J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


lqtisodiyotdagi muvozanat va tebranish jarayonlarini tavsiflovchi asosiy omillar


Download 1.93 Mb.
bet15/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

lqtisodiyotdagi muvozanat va tebranish jarayonlarini tavsiflovchi asosiy omillar


Omillar


Ko'rsatkichlar



lqtisodiy o'sish

lqtisodiy muvo- zanat

lqtisodiy inqiroz

lshlab chiqa-
rish omillari

Mahsulot (Y) Xarajatlar (S)

Y>C

Y=C

Y

Talab va
taklif

Talab (X) Taklif (Y)

X>Y

X=Y

X

Pul, kredit

Barcha to'lovlar summasi (MV) Barcha tovarlar baholari sum-
masi (PQ)

MV>PQ

MV=PQ

MV< PQ

Investitsiyalar va jamg'arma

Investitsiyalar
(I)
Jamg'arma (S)

l>C


I=C


I


Tadbir- korlarning kutishlari



Konyunktura hoJati borasidagi axborot



Konyunk- tura borasidagi to'Iiq ax- borot

Bozor muvo- zanati- borasidagi axborot

Konyunk- tura borasi- dagi ax- borotning yetarli
emasligi

Endi moliyaviy inqirozning mohiyati va xususiyatlarini yori­ tishga harakat qilamiz. Moliyaviy inqiroz tizimli ravishda moliya bozorlari, moliya sektori muassasalari, pul muomalasi va kredit, xalqaro moliya, davlat, munitsipal va korporativ moliyani qam­ rab oluvchi inqiroz bo'lib, mamlakatdagi iqtisodiy faollik va aholining turmush tarzi darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Uning moliya sektori va moliya bozorlarida yuzaga kelishi foiz stavka­ sining oshishi, bank va nobank muassasalar to'lov qobiliyatining pasayishi, muammoli aktivlar salmog'ining ortishi, iqtisodiyot va uy xo'jaliklariga beriladigan kreditlar hajmining qisqarishi, bankrotlikning zanjirli bog'lanish kasb etishi, qimmatli qog'ozlar baholarining keng ko'lamli pasayishi, to'lov tizimining tanaz­ zulga uchrashi, noto'lovlar hajmining ortishi, hosilaviy qimmatli qog'ozlar bozorida yirik hajmdagi zararlarning yuzaga kelishi, moliya bozori va moliya muassasalari likvidliligining tushib keti­ shi, domino effekti orqali esa bank sarosimasining vujudga kelishi kabi oqibatlarga olib keladi.
Xalqaro moliya sohasida moliyaviy inqirozning yuz berishi milliy valuta almashuv kursining tartibga solib bo'lmas darajada pasayishi, mamlakatdan kapitalning keng ko'lamda chiqib ketishi, davlat va tijorat tashkilotlari tashqi qarzi va ular bo'yicha mud­ dati o'tgan qarzdorlik hajmining ortishi, tizimli riskning xalqaro bozorlar va boshqa davlatlar moliya bozorlariga ko'chishiga sabab bo'ladi.
Pul muomalasi sohasida moliyaviy inqiroz baholarning kes­ kin tarzda ko'tarilishi va uning surunkali inflyatsiyaga aylanishi, milliy valutadan qochish va mamlakat ichkarisida xorijiy rezerv valutalardan foydalanish ko'lamining ortishi («dollarlashuV» ja­ rayoni va <>ning ortishi) kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Shuningdek, moliyaviy inqiroz davlat moliyasi sohasida mam­ lakat oltin-valuta zaxiralari va davlat barqarorlashtirish fondlari mablag'lari hajmining keskin kamayishi, davlat budjeti defitsiti­ ning paydo bo'lishi yoki defitsit hajmining sezilarli darajada orti-
shi, soliqlar yig'iluvchanligining pasayishi, davlat ichki qarzining ortishiga sabab bo'ladi.
Moliya bozorining bir segmentida yuzaga kelgan tizimli risk­ lar (xususiy holdagi inqiroz) uning boshqa segmentlariga tarqalar ekan, tizimli risk mexanizmi orqali butun moliya-kredit tizimini tanazzulga boshlaydi.
Xususiy holdagi inqirozlarga quyidagilar taalluqlidir:

