Reja: Ahmad Lutfiy hayoti va asarlari. Ahmad Lutfiyning "Songgi to’fon" haqida


Download 247.77 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi247.77 Kb.
#1530582
Bog'liq
so\'nggi to\'fon


Ahmad Lutfiyning
“ So’nggi to’fon”
Reja:
1.Ahmad Lutfiy hayoti va asarlari.
2.Ahmad Lutfiyning “Songgi to’fon” haqida.
3.”So’nggi to’fon” asari qahramonlarining yoshligidan tortib ulg’ayganga qadar chekkan iztiroblari.
Ahmad Lutfiy Qozonchi 1936 yili Turkiyaning Churum tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964 yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977 yili Bursa Oliy Islom institutiga arab tili va adabiyoti bo‘yicha asistent bo‘lib ishga kirgan.
Hozir Bursadagi Uludog‘ universitetining Ilohiyot fakultetida Islom tarixi bo‘limida xizmat qilayotir. Professor. Din tarixiga, diniy masalalarga, hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) va sahobalarining hayotlariga bag‘shlangan yigirmadan ortiq nomdagi (30 jildga yaqin) kitoblarning muallifidir. Bulardan tashqari yana to‘rtta roman ham yozgan.
Uning «Saodat asri qissalari», «Abu Bakr Siddiq r.a.», «Hazrati Umar ibn Hattob r.a.», «O‘gay ona», «Qaynona» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
Ahmad Lutfi Qozonchi avvalgi romanlarida bo‘lgani singari "So‘nggi to‘fon" romanida ham maktab o‘quvchisi Hasan va uning mushtipar onasining boshidan kechirganlari orqali Alloh har bir bandasiga hamisha mehribon ekanligini ta’kidlaydi. Jabrdiyda onaning, begunoh bolaning iltijosi izsiz ketmasligi Lutfulloh amakining ularga beminnat muruvvat ko‘rsatishi orqali gavdalantiradi.Romanda Tursunga o‘xshagan yovuz, mehrsiz kimsalar har bir xonadon, jamiyat uchun bamisoli to‘fon deyiladi... Insonga chuqur ehtirom bilan bitilgan "So‘nggi to‘fon" romanini o‘qigan har bir kishining qalbini insoniy tuyg‘ular, o‘ylar qamrab oladi.
Ba'zan shunday «olishuv»da aqlimizni tanigan insonlar bo‘lsak-da, ikkilanamiz. Ko‘rinishi bizga foyda keltiradigan yumush bo‘lsa-da, sha'ran noma'qul ishni qilishimizga to‘g‘ri kelib qolganda «tirikchilik ko‘yida-ku», deya o‘zimizni oqlaymiz. Ammo shunda ham ichimizning allaqayeri simillab og‘rib qo‘yadi.
Bizki, oq va qorani ajratadigan yoshda bo‘la turib, mana shunday yo‘l oldida ikkilanish sezyapmiz, tasavvur qiling-chi, maktabga chiqib-chiqmagan go‘dak qanday yo‘l tutgan bo‘lardi? Murg‘akkina halol va haromni tanlashi kerak bo‘lganda halol tomon to‘g‘rilik ekanini farqlay olarmidi? Qalami o‘tkir turk yozuvchisi Ahmad Lutfi Qozonchining «So‘nggi to‘fon» asarini o‘qir ekansiz, qahramon Hasanning yosh bolaligidan tortib ulg‘aygunga qadar chekkan iztiroblarini — onasi bilan birga otasi tomonidan xo‘rlanishini, o‘z padari o‘g‘rilikka undashini, nafsi bilan olib borilgan muhorabalarni, o‘smirlik yoshining bosimlarini hamda Hasan bu sinovlardan qanday o‘tganini, yetti yot begona insonlardan ko‘rgan yaxshiliklari ko‘ngliga qanday kechinmalar solganini, kelajakda qanday qilib chin ma'noda muslim, xushxulq inson bo‘lib yetishganini tushunib yetasiz va umuman olganda, qodir Allohning toshda ham gul unishi borasidagi tushunchaga bergan mukammal misoli.
Ahmad Lutfi Qozonchining "So'nggi to'fon" asarini o'qib chiqdim. Qani endi bu asarni hamma o'qib chiqsa! Boshlanaishini qarang:
Ey, hazrati inson bu kitob sen uchun yozilgan.
Asar qahramoni Hasan, uning onasi Farida, otasi Tursun.
Asar nega bunday nomlangan o'ylay boshladim. To'fon, albatta, falokat keltiradi, insonlar undan aziyat chekadilar. Tursun bir oilaning, bir farzandning razolatga, qabih, insonga xos bo'magan ishlarga chorlaydigan so'ngi to'foni edi. Insonlar tinchligi va hayotiga chang soluvchi to'fon edi.
Aroq, qimor, o'g'irlik hech bir asarda bunchalik qoralanganini ko'rmaganman. Dalillar hadislardan keltirilgan. Bu yozuvchining qanchalar bilimli ekanligidan ishora berib turibdi. Bizning jamiyatda ham ichmaydiganlar ko'p emas, qimorvozlar oz emas, o'qirliklar kam emas. Bu asar farzand tarbiyasi o'zingni tarbiya qilishdan boshlanadi, kelajak tarbiyasi ham shunday, deb turgandek.
Endi ongi shakllanayot bola sening ko'zing, so'zing, dunyoga bildirayotgan fikring bilan dunyoni tasavvur eta boshlaydi...
Menga yoqqan joylari hadislardan rivoyatlar keltirilgani bo'ldi. Hasanni o'qituvchisi otang nima ish qiladi, degan savoliga jim bo'lib qolishi, yer bo'lgan ahvoli edi. U o'g'rining bolasi, degan tamg'a boshqa bir o'quvchi tomonidan yangrashi... asar o'quvchisini qalbini larzaga solmasdan qolmaydi.
Farida - hayotning baxt va shodligiga va ohirat safari oldidan farzand diydoriga to'ymagan ona.
Haqni tanigan taqvodor ayol Farida hamda bebosh, bezori, oqibatda o‘g‘riga aylangan Tursunning farzandi Hasan kichik yoshidanoq sovuq, ochlik hissini totib ko‘radi. Tengdoshlari issiq uylarda yashab, qalin oyoq kiyimlar bilan o‘zlarini muhozafa qilganda ularga havas bilan termularkan, o‘zi sal yomg‘ir yog‘sa ichiga suv to‘ladigan oyoq kiyim bilan kun o‘tkazadi. Kun kelib, rahmdil inson unga yangi oyoq kiyim hadya qilganda bezori ota o‘g‘liniki bo‘lgan bu etikchalarni qimorda yutqazdi. Taqdir faqat shu bilan kifoyalanganda edi…
Yo‘q, baxtga qarshi oldinda bundan ham katta sinovlar bor edi.
Tursun - do'zax ham undan hazar qiladigan inson. U ota va er deyishga noloyiq inson. Er qanday bo'lishi kerak? Er oilam deydigan, ayolining huquqlarini joyiga qo'yib, mehr qozonadigan. Oilasining kamchiliklarini to'ldiradigan... juda ko'p gapirish mumkin. Gapirish oson, amaliga kelganda gapirganni o'zini topib bo'lmaydi( hozirgi kunda). Ota qanday bo'lishi kerak? Eh, Turk xalqlarida ham andisha bor ekan (bizga o'xshab). Nima deganda ham u otang, degan gaplar bor ekan. Ota farzandini tarbiyasini o'ylash kerak, ortidan qoladigan mo'min musulmon farzandi tufayli unga savob yetib turishi hadislarda keltirilgan. Lekin ming afsuslar bo'lsinki, bizning otalarning ba'zilarida qolganlarini qo'ya turaylik hatto tarbiya yetishmaydi, odob yetishmaydi, eng yomoni diniy bilim yetishmaydi. Tursun huddi shunday otalardan. Qarashi falokat, yurgani falokat, aytgani falokat bu orqasidan qoladigan farzandning kelajagining ham falokati. Bu asarni o'qib chiqib g'amga cho'mib qoldim. Dunyoda yaxshi insonlar oz o'zi, shu oz insonlarning ham qadriga yetadiganlar undan ham oz. Hayotni qiziq tomonlar ko'p-da...
Padari endi o‘z o‘g‘lini qing‘ir ishga qanday chorlash ustida bosh qotira boshladi. Bir kun bunga qat'iy undadi ham. O‘zganing dargohiga otasining yetaklovi bilan kirgan Hasanning oldidan kutilmaganda «ov o‘ljasi» — duru marvaridlar chiqib qoldi. Shu oniy lahzada bolakay xayolining ming bir ko‘chasida o‘zi bilan olishdi. Qilishga tutingan ishi gunohi kabira ekanligini bilgani holda, otasining tazyiqidan qanday qutulishni bilolmay qoldi. Murg‘akkinaning ko‘ngliga Alloh solgan to‘g‘rilik shu lahzada ham o‘zini oqladi — bola birovning mulkini o‘zining dastro‘molchasi orqali o‘zidan muhofaza qildi. Hasanga yillar o‘tib orom olayotgan shu uy egalarining soliha farzandiga yor bo‘lishini o‘sha payt aytishganda tasavvur ham qilolmasdi ehtimol. Biroq, bu haqiqat edi.
Oradan o‘tgan yillar uning uchun katta sinov bo‘ldi. Umr yo‘lida tasodifan uchragan yo‘lovchi, uning yordami bilan topgan ustozi, suyukli yori unga mudom hamroh bo‘lishdi. Bu orada anchagina yo‘qotishlar ham qilishiga to‘g‘ri kelsa-da, faqirlik jon-jonidan o‘tib ketganiga qaramay, o‘zini harom ish qilishdan, «o‘g‘rining bolasi o‘g‘ri bo‘ladi» degan xulosadan asrab keldi.
Download 247.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling