligatsiyalardan farqli ravishda yevronotalar ta'minoti uchun zaxira shakllantiriladi. Yevropa ittifoqida bosqichma-bosqich yagona yevropa fond bozori shakllangan bo‘lib, bunda Yevropa ittifoqida joriy etilgan quyidagi tamoyillar asosiy rol o‘ynagan: — bank faoliyatini unifikatsiyalashga ruxsat berish; 284
— o‘zaro axborot almashinishini va tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish; — bozor ishtirokchilarini mamlakatlarga qarashliligi bo‘yicha nazorat qilish; — birjalararo axborot almashishning yagona tizimi yaratilishi. Yevropa ittifoqida yagona moliyaviy muhitni shakllantirish uchun mamlakatlar moliya bozorlaridagi xususan, milliy fond bo- zorlariga xos bo'lgan quyidagi asosiy farqlar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi: — birja operatsiyalarini milliy doirada tartibga solish (qim- matli qog‘ozlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berish, ax- borotlar oshkor etishga bo‘lgan talablar va h.k.); — birjalarning operatsiyalar hajmi va milliy iqtisodiyotdagi roli; — qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi institutsional investorlar, ya’ni sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, investitsiya fondlari, banklarning fond bozoridagi roli va o‘rni bilan bog‘liq farqlar. Yevropa ittifoqida yagona fond bozori tarkibi shakllantiril- gan bo‘lib, u o‘z ichiga aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qimmat- li qog‘ozlari va hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalarga ixtisoslashgan, hamkorlikda yangi tashkil etilgan qo‘shma birjalar (Yevropa birjasi, Xalqaro birja, LIFFl va boshq.) va qator seg- mentlarni oladi. Yevropada tashkil etilgan yagona ssuda kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorlari yevropa iqtisodiy integratsiyasini tashkil etish- da asosiy rol o‘ynagan. Hozirda jahon fond bozorlari infratuzilmasida quyidagi asosiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda: Birinchidan, savdolarga xorijliklar ishtirok etishi uchun ularga alohida savdo maydonchalari tashkil etilmoqda. Xususan, Lon- don fond birjasida yuzlab xalqaro investitsiya institutlari, 500 dan ortiq xorijiy bankiar savdo qilishmoqda, 60 dan ortiq mamlakat xalqaro kompaniyalarining aksiyalari birja listingi ro‘yxatida turib sotilmoqda. 285
Ikkinchidan, jahon qimmatli qog‘ozlar bozorida banklar- ning roli boshqa moliyaviy vositachilar hisobiga qisqarayotgan bo‘lsada, ular birjalarning ish vaqtlari tugab, yopilganda sav- dolar uzluksizligini ta'minlovchi va anonim ravishda qimmatli qog‘ozlar kotirovkasini amalga oshiruvchi xususiy elektron bro- kerlik tizimlarini hamda moliyaviy vositalarning yangi turlarini yaratishmoqda.
Jahon ssuda kapitallar bozori, pul bozori, kapital bozori, yev- robozor yevrovaluta, yevrodollar, yevrovaluta bozori, transmilliy bank, yevrokredit LIBOR, spred, LIBID, stend-bay va rollover shartlaridagi yevrokreditlar, yevrodepozitlar, jahon qimmatli qog‘ozlar bozori, yevroqimmatli qog‘ozlar, chet el obligatsiyalari, yevroobligatsiya, yevroaksiya, yevrotijorat veksellari, yevroveksel, yevrovaluta depozit sertifikatlari, yevronota. Takrorlash uchun savollar: 1. Yevrobozor rivojlanishi jahon iqtisodiyoti uchun qanday ahamiyatga ega? 2. Yevrovaluta nima va u qanday paydo bo‘ladi? 3. Yevrovaluta bozori qanday omillar ta’sirida rivojlangan. 4. Yevrobozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarning qan- day turlarini bilasiz? 5. Yevrokredit bozoriga xos xususiyatlarni aytib bering. 6. Rollover shartlari asosida beriladigan qanday yevrokredit- larni bilasiz? 7. Yevrodepozitlar to‘g‘risida nima bilasiz? 8. Jahon qimmatli qog‘ozlar bozori tarkibiy tuzilishi qanday, ularga izoh bering. 9. Evroqimmatli qog‘ozlarning qanday turlarini bilasiz, ularga izoh bering? 10. Yevroobligatsiya va chet el obligatsiyalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aytib bering. 286
11. Oddiy obligatsiyalar bilan yevroobligatsiyalar o'rtasida qanday farqlar mavjud? 12. Yevroobligatsiyalar va yevronotalarni o‘zaro bir-biridan farqini aytib bering. 13. Yagona yevropa fond bozori shakllanishida asosiy rol o‘ynagan qanday tamoyillarni bilasiz? 14. Yevropa ittifoqida fond bozorlarini unifikatsiyalash qan- day boshlandi? 15. Yevropa ittifoqida yagona moliyaviy muhitini shakllanti- rish qanday amalga oshirildi? Mustaqil o'rganish uchun topshiriqlar 1. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlari asosida xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarni segmentlar asosida tahlil qilib, qancha qismi Yevropa ittifoqiga, rivojlangan davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, valutalar kesimi bo‘yicha yevroga, AQSH dollariga to‘g‘ri kelishini aniqlang. 2. Yevrobozor infratuzilmasini o‘zida aks ettiruvchi asosiy tushunchalar bo‘yicha klaster tuzing. 3. Yevrobozorning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'siri bilan bog‘liq muammolarni aniqlang va ularni bartaraf etishga qa- ratilgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini tizim- lashtiring. 4. Yevrobozorning moliyaviy innovatsion faoliyatni rag‘bat- lantiruvchi asosiy omillarni aniqlang va ularni bir tizimga keltiring. 5. 0 ‘zbekistonning yevrobozorga integratsiyasi, uni kuchayti- rish natijasida milliy bozorda yuzaga keladigan tashqi tahdidlar va ijobiy o‘zgarishlarni dalillar keltirgan holda baholang.
1.
Jahon ssuda kapitallar bozori nechta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq asosiy sektorga ajraladi va ular qanday nomlanadi? A) ikkita — pul va kapital bozori. B) uchta — valuta, kredit va qimmatli qog‘ozlar. 287
C) to'rtta — valuta, kapital, qimmatii qog‘ozlar, hosila moli- yaviy vositalar. D) beshta — pul, derivativlar, investitsiya, valuta, sug‘urta. 2. Yevrovaluta bozori qachondan shakllana boshladi? A) 1950-yillar oxiridan. B) XX asr boshlaridan. C) 1970-yillardan. D) 1920-yillar oxiridan. 3. Xalqaro va milliy moliya bozorining bir qismi bo'lib, unda kreditlar va qarzlar bo‘yicha operatsiyalar vevrovalutalarda amal- ga oshiriladigan bozor turini toping. A) yevrobozor. B) yevroobligatsiya. C) yevrokredit. D) nominali yevroda ifodalanadigan moliyaviy vositalar. 4. Mamlakatdan tashqaridagi kredit muassasalariga qo‘yilgan va ushbu mamlakatning huquqni va iqtisodiyotni tartibga soluv- chi organlari nazoratidan chetda bo‘lgan ixtiyoriy shakldagi pul birliklari nirna deyiladi? A) yevrovaluta. B) ofshor valuta. C) xalqaro valuta. D) SDR. 5. Qachori Nyu-Yorkda erkin bank zonasi tashkil etildi va bu holat yevrodollar bozori tarkibida qanday o‘zgarishni yuzaga keltirdi? A) 1981-yilda, yevrodollar bozori tarkibiga AQSH ham qo‘shildi. B) 1968-yilda, bozorni tartibga soluvchi elektron tizim paydo boidi. C) 1978-yilda, erkin suzib yuruvchi kurslar rejimiga o‘tildi. D) 1984-yilda, yevroveksellar bozori yuzaga keldi. 6. Osiyo mintaqasida foydalaniladigan AQSH dollarlari (Osiyo dollari), Arab mamlakatlarida ishlatiladigan AQSH dol- larlari (arab mamlakatlari dollari), neft mahsulotlari savdosida 288
foydalaniladigan AQSH dollarlari (neft dollarlari)ni umumiy hol- da, xalqaro amaliyotda odatda nima deb nomlashadi? A) yevrodollar (yevrovaluta). B) AQSHning inflyatsiya eksporti. C) ta’minlanmagan dollarlar. D) zaxira valuta. 7. Qayerda kredit operatsiyalari bir mln AQSH dollaridan bir necha yuz mln AQSH dollari hajmida amalga oshirilib, ular garov bilan ta’minlanmagan va foydalanish maqsadi aniq ko'rsatilmagan holda ham berilishi mumkin? A) yevrobozorda. B) banklararo xalqaro kredit bozorida. C) AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Yaponiyada. D) Ofshor zonalarda. 8. Yevrokreditlarga xos xususiyatlar to‘g‘ri keltirilgan javobni toping.
A) kredit valutasi yevrovaluta (asosan AQSH dollari), 10 oy- dan 12 yilgacha (o‘rtacha 7 yilga) beriladi. B) foiz stavkalari asosan LIBOR (asosan qisqa muddatli (odatda 6 oylik))ga bankning spred (spread)i (odatda 3/4% dan 3% gacha)ni qo‘shib beriladi. C) asosan 100 mln AQSH dollaridan 500 mln AQSH dollari miqdorida beriladi. D) barcha javoblar to‘g‘ri. 9. Kredit shartlarini qayta yangilanishni nazarda tutuvchi o‘rta va uzoq muddatli yevrokreditlar nima deb nomlanadi? A) akseptli rambursli. B) stend-bay. C) faktoring. D) rollover. 10. Yevrodepozitlarga xos xususiyatlar to‘g‘ri keltirilgan javob- ni toping. A) muddati 1 kundan 1 yilgacha, ba’zan 5 yilgacha cho‘zilishi mumkin (odatda ularning muddati 6 oy bo‘ladi). 289
B) banklararo depozitlarning o'rtacha summasi 5—10 mln AQSH dollarini, ba'zan esa undan bir necha marta katta miq- dorni tashkil etadi. C) ular yevrovalutalarda qo'yiladi. D) barcha javoblar to‘g‘ri. 11. Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mam- lakatning ntilliy pul birligida bo‘lgan va ushbu mamlakat fond birjasida kotirovka qilinadigan obligatsiyalar nima deb yuriti- ladi? A) chet el obligatsiyalari. B) yevroobligatsiyalar. C) konvertirlanadigan obligatsiyalar. D) muddatidan oldin so‘ndiriladigan obligatsiyalar. 12. Chet el obligatsiya turlari keltirilgan javobni toping? A) Samourai Bonds, Jankee Bonds. B) Chocolate Bonds. C) Bulldog. D) Barcha javoblar to‘g‘ri. 13. Yevroobligatsiya turlari keltirilgan javobni toping? A) Chocolate Bonds, Bulldog. B) Samourai Bonds, Jankee Bonds. C) Dragon bonds. D) Barcha javoblar to‘g‘ri. 14. Yevroqimmatli qog‘ozlar bozorining qaysi kichik segmenti konvertirlanadigan obligalsiyalar va 1983-yildan sinditsiyalashgan kreditlash amaliyoti bilan birga rivojlana boshlagan? A) yevroaksiyalar bozori. B) yevrotijorat veksellari bozori. C) yevronotalar bozori. D) yevrovaluta depozit sertifikatlari bozori. 15. 1981 -yildan boshlab rivojlangan, foiz stavkasi yevrodollar depozit sertifikatlari bo‘yicha olinadigan (odatda o‘rtacha 0,25%), 3—6 oylik muddatga yevrovalutada rasmiylashtiriladigan hujjatli veksellar nima deb nomlanadi? 290
A) yevroveksellar. B) yevrotijorat veksellari. C) yevro o‘tkazma veksellar. D) yevro oddiy veksellar. 16. 0 ‘rta muddatli qarz munosabatini ifodalovchi 1984-yildan emissiya qilib kelinayotgan, yevrovalutada rasmiylashtiriladigan veksellar nirna deb nomlanadi? A) yevroveksellar. B) yevro o'tkazma veksellar. C) yevrotijorat veksellari. D) yevro oddiy veksellar. 17. Evrobanklar nominali 25 ming AQSH dollari va undan yuqori bo‘lgan qiymatda emissiya qilinadigan, investorning de- pozitini va unga tegishli foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi, muddati 30 kundan 3—5 yilgacha bo‘lgan, yevrovalutada qo‘yilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida banklarning yozma guvohnomalari nima deyiladi? A) yevrovaluta depozit sertifikatlari. B) yevrodollar omonat sertifikatlari. C) yevrovalutada qo‘yilgan depozitlarni tadiqlovchi omonat daftarcha. D) Yevropa Markaziy bankining depozit sertifikatlari. 18. Suzuvchi foiz stavkadagi qisqa muddatli majburiyatlar hi- soblanib, ta'minoti uchun zaxira shakllantiriladigan yevrobank kafolati bilan turli kreditlash vositalariga ham almashtirilishi mumkin bo‘lgan, 1980-yildan boshlab rivojlanayotgan, nomi yozilgan qimmatli qog‘oz turi keltirilgan javobni toping? A) yevronotalar. B) yevroobligatsiya. C) yevroveksel. D) yevrobillar. 291
|
ma'muriyatiga murojaat qiling