  1. Qimmatli qog'ozlar bozoridagi inqiroz - qimmat­ li qog'ozlar bahosining keskin pasayishi, bozor likvidliligi­ ning tushib ketishi, foiz stavkalarining birdaniga oshishi bilan yuz berib, inqiroz jarayonlarining yanada chuqurlashib, keng ko'lamdagi moliyaviy inqirozga aylanishiga zamin yaratadi. Ushbu inqiroz <>, qimmatli qog'ozlar bahosi­ ning o'sishi yoki pasayishiga qaratilgan spekulyativ o'yinlar bi­ Ian bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday turdagi inqirozlar, odatda, bazaviy va hosilaviy (derivativlar) moliya instrumentlari bozor­ lariga parallel ravishda amalga oshirilgan spekulyativ hujumlar natijasida yuzaga keladi;

  2. Qarz-majburiyatlar bilan bog'liq inqirozlar - moliyaviy in­ qirozlaming dastlabki sabablaridan biri bo'lib, yirik qarz oluv­ chilar guruhi, xususan, davlat (agar xalqaro qarz inqirozi bo'lsa) yoki yirik tijorat va investitsiya banklari olgan qarzlari bo'yicha to'lovlami amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lmay qoladi va ularda defoltga yetaklovchi yirik miqdordagi zararlar shaklla­ nadi. Yirik xalqaro qarzdorlik inqirozi XX asming 80-yillarida yuz bergan bo'lib, gator rivojlanayotgan davlatlar yuqori daro­ madli sanoat davlatlaridan jalb qilgan qarzlari bo'yicha to'lovlami amalga oshira olmay qolgan edi;

  3. Valuta inqirozlari, moliya bozorining boshqa segmentlarida inqiroz holatlarining ko'payishini ta'minlab, bir valutaning boshqa valutaga nisbatan almashuv kursining keskin o'zgarishi xalqaro moliya va ichki iqtisodiyotdagi iqtisodiy manfaatlar tizimining sezilarli darajada qayta tuzilishiga, to'lov balansi muammolari­ ning yuzaga kelishiga olib keladi;

  4. Bank inqirozlari, domino effektiga asoslangan bank sektori inqirozlari bo'lib, gator banklarda muammoli aktivlarning jam­ lanishi va ular to'lov qobiliyatining pasayib ketishi bank sarosi­ masiga, omonatlarning keng ko'lamda bank tizimidan qaytarib olinishiga, banklararo kreditlar hajmining keskin kamayishiga sabab bo'ladi va banklarga nisbatan ishonchning pasayishi zami­ rida banklar tomonidan to'lovlar hajmining qisqarishiga va, nati­ jada, to'lov tizimi hamda moliya bozori tanazzuliga olib keladi;

  5. Likvidlilik inqirozi, likvidlilik riskining ortishi, moliyaviy holatning yomonlashuvi bilan bog'liq tarzda to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatini qisqa vaqt ichida yo'qolishini anglatib, makroiqtisodiy darajada to'lov tizimidagi tanglik, uning asosini tashkil etuvchi banklarda likvidlilikning keskin pasayishi, xalq xo'jaligidagi hisob-kitoblar uzluksizligini ta'minlash uchun iqti­ sodiyotda pul mablag'larining sezilarli darajada yetishmasligidir. Moliyaviy inqiroz, odatda, bozor iqtisodiyoti qaror topayotgan davlatlarda (emerging markets) quyidagi parametrlar bilan tavsif­

lanadi:

  • aksiyalar bozori kapitallashuvining 20% dan ortiqqa pasa­ yishi;

  • obligatsiyalar hajmining bozor qiymati bo'yicha ichki va tashqi bozorlarda 15% dan ortiqqa qisqarishi;

  • bozor foiz stavkasining 20% dan ortiqqa oshishi;

  • yillik inflyatsiya sur'atining 20% dan ortiqqa o'sishi;

  • xorijga chiqib ketadigan kapital miqdorining 30% dan or- tiqqa ko'payishi;

  • milliy valuta almashuv kursining 15% dan ortiqqa pasayishi;

  • Markaziy bank oltin-valuta zaxiralarining 20% dan ortiqqa kamayishi;

  • bank sektori depozit bazasining 10% dan ortiqqa kamayi­ shi;

  • ichki kreditlar hajmining 10% dan ortiqqa qisqarishi.

Rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy inqirozning tez sur'atlarda tarqalishining muhim sabablaridan biri shundaki, bi-
ror bir rivojlanayotgan davlatning tanazzulga yuz tutishi zanjirli reaksiya orqali investorlarni mazkur mamlakatga o'xshagan (risk darajasi aynan bo'lgan) davlatlarning qimmatli qog'ozlaridan voz kechishga undaydi.

    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling