J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet2/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

KIRISH


Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amal­ ga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko'tarish, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyo­ ti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamo­ naviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqo­ batbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o'rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog'liq. Mazkur masa­ lalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosa­ batlaridagi ishtiroki muhim o'rin tutadi.
<> fani ixtisoslik fanlaridan biri bo'lib, iqtisodiy yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Mazkur darslik oliy ta'limning bakalavriat bos­ qichida o'qitiladigan <> fani ham­ da magistratura bosqichida o'qitiladigan «Xalqaro moliya>> fa­ nining o'quv dasturlariga muvofiq tarzda yozilgan. Darslikdan amaliyotchi-mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar va mazkur sohaga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Darslikning asosiy maqsadi moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliya munosabatlarida yuzaga keladigan jarayonlarni o'rganish hamda xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarda tegishli nazariy fikr va taas­ surotlarni hosil qilish, amaliy ko'nikma va bilimlarni shakllanti­ rishdan iboratdir.
Ushbu darslikda xalqaro moliya va uning jahon iqtisodiyo­ ti rivojlanishidagi o'rni, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, xalqaro moliya tashkilotlari-
ning xalqaro moliya munosabatlari taraqqiyotidagi o'rni, xalqaro valuta operatsiyalari, jahon valuta tizimi va uning rivojlanish bos­ qichlari, xalqaro moliya munosabatlarida valuta risklarini boshqa­ rish, xalqaro korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, xalqaro moliya munosabatlarida to'lov balansini boshqarish, xalqaro moliya bozori va uning rivoj­ lanish xususiyatlari, yevrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi operatsiyalar, xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining ri­ vojlanishi, moliyaviy derivativlar bozori, O'zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalar bayon qilingan.
Darslik mualliflari ma'lumotlarni aniq, mantiqiy ketma-ketlik asosida bayon etishga harakat qilishgan. Har bir bob yakunida tayanch so'z va iboralar, takrorlash uchun savollar, mustaqiJ o'rganish uchun topshiriqlar hamda test savollari keltirilgan.
Ishonchimiz komilki, ushbu darslikni yanada takomillashti­ rish yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalar uning yanada mu­ kammallashuviga xizmat qiladi. Shu boisdan, bildirilgan taklif va mulohazalar uchun mualliflar oldindan o'z minnatdorchiliklarini izhor etadilar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling