J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


bob. XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA TO'LOV BALANSINI BOSHQARISH


Download 1.93 Mb.
bet70/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

bob. XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA TO'LOV BALANSINI BOSHQARISH


  1. To'Iov balansining iqtisodiy mohiyati va t.-1qdim etish shakllari.

J0.2. To'lov balansining tarkibi hamda ularga xos xususiyatlar.
J0.3. To'lov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o'tkazib yu borish lar.

    1. Mamlakat to'Iov balansining makroiqtisodiy modeli.

    2. To'lov balansiga ta'sir etuvchi omillar va uni tartibga so­ lishning asosiy usullari.

    1. To'lov balansining iqtisodiy mohiyati va taqdim etish shakllari

To'lov balansi bir mamlakatning boshqa malakatlarga ma'Ium bir davr mobaynida haqiqatda o'tkazgan valutaviy to'lovlari va tushumlari o'rtasidagi nisbatni, mamlakatning xalqaro pullar harakatini o'zida aks ettiruvchi hujjatdir. Agar to'lov balansida valutaviy tushumlar to'lovlardan ortib ketsa, to'lov balansi aktiv, aksincha esa passiv hisoblanadi.
Joriy operatsiyalar balansi (xususan, tovarlar eksporti va im­ porli o'rtasidagi nisbatni o'zida aks ettiruvchi savdo balansi, xiz­ matlarning sof eksportini, investitsiyalardan olingan daromad­ larni va bir tomonlama pul o'tkazmalarini o'zida aks ettiruvchi
«ko'rinmas>> joriy operatsiyalar balansi) va kapital harakati balansi (mamlakatdan kapitalni chiqib ketishi va unga xorijiy kapital­ ning kirib kelishini o'zida aks ettiradi) to'lov balansining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
To'lov balansi mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalarga kirishishi, xalqaro to'Iovga qobillik, jahon savdosiga qatnashish darajasini o'zida namoyon etuvchi muhim ko'rsatkich va vosi­ ta hisoblanadi. To'lov balansi tushunchasidan dastlab Djeyms Denem-Styuart o'zining <>
(1767-yil) asarida foydalangan. Styuart to'lov balansini mustaqil tushuncha sifatida chet elda fuqarolarning xarajatlari, xorijga foiz to'lovlari, qarzning asosiy summasi va qarz bo'yicha to'lovlar, valuta ko'rinishidagi qarzlarni boshqa mamlakatlarga taqdim etishdan tashkil topadi, deb ko'rsatgan. Shunday qilib, dastlabki to'lov balansi faqat haqiqatda amalga oshirilgan xalqaro valutaviy to'lovlarni o'zida aks ettirgan, biroq barcha intellektual, moli­ yaviy va moddiy aktivlar bilan bog'liq tashqi iqtisodiy operatsiya­ lar (rezidentlar va norezidentlar o'rtasidagi operatsiyalar)ni to'liq namoyon etmagan. Biroq hozirgi kundagi to'lov balansini tuzish tartibi, mantiqiy va konseptual asoslariga avvalgi to'lov balansi tayanch, negiz sifatida olingan.
lqtisodiy bilimlar tarixida merkantilistlar davridan boshlab tashqi iqtisodiy operatsiyalar takomillashib bordi. Mamlakatga oltin va xorijiy valutalarning kirib kelishi aktiv kredit operatsi­ yalari deb qaralgan. Shuning uchun to'lov balansining kredit qismida mamlakatning iqtisodiy boyligi (aktivlari), qimmat­ liklarning chiqib ketishi, uning o'rnini to'ldiruvchi valutalarning mamlakatga kirib kelishi bilan bog'liq operatsiyalar «+>> ishorasi bilan yozilgan. Debet qismida esa mamlakatning xorijiy aktiv­ larni sotib olishi o'rniga valutalar xarajati yozilgan bo'lib, unga
<<-» ishorasi qo'yilgan.
To'lov balansini tuzishda buxgalteriyada qo'llaniladigan ikki yoqlama yozuv tamoyilidan foydalaniladi. Har bir xalqaro ope­ ratsiya debet va kredit ko'rinishida to'lov balansida aks etadi. Bunda, debetning jami qiymati balansning kredit qismini jami qiymatiga teng bo'lishi lozim. Tovarlar va xizmatlar eksporti, xorijdan kapitalning kirib kelishi, xorijiy valutani mamlakatga kirishini bildirgan holda to'lov balansida <<+>> (plus) ishorasi bilan ko'rsatiladi va balansining kredit summasi shakllantiriladi. Ba­ lansning debet qismi tovarlar va xizmatlar importi, xorijiy valu­ tada kapitalning chetga chiqib ketishi natijasida yuzaga keladi va u «-» (minus) ishorasi bilan ko'rsatiladi. To'lov balansida iqtisodiy operatsiyalar bozor narxida ko'rsatiladi, ya'ni iqtisodiy boylik-
Jar o'zaro almashtirilishidagi haqiqatdagi bahosi bo'yicha aks et­ tiriladi.
To'lov balansini taqdim etish shakllari va uning qoldig'i. To'lov balansini taqdim etish < ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Neytral shaklda taqdim etilgan to'lov balan­ si tovarlar, xizmatlar va joriy o'tkazmalar joriy operatsiyalarda to'planadi. Kapital o'tkazmalar, to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, moliyaviy hosila vositalar, boshqa inves­ titsiyalar va zaxira aktivlari kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida jamlanadi. Ushbu bo'limlar tengligini ta'minlash maqsadida «Sof xatolar va o'tkazib yuborishlar,> mod­ dasi qo'shiladi va umumiy natija nolga tenglashtiriladi.
Shu bilan bir qatorda, XVF to'lov balansini tuzishning muqo­ bil shakli bo'lgan «tahliliy,> shaklda to'lov balansini taqdim etish­ ni ham mamlakatlarga tavsiya etadi. Bunda tezkor ma'lumotlar umumlashtiriladi, qayta tasniflanadi. guruhlanadi. Bunda mus­ taqil ravishda rezidentlar va norezidentlar tomonidan o'zaro amal­ ga oshirilgan joriy va kapital harakati bilan bog'liq tashqi iqti­ sodiy operatsiyalar mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlariga tenglashtirilgan holda, to'lov balansi aktiv yoki passiv bo'lishiga sabab bo'ladi. Barcha qolgan operatsiyalar, xususan davlatlar to­ monidan amalga oshirilgan saldoni moliyalashtirish yoki undan foydalanish bilan bog'liq balanslashtiruvchi operatsiyalar to'lov balansini tartibga solish operatsiyalari etib belgilangan.
To'lov balansi qoldig'i mavjud bo'lmaydi, chunki to'lov balansi­ ning moddalarini (neytral taqdimotda) qoldig'i nolga tenglashtirila­ di. Biroq «sof eksport>> qiymati mamlakat YI Mga kiritilgan bois joriy operatsiyalar qoldig'i to'lov balansi qoldig'i sifatida qayd eti­ ladi. Joriy operatsiyalar hisobi qoldig'ini baholab, to'lov balansi defitsit (passiv) yoki profitsit (aktiv) deb aytish mumkin.

    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling