J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Valuta riskini boshqarish usullari va ularning mohiyati
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Valuta riskini boshqarish usullari va ularning mohiyatiValuta risklarini samarali boshqarish xalqaro moliya munosabat lari ishtirokchilari faoliyatida dolzarb masalalardan biri bo'lib hisob lanadi. Jahondagi yirik korporatsiyalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy risklarning barcha turlarini o'rganib borish hamda ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda alohida risk lar bo'yicha menejerlik faoliyati yo'lga qo'yilgan. Risklar bo'yicha menejer moliyaviy risklarni oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni faoliyatning turli sohalari bo'yicha mas'ul bo'lgan boshqa mutaxassislarga taqdim etib boradi. Shuningdek, risklar bo'yicha menejer risklar darajasini aniqlash, ularni maksimal da rajada kamaytirish va sug'urtalash masalalari bilan shug'ullanadi. Zamonaviy jahon xo'jaligidagi munosabatlar bozor ishtirokchi laridan konyunktura o'zgarishiga tezda moslashishni, moliyaviy natijalarni uzoq muddatga bashoratlashni, samarali strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishni hamda barqaror faoliyat yuritishni talab etadi. Yaluta kurslari o'zgarishlarini aniqroq prognozlashtirish, valu ta risklarini sug'urtalash (xedjirlash)dan foydalanish zarurdir. Yaluta riski sug'urtasi deganda, uni bartaraf etish bilan bog'liq choralar tushuniladi. Bunday choralarga, tashqi iqtisodiy ope ratsiyalar natijalarini, xorijiy valutalar kursining o'zgarishiga bog'liqligini yo'qotishga qaratilgan choralar kiradi. Bir gator firmalar, valuta muvozanatsizligini zamonaviy xalqaro savdo muammolaridan biri deb hisoblab, hech qachon valuta risklarini sug'urta qilmaydilar. Oqibatda, bunday firmalar katta zararlar ko'rgani holda ularning soni hozirgi kunda ancha kamaygan. Boshqa korxonalar esa, valuta kurslari prognozlarini hisobga olmay, barcha ochiq pozitsiyalarini qoplaydilar. Bunday siyosat albatta yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Valuta chayqovi bo'yicha real zararlarning paydo bo'lishi, tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisining har bir valuta operatsiyasiga balansning boshqa tarafida operatsiyalarning qara ma-qarshi turishi bilan izohlanadi. Masalan, eksport shartnoma laridan va berilgan kreditlardan keladigan tushumlar hajmining rejalashtirilgan natijalarga nisbatan kamayishi, olingan summa joriy xarajatlarni yoki jalb qilingan bank mablag'lari qiymatini qoplamasligiga olib kelishi mumkin. Valuta riskining sug'urtasi va sug'urtasiz shakl i bilan bo'ladigan iqtisodiy operatsiyalarning samaradorligi operatsiyalarni amalga oshirish davrida valuta kurslarining o'zgarishiga bog'liq. Shartnoma ishtirokchisi boshqaruv qarorining samaradorligi valuta riskini sug'urta qilish yoki sug'urta qilmaslik - shart noma tuzilishi va uning ijro etilishi davri orasida valuta kurs larini istiqbol harakatlarining u tornondan oldindan to'g'ri ba holanishiga bog'liq. Demak, valuta kurslari o'zgarishini bashorat qilish, valuta riskini sug'urta qilish va valuta chayqovi orasidagi tanlovning zaruriy shartidir. Valuta kurslarini bashorat qilish deganda, maxsus ilmiy tad qiqot uslublari yordamida kurslarning kelgusidagi o'zgarishi haqi da axborot olish tushuniladi. Amaliyotga valutalarning erkin suzadigan kurslari tizimining kirib kelishi bilan ularning tebranishi masshtabli, oldindan bilib bo'lmaydigan va muntazam ravishda tebranadigan bo'ldi. Bu esa, o'z navbatida valuta riskining yanada kuchayishiga olib keldi. Prognozlar kelgusida ochiq valuta pozitsiyasining o'zgarish diapazonini aniqlash maqsadida ishlatiladi. Minimum va maksi mum ko'rsatkichlari sug'urtalash xarajatlari bilan taqqoslanadigan ehtimolli valuta yo'qotishlarni hisoblash uchun ishlatiladi (to'la sug'urta qilish, sug'urta qilishdan bosh tortish, qisman sug'urta qilish). Agar potensial valuta yo'qotishlarning miqdori qoplanish bo'yicha xarajatlar summasidan katta bo'lsa, to'la ochiq valuta pozitsiyasini yoki uning bir qismini sug'urtalash tavsiya etiladi. Qoplanish qiymati daromadlarga yoki zararlarga kursning ta'sir ehtimolidan yuqori bo'lsa, firma sug'urta qilmasligi kerak. Ba'zi mamlakatlarda banklarning uzun va qisqa valuta pozit siyalarining miqdori valuta qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Valuta riskini boshqarishda asosiy e'tibor valuta kursining o'zgarishi tufayli yuzaga keladigan yo'qotishlami oldini olishga qaratiladi va tijorat banklari, multimilliy korxonalar va boshqa xo'jalik subyektlari muddatli valuta bozori bitimlarini tuzish orqali valuta riskidan pul mablag'larini himoya qiladilar. Bunda valuta kursining tranzaksion, iqtisodiy va translyatsion kabi tur lari ajratib ko'rsatiladi. Valuta risklari Fyuchers kontrakti orqali xedjirlash Forvard kontraktlari orqali xedjirlash Pul bozorida ishtirok etish orqali xedjirlash Valuta opsionlari orqali xedjirlash Qisqa muddat ichida • Forvard yoki fyuchers boshqarish, ya'ni korxona komraktlari orqali xedjir daromad va xarajatlarini lash turli valutalarga nisbatan • Valuta kurslari o'zgarish- sezuvchanlik darajasini larini firmaning yalpi tu- aniqlash shumiga ta"sirini aniqlash Restrukturizatsiyalash Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling