Part 01 Valuta operatsiyalari va ularniig turlari. Spot operatsiyalari yoki kassa bitimlari Part 02 Muddatli valuta operatsiyalari va ularning amalga oshirilishi. Part 03


Download 95.71 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi95.71 Kb.
#1086748
Bog'liq
10 mavzu O\'zbekistonda-valyuta operatsiyalari


O'zbekistonda
valyuta operatsiyalarini o'tkazish tartibi
Hakimov Quvonchbek
Part 01
Valuta operatsiyalari va ularniig turlari. SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari
Part 02
Muddatli valuta operatsiyalari va ularning amalga oshirilishi.
Part 03
Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari.
Zamonaviy valuta bozori yalpi jahon xo’jaligi miqyosida amal qiluvchi, murakkab va muntazam iqtisodiy tizim sifatida maydonga chiqadi.
Valuta bozori yangi sharoitlarga moslashgan holda tinimsiz rivojlanib kelgan. U xorijiy valutadagi veksellar bilan savdoning lokal markazlaridan tortib, to birdan bir haqiqiy xalqaro bozor shakligacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.
Hozirda valuta bozori va valuta operatsiyalarini amalga oshirish texnikasini o’rganish bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Valuta bozorining amal qilish mexanizmini bilish O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy munosabatlarining samarali amalga oshirilishi uchun muhimdir.
Valuta bozori – bu mexanizm bo’lib, uning yordamida xorijiy valutalarning oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar amalga oshiriladi. Xorijiy valutalarning oldi-sotdisiga bo’lgan zarurat xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish paytida yuzaga keladi: tashqi savdoda, xorijiy valutada kredit berilganda, xorijiy valutadagi zaxiralarni valuta kursi tebranishidan sug’urta qilganda.
Bir valutani boshqa bir valutaga o’tkazish zarurati shundaki, odatda, xalqaro savdo shartnomalari va kapital bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar o’z milliy valutalariga ega mustaqil davlatlarda yashaydilar. Tabiiyki, xalqaro shartnomalarda ishtirok etuvchi har bir taraf hisob-kitoblarni o’z milliy valutasida amalga oshirishdan manfaatdor. Biroq xalqaro savdo shartnomalari va kapital bilan operatsiyalar erkin muomalada yuradigan valutada amalga oshirilmog’i lozim.
Masalan, yaponiyalik eksportyor braziliyalik importyorga «Toyota» avtomobillarini sotmoqchi. Bunda eksportyor importyordan to’lovni yapon ieynasida, Braziliya kruzerosida yoki AQSH dollarida amalga oshirishni talab qilishi mumkin. To’lov valutasi oldindan kelishilib, shartnomada qayd etiladi. Ammo yuqoridagi misolda qanday valuta ishlatilishidan qat’iy nazar, u valuta kursidan kelib chiqqan holda boshqa valutaga o’tkazilishi lozim. Agar yapon iyenasi qo’llanilsa, unda braziliyalik importyor o’z milliy valutasini kurs asosida yapon iyenasiga aylantirishi lozim. Braziliya kruzerosi qo’llanilganda esa, aksincha, yaponiyalik eksportyorda ularni iyenaga aylantirish zarurati tug’ilardi. Agar AQSH dollari qo’llanilsa, braziliyalik importyor kruzeroni AQSH dollarlariga, yaponiyalik eksportyor esa AQSH dollarini iyenaga aylantirishi kerak bo’ladi.
Xorijiy valutalar bozorining asosiy vazifasi yuqoridagi misolda keltirilgan valutalarning o’zaro almashuvini amalga oshirishdir. Valuta bozorida valutalarni almashuv kursi shu valutalarga bo’lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ahamiyatining o’sishi, erkin suzadigan valuta kurslarining joriy etilishi valuta-moliyaviy sohaning ko’lami va ahamiyati, xususan, valuta bozori mavqeyi oshishiga olib keldi.
Valuta bozori quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tovarlar, xizmatlar va kapitallar xalqaro muomalasiga xiz-mat ko’rsatish;
iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadigantalab va taklifni balanslash orqali valuta kurslarini aniqlash;
valuta risklaridan himoyalanish uchun mexanizmni taqdimetish;
davlat tomonidan pul-kredit va iqtisodiy siyosatni amalgaoshirishda bozordan foydalanish.
Jahon valuta bozorining xususiyatlariga ko’ra, u aniq bir manzilga ega emas yoki ma’lum bir joyda jismonan mavjud emas. Jahon valuta bozori telefon hamda zamonaviy telekommunikatsion tizim orqali savdo amalga oshadigan bozordir. Bu bozorning o’ziga xos xususiyati nafaqat uning jismonan mavjud emasligida, balki uning sutkada 24 soat faoliyat ko’rsatishi, ochilmasligi va yopilmasligi, muomala hajmi jihatidan nihoyatda yirikligidadir, ya’ni 1 sutkada jahon valuta bozorida 1 trln AQSH dollari sotiladi va sotib olinadi.
Valuta bozori rivojlanishiga xalqaro ssuda kapitallari bozorining kengayishi katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, mazkur bozorlarning o’sib, bir-biriga kirishib ketish jarayoni kuchaymoqda.
Hozirda banklararo valuta bozorida banknotalar yoki tangalar yo’q, boshqa to’lov vositalarining, ya’ni veksellar va cheklarning ahamiyati esa minimaldir. Valuta operatsiyasi har qanday moddiy asosni yo’qotdi, ya’ni milliy pul birliklari bir-biriga nisbatan faqat korrespondent hisob raqamlaridagi yozuvlar sifatida mavjud. Bu esa, o’z navbatida, valuta bozori uchun yuqori darajadagi integratsiyaga erishish imkonini berdi.
Valuta bozorining murakkab iqtisodiy tabiati, uning ko’p yo’nalishli tarkibiy tuzilishi, operatsiyalarning tashkil etilishi ularning obyektlari va subyektlari bilan belgilanadi.
Valuta operatsiyalari – bu xorijiy valutada va valutaviy qimmatliklar bilan bo’ladigan oldi-sotdi operatsiyalaridir.
Xorijiy valuta deganda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning banknotalari va almashinuvchi tangalari tushuniladi.
Valuta qimmatliklariga quyidagilar kiradi:
xorijiy valutada yozilgan qarz majburiyatlari, ya’ni oddiyveksellar va trattalar;
xorijiy valutada yozilgan qimmatli qog’ozlar;
oltin, platina va boshqa qimmatbaho metallar, toshlar.
Valuta operatsiyalari asosan valuta bozorlarida amalga oshiriladi. Rasmiy valuta-moliya bozorining eng yiryk jahon markazlari London, Nyu-York, Frankfurt Mayn va Tokio kabi yirik shaharlarda ko’p sonli bo’limlar tarmog’iga va chet el valutasi zaxirasiga ega bo’lgan taniqli tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi.
Valuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi (sotuvchi kursi) ga bo’linadi. Valuta kotirovkasini amalga oshiruvchi bank valuta bitimini har doim o’zi uchun foydali kurs bo’yicha amalga oshiradi. Banklar xorijiy valutani har doim qimmatga sotib (sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib olish bahosi) harakat qiladilar. Bu valuta-tijorat operatsiyalarning asosiy tamoyilidir.
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib, bank xarajatlarini qoplash va qisman valuta riskini sug’urtalashga yo’naltiriladi. Agar bank amalga oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar asosida taklif qilingan kontrbitim hisobiga qoplasa, u marja hisobiga foyda ko’radi. Shuning asosida banklar valuta operatsiyalari bo’yicha mijozlarni ko’proq jalb qilishdan manfaatdor.
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga (albatta komissiya haqini chegirib tashlasa) teng bo’lishi ham mumkin.
Umuman olganda, spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda yuqori foyda olishga imkon bersa, ikkinchi tomondan mavjud valuta operatsiyalari orasida risk darajasida eng yuqori bo’lgan valuta operatsiyasi hisoblanadi. Sababi shuki, spot operatsiyalarini amalga oshirish vaqti qisqa bo’lganligi tufayli, odatda, u sug’urta qilinmaydi. Shuning uchun banklar payshanba va juma kunlari spot operatsiyalarini katta hajmda amalga oshirmaydi, chunki bunda spot operatsiyasi muddati uzayib ketadi. Xuddi shu sababga asosan, banklar uzun va qisqa valuta pozitsiyalarini ham maksimal darajada qisqartirishga harakat qiladi.
Valuta bozorining ishtirokchilari bo’lgan banklar o’z nomidan o’zi uchun, yana o’z nomidan mijozlari uchun valuta sotib olishi yoki sotishi mumkin. Agar banklar o’z hisobiga valutani sotsa yoki sotib olsa, bu operatsiyalar ular yoki foyda olish uchun, yoki o’z likvidligini ushlab turish uchun, yoki chet eldan bank uchun jihozlar sotib olish va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiradi.
Spot bitimlari bo’yicha valuta oluvchi bank tomonidan ko’rsatilgan hisobvaraqlarga yetkazib beriladi. Bitimda ko’rsatilgan kurs spot-kurs deyiladi. Xuddi mana shu kurslar asosida valuta bozoridagi muddatli kurslar ham, valutani yetkazib berish bo’yicha qisqaroq muddatli bir martalik bitimlar uchun kurslar ham aniqlanadi.
Spot operatsiyalari yordamida banklar o’z mijozlarining chet el valutasidagi ehtiyojlarini, kapitallarning harakatini, shuningdek, bir valutaning boshqa valutaga oqib o’tishini ta’minlaydi, arbitraj va spekulyativ operatsiyalarni amalga oshiradi. Spot operatsiyalari risk darajasi eng yuqori operatsiya hisoblanadi.
Muddatli valuta operatsiyalari – bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs bo’yicha kelishilgan xorijiy valutani ma’lum muddat o’tgach yetkazib berishga kelishiladigan valuta bitimlaridir. Bundan muddatli valuta operatsiyalarining ikki xususiyati kelib chiqadi:
Bitim tuzilishi bilan bajarilishi o’rtasida ma’lum davr-vaqtbor.
Muddatli valuta operatsiyalari bo’yicha valuta kursi ma’lummuddat o’tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi.
Odatda, bu operatsiyalar valuta kursi o’zgarishidan himoyalanish yoki qo’shimcha foyda olish maqsadida amalga oshiriladi.
Muddatli valuta operatsiyalarining quyidagi turlari mavjud:
forvard operatsiyalari;
fyuchers operatsiyalari;
opsionlar bilan operatsiyalar;
SVOP operatsiyalari;– valuta arbitraji.
Forvard operatsiyalari. Muddatli valuta operatsiyalari deb belgilangan, ammo ikki ish kunidan oshiq bo’lgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.
Forvard valuta bitimi – bu voz kechib bo’lmaydigan va bank bilan uning mijozi o’rtasidagi ma’lum miqdordagi kelishilgan valutani bitim tuzilayotgan vaqtda qayd qilingan ayirboshlash kursida kelgusi muddatlarda amalga oshirish bo’yicha majburiyatlarning bajarilishidir. Bu vaqt aniq bir sana yoki ikki sana orasida namoyon bo’ladi. Forvard valuta bitimining o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
bu voz kechib bo’lmaydigan va majburiy shartnomadir.Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga haqqi yo’q. Mijoz shartnomada ko’rsatilgan chet el valutasini sotib olishi yoki sotish shart;
bitim chet el valutasidagi aniq bir miqdorni tashkil etadi.Mijoz bitimda ko’rsatilgan miqdordan ko’proq valutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yo’q;
v) bitim kelishilgan aniq bir sanada bajarilishi shart. Mijoz forvard bitimining bajarilish sanasini uzoqlashtira yoki yaqinlashtira olmaydi.
Agar bank sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat mijoz bilan kelishmay, balki tashqi valuta bozori bilan aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijoz yoki bir qancha mijozlar bilan tuzgan forvard bitimlari uchun, albatta, valuta bozori orqali valutaning sotib olinishi yoki sotilishi qoplanishini ta’minlashi kerak. Dilerning pozitsiyasi har qanday ma’lum kun yoki davr oxirida doimo teng holga kelishi shart. Bu shuni anglatadiki, sotib olinayotgan va sotilayotgan valutalar balanslashtiriladi.
Agar mijoz qandaydir sabab bilan bitim shartlarini bajara olmagan holda bank, baribir, bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi kerak bo’ladi. Shuning uchun bank mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qilishi shart. Mijoz shartlarni bajara olmagan taqdirda bank bitimning muddatini «uzaytiradi» yoki «yopadi».
THANK YOU
Hakimov Quvonchbek
Download 95.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling