J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, omillari va rivojlanish bosqichlari
2.1-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi.
Globallashuv jarayonining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin: moliyaviy markazlashuvning kuchayishi; iqtisodiyotda axborotlar ahamiyatining oshishi. Shuningdek, axborot almashinuv darajasining keskin sur'atlarda kuchayishi; global oligopoliyaning to'xtovsiz kengayishi; transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi; iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va rivojlanishi. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining quyidagi asosiy sohalari bo'yicha keng rivojlanmoqda: tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk obyektlarining xalqaro savdosi; ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati; xalqaro moliya-kredit va valuta operatsiyalari; ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborotlar sohasidagi hamkorlik. lqtisodchi olimlar fikriga ko'ra jahon iqtisodiyotida global lashuv jarayoni quyidagi holatlarni o'z ichiga oladi: mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtiradi; xo'jalik yuritishni to'liq erkinlashtirmagan davlatlar iqti- sodiyotining ochiqligini ta'minlaydi; istalgan bozorlarga barcha ishtirokchilarning qarshiliksiz kirishini ta'minlaydi; moliyaviy va savdo operatsiyalarni amalga oshirishga te gishli tartiblarni universallashtiradi; bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me'yorga keltiradi, ya'ni unifikatsiya qiladi; kapitalni joylashtirish, investitsion jarayonlar va umumja hon to'lov-hisob tizimiga qo'yilgan talablarni standartlashtiradi. Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, omillari va rivojlanish bosqichlariGloballashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy, huquqiy va madaniy-axborot makoni shakllanishini anglatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat hayotining bar cha asosiy sohalariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Bu ja- rayon XX asr oxiri XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida alohida rol o'ynab, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi tizimi shakllanishiga kuchli turtki berdi. Birinchidan, globallashuv mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy masofani qisqartiruvchi aloqa vositalari va transport sohasida ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvini, xalqaro mehnat taqsi motining chuqurlashuvini hamda dunyo rivojlanishining obyektiv omillarini yuzaga keltiradi. Bu holat, dunyoning istalgan nuqta sidan zarur axborotni xohlagan vaqtda olish va tezda qaror qa bul qilishga imkon beradi, telekommunikatsiyaning zamonaviy tizimlari kapitalni xalqaro investitsiyalashni amalga oshirishni yengillashtiradi. Dunyoning axborot integratsiyalashuvi sha roitlarida xo'jalik yuritishning xorijiy tajribasini o'zlashtirish va texnologiyalarni o'tkazish birmuncha tezlashadi. Globallashuvning ikkinchi manbasi - proteksionizm siyosa tini cheklashga sabab bo'luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridir. Buning natijasida turli xil savdo tariflari jiddiy ravishda pasaydi, tovarlar va xizmatlar savdosidagi boshqa ko'plab to'siqlar bartaraf etildi. Boshqa liberizatsiya tadbirlari ishlab chiqarishning qolgan omillari va kapital harakati kuchayishiga olib keldi. Baynalminallashuv jarayonining uchinchi manbasi va global lashuvning asosiy manbalaridan biri transmilliylashuv hodisasi bo'ldi. Ushbu holatda transmilliy kompaniyalar yetakchi kuch sifatida namoyon bo'ladi va ular bir vaqtning o'zida baynalminal lashuv jarayonining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Globallashuv jarayoni barcha mamlakatlar iqtisodiyotida ku zatilmoqda. Ushbu jarayon mahsulotlar ishlab chiqarish, xiz matlar ko'rsatish, ishchi kuchlaridan foydalanish, investitsiya va texnologiyalarni bir mamlakatdan boshqalariga tarqalishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Bularning barchasi pirovardida ishlab chiqa rishning samaradorligi, mehnat unumdorligi va raqobatbardosh likning oshishida namoyon bo'ladi. Aynan globallashuv jarayoni xalqaro raqobatlashuvning kuchayishiga olib keldi. Birinchi manba - - - - - - - - - --'--- - - - - - - - - ?• Fan-texnika taraqqiyoti lqtisodiyot liberallashuvi Transmilliylashtirish jarayonining kuchayishi TTXI hajmining ortishi Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling