J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Yevropa valuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari


Download 1.93 Mb.
bet35/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Yevropa valuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari


Yevropa valuta tizimi - bu mintaqaviy valuta tizimi bo'lib, Yevropa iqtisodiy integratsiyasi doirasida milliy valutalar harakati bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar majmuasini o'zida ifodalaydi. Yevropa valuta tizimi zamonaviy jahon valuta tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni o'z ichiga oladi:

  • YKY (European currency unit) standarti. YKY - shart­ li jamoaviy valuta bo'lib, Yevropa ittifoqiga kiruvchi, Yevropa­ ning yetakchi mamlakatlarining 12 ta valutasiga asoslanadi. Har bir valutaning savatdagi og'irligi a'zo davlatning Yevropa ittifoqi YMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bog'liq holda aniqlanadi.

  • Birgalikda suzuvchi valuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993-yilda valuta muammo­ larining kuchayishi bilan bog'liq holda tebranish doirasi ±15% ga­ cha kengaytirildi (<>).

Intervensiya va valuta kurslari mexanizmi. Yevropa valuta tizimida intervensiya, valutalar bilan bog liq hisob-kitoblar va to'lov balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplash uchun mamlakatlar markaziy banklariga kreditlar berish orqali dav­ latlararo mintaqaviy valutani tartibga solish amalga oshiriladi. Yevropa valuta tizimini tartibga solish va YKYning emissi­ yasi 1994-yilgacha Yevropa valuta hamkorlik fondi tomonidan, 1994-yildan esa, Yevropa valuta instituti tomonidan amalga oshi­ rildi.
1989-yilda J. Delor (Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomoni­ dan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valuta ittifoqini barpo etish das­ turi G'arbiy Yevropa integratsiyasi rivojidagi keskin burilish bos­ qichi bo'ldi.
«Delor rejasi>> doirasida quyidagi maqsadlar ko'zda tutilgan edi:

  • umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomil­ lashtirish maqsadida raqobatni rag'batlantirish;

  • qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish;

  • inflyatsiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish, davlat budjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takomillashtirish maqsa­ dida budjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;

  • pul-kredit va valuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish;

  • yagona valuta siyosati, qat'iy belgilangan valuta kurslari va jamoaviy valuta - YKYni joriy etish.

1991-yildan Yevropa valuta tizimida «Delor rejasi» asosida valuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni na­ zarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida I 999-yil 1-yanvardan yagona yevropa valu­ tasini joriy etishga mo'ljallangan islohotlar amalga oshirildi.
Yevropa valuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Fransiya va Belgiya tayyor bo'lib, ular­ ning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past salohiyat bilan Avstriya, lspaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Ir­ landiya o'rin egalladi, Shveysariya va Daniya esa ularga ergash­ di. Valuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qo'shilishi dolzarb masala bo'ldi.
Yaluta ittifoqini shakllantirish va yagona valutani joriy etish bo'yicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998-yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan bosh­ landi. Yevropa Markaziy bankiga quyidagi funksiyalar birik­ tirildi:

  • valuta operatsiyalarini samarali tashkil etish;

  • yevrohududga a'zo bo'lgan davlatlarning maxsus almashi- nuv resurslarini saqlash;

  • to'lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;

  • yevrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.

Yevrokengash <ga kiruvchi mamlakatlarni aniq­ ladi. Tanlash mezonlari sifatida quyidagilar o'rnatildi:

  • lnflyatsiya sur'ati Yevropa Ittifoqining uchta narxlar dara­ jasi eng barqaror mamlakatlarning o'rtacha inflyatsiya darajasi­ dan 1,5 foiz punktiga oshmasligi kerak;

  • Davlat budjeti taqchilligi YaIMning 3%dan oshmasligi kerak;

  • Davlat qarzi YIMning 60%dan oshmasligi lozim;

  • Milliy valutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Yevropa valuta tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan bo'lishi lozim.

Shu tarzda, <ga 11 ta mamlakat kirdi - Avstri­ ya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya, lspaniya, Irlandiya, ltali­ ya, Lyuksemburg, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya. Gretsiya (mezonlarga javob bermaganligi tufayli), Daniya (konstitutsion jihatdan nomuvofiqligi tufayli), Shvetsiya va Buyuk Britaniya
<,yevrohudud>>ga kirmadi.
Ikkinchi bosqich 1999-yil 1-yanvardan boshlandi. <ga kirgan mamlakatlar milliy valutalarining almashinuv kurslari yevroga nisbatan qat'iy belgilandi, yevro naqdsiz shaklda YKYni birga bir nisbatda almashtirish asosida kiritildi.
Uchinchi bosqich 2002-yil 1-yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli nominatsiyalarda yevro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a'zo-mamlakatlarning milliy valutalari bilan parallel muomalada bo'ldi hamda asta-sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir bo'ldi.
To'rtinchi bosqichda, 2002-yil 1-iyuldan ishtirokchi mam­ lakatlaming milliy valutalari butunlay o'zlarining pul funksiya­ sini yo'qotdi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling