J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


YTTB faoliyatiga rahbarlikni boshqaruvchilar Kengashi, di­ rektorlar Kengashi va prezident amalga oshiradi. Boshqaruvchilar Kengashi - YTTB


Download 1.93 Mb.
bet27/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

YTTB faoliyatiga rahbarlikni boshqaruvchilar Kengashi, di­ rektorlar Kengashi va prezident amalga oshiradi. Boshqaruvchilar Kengashi - YTTB oliy farmoyish beradigan organi - bankning har bir qatnashuvchisidan 2 tadan vakilni (boshqaruvchi va uning o'rinbosarini) o'z ichiga oladi (mamlakat yoki xalqaro tashkilot­ ning). Nzo mamlakatning xohishiga qarab uning YTTBdagi vakili (boshqaruvchi yoki uning o'rinbosari) xohlangan paytda chaqirib olinishi mumkin. O'rinbosar ovoz berishda faqat boshqaruvchi bo'lmagan paytdagina ishtirok etishi mumkin. Yilida bir marta bo'ladigan yig'ilishda Kengash boshqaruvchilardan birini keyingi rais saylangunga qadar rais sifatida saylaydi.
Boshqaruvchilar Kengashining vakolatlariga quyidagi masa­ lalami hal qilish kiradi:

    • YTTB yangi a'zolarini qabul qilish, ularni qabul qilish shartlarini aniqlash, bank a'zoligini to'xtatish;

    • YTTB prezidenti va direktorini saylash, direktorlar yoki ularning o'rinbosarlari haqi o'lchamini va shuningdek, prezident bilan shartnomaning boshqa shartlarini belgilash;

    • YTTB chiqarishga ruxsat etilgan nizom kapitalini ko'paytirish yoki kamaytirish;

    • boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to'g'risida bosh kelishuvlar (bitimlar) tuzishga vakolatlar berish;

    • YTTB foydasi va zararlari hisobini va umumiy balansini (auditorlar hisobotini ko'rib chiqqandan keyin) tasdiqlash; rezerv­ lar o'lchamini aniqlash, foydani taqsimlash, YTTB faoliyatining batamom to'xtalishi va uning aktivlari taqsimoti haqida qaror qa­ bul qilish;

    • YTTB ta'sis etish to'g'risidagi Bitimga o'zgartirishlar kiri­ tish, Bitimni tushunish yoki direktorlar Kengashi tomonidan uning qo'llanishi bilan bog'liq apellyatsiyalar bo'yicha qarorlar qabul qilish.

Yevropa ittifoqi, Yevropa investitsiya banki a'zo mamlakat­ lari va Yevropa ittifoqining o'zi YTTB nizom kapitalida 51% kvotasiga egadirlar, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari

  • 13%, qolgan Yevropa mamlakatlari - 11%, noyevropa mam­ lakatlari - 24%. Kapitalda ko'proq hissa bilan AQSH - 10%, ltaliya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya - 8,5% dan. Nizom kapitalining o'lchami har 5 yilda bir marta ko'rib chiqiladi15.

YTTB o'z faoliyati davomida xo'jalik yuritishning bozor usul­ lariga o'tayotgan davlat va xususiy sektor korxonalariga nisbatan operatsiyalarning quyidagi shakllaridan foydalanadi:

  1. ishlab chiqarishni rivojlantirishga kredit berish (qo'shma moliyalashtirishni qo'shgan holda);

  2. kapitalga investitsiya kiritish;






  1. Download 1.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling