Jabborov Bekjon. Jahon adabiyoti fanidan Oraliq nazorat ishi


Download 13.77 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi13.77 Kb.
#1428157
Bog'liq
Jabborov Bekjon oraliq nazorat Jahon adabiyoti


1931. Jabborov Bekjon. Jahon adabiyoti fanidan Oraliq nazorat ishi.

She'r tahlili


Uyģur she'riyatidan
ABDURAHIM ABDULLO (1954)

ISHQNOMA


Qismatim shundoqmikin g‘amlar menga kam bo‘lmadi,
Tushdi boshga yangi savdo eskisi g’am bo‘lmadi.

Tegdi g‘oyibdan kelib boshimga sevgi chaqmog’i,


Dam-badam kuydirdi tinmay menga bir dam bo‘lmadi.

Lablaring sharbatidan yayradi jon-tan mast bo‘lib,


Unga teng kelguday bu olamda zam-zam bo‘lmadi.

Gulga to‘ydursam yoshimni g‘uncha bo‘ldi qip-qizil,


G‘uncha bo‘ldi lek yoshim gullarga shabnam bo‘lmadi.

Sog’inurman tunu-kun nimjon ilondek tolg‘onib,


Yeganim ovqat – zahar osh – tuzda hech ta‘m bo‘lmadi.

Dili zardob, tani yong‘in, cho‘lda majnun men shu dam,


Necha Luqmon dorisi dardimga malham bo‘lmadi.

Tunda bedormen hamon zoriqib yor vasliga,


Ko‘zlarim yulduz, goho kipriklarim jam bo‘lmadi.

Termulub yorim tomon bag’rimda qon-qon yig’lasam,


Voh ajabkim bag’ri toshning ko‘zlari nam bo‘lmadi.

Bul ishq uchun bir umr yig’lab yashashga roziman,


Ming baxtdan bu azobning lazzati kam bo‘lmadi.

1. She'r muallifi va nomi: Abdurahim Abdullo "Ishqnoma"


2. She'rning yaratilish tarixi: ushbu she'r "Ishqnoma" she"riy tòplami sirasiga kirasi. Ma"lum bir yozilish tarixi haqida ma'lumotlar keltirilmagan.
3. She'rning janri va vazni: she'r lirik janrga mansub chunki shoir iztiroblari yaqqol ifodalangan. Vazni sodda vazn. Judayam öqilishi tilga oson. Böģinlar soni teng.
4. She'rning mazmuni va ģoyasi: Bir oshiqning ishq tufayli chekkan iztiroblari,qalbdagi kechinmalari va yor go'zalliklarining tasviri.
She'r ģoyasi: ishqni uluğlash va shu ishq yõlidagi iztiroblarga sabr etish.
5.She'rda mavjud badiiy tasvirlar: tashbeh( nimjon ilondek/bag'ri tosh)
Tazoddan(antonim) ham foydalanilgan(yangi,eski/ dam badam,bir dam/tun,kun).
6. She'rdan olgan mulohazalarim:
Insonning boshiga kun sayin sinov kelishi mumkin ammo avvalgilariga hech öxshamaydigani va dil iztiroblari ham özgacha bir tuygu bor . Bu ishqdir. Uning oldida boshqa dardlar ,boshqa ģamlar ģam emas. Sevgi otashiga töqnash kelgan borki,bir zum tina olsa?! Hech unday bòlmaydi. Sevgi olovi qalblarni tinmay yondiradi kuydiradi. Bu ajib sozlarni she'rga tizgan shoir kechinmalarini shunday tasvirlaydi: sevikli yorining lablarining tami shu qadar möjazki,unga teng keladigan zam zam ham yöq. Sevib,halovatini yöqotgan insonga hatto Luqmonning dorisi ham malham bòlolmasligi,kongil diydor istagida bemor ekani,shu ģamda oshiqning kozlariga uyqu kelmay koz kipriklari xatto bir joyda jam bòlmagani mahorat bilan chizilgan satrlarga.Haqiqiy oshiq uchun minglab boshqa chiroyli baxtdan kora yor hijronida, kuyib ,yiglab ,örtanib yashash lazzatliroq.
Download 13.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling