J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
-bob. JAHON VALUTA TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon valuta tizimi va uning asosiy funksiyalari
5-bob. JAHON VALUTA TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARIJahon valuta tizimi va uning asosiy funksiyalari va ele mentlari. Jahon valuta tizimining rivojlanish bosqichlari va uning xususiyatlari. Yevropa valuta tizimining asosiy elementlari va rivojla nish bosqichlari. Jahon valuta tizimi va uning asosiy funksiyalariXalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida valuta tizimining samarali tashkil etilishi va uning barqarorligi muhim o'rin tutadi. Valuta tizimi deganda, valuta munosabatlarini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli tushuniladi. Valuta tizimining holati mamlakatda valuta munosabatlarini boshqarish va tartibga solish jarayoniga bevosita bog'liq bo'ladi. Valuta tizimining uchta asosiy shaklini ajratib ko'rsatish mumkin: Milliy valuta tizimi - ma'lum bir mamlakat hududida valuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog'liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi; Mintaqaviy valuta tizimi - muayyan bir mintaqa doirasida gi mamlakatlar tashabbusiga ko'ra tashkil etilgan valuta tizimini ifodalaydi. Jahon valuta tizimi - mamlakatlar o'rtasidagi valuta muno sabatlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan, instrumentlar, shartnornalar, tartib-qoidalar va tashkilotlarning majmuasidir. Jahon valuta tizirnining asosiy vazifasi, xalqaro savdo ja rayonida va turli valutalardagi hisob-kitoblarda xalqaro valuta likvidligini ta'rninlashdan iborat. Jahon valuta tizimi quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: tartibga solish - valutalar o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir ko'rsatuvchi to'lov balansida yuzaga keladigan nomutanosib liklarni bartaraf etish; likvidlilik - zaxira birliklarini aniqlash hamda to'lov ba lansining nomutanosibliklarini qoplash uchun ularni qo'llash im koniyatlari va tashkil etish shakllarini belgilash; boshqarish - xalqaro moliyaviy institutlarni tashkil etish va ularning vakolatlari orqali hisob-kitoblarning uzluksizligini ta'minlab borish. Jahon valuta tizimining asosiy maqsadlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: mamlakatlar o'rtasidagi xalqaro hisob-kitoblarning uzluk sizligini ta'minlash; mamlakatlar milliy valutasi barqarorligini ta'minlashni qo'llab-quvvatlash; jahon xo'jaligining turli iqtisodiy tizimlari o'rtasida sama rali mehnat taqsimotini ta'minlash; jahon ishlab chiqarishi umumiy hajmining o'sishiga va aho li bandlik darajasining oshishiga erishish; milliy iqtisodiyotlarda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash; inflyatsiyani jilovlash va tashqi iqtisodiy muvozanatni ush- lab turish va boshq. Valuta tizimlari muayyan elementlarni o'ziga qamrab olgan holda faoliyat yuritadi. Milliy valuta tizimi quyidagi elementlarni o'zida mujassam- lashtiradi: milliy valuta; milliy valutaning almashinish rejimi; milliy valuta pariteti; milliy valuta kurs rejimi; valuta cheklovlari holati; mamlakatning xalqaro valutaviy likvidligini tartibga solish; milliy valuta bozorida operatsiyalarni yuritish tartibi. Jahon valuta tizimiga esa quyidagi elementlar kiradi: xalqaro to'lov vositasi; valuta kurslarini belgilash va saqlab turish mexanizmi; valutalarni konvertatsiyalash shartlari; valutaviy cheklashlami davlatlararo tartibga solish; xalqaro valutaviy likvidlikni ta'minlash va tartibga solish; xalqaro hisob-kitob shakllarini umumlashtirish; oltin va valuta bozorlarida ishlash rejimlari; valuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo insti- tutlaming huquq va majburiyatlari. Jahon valuta tizimi rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan omillar sifatida quyidagilami qayd etish mumkin: mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi; xalqaro mehnat taqsimoti jadallashuvi darajasi; jahon bozori rivojlanish darajasi; xo'jalik yuritishning tizimlari rivojlanish darajasi. Mamlakatlar o'rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy munosabat laming ko'p tomonlama munosabatlar sifatida rivojlanishi bilan jahon valuta tizimining ahamiyati yanada orta boshladi. Chunki mamlakatlar o'rtasidagi xalqaro savdo, kredit, investitsiya va ka pital harakati bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy munosabatlar jahon valuta tizimi doirasida belgilangan muayyan tamoyillar asosida amalga oshirilardi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling