Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayguli maktub
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 1
Alamli bolalik yillarim
"Birin-ketin butun oila azo'larimni yo'qotdim. Falokat ustiga falokat yog'ilar edi. Dunyoda yakkayu yolg'iz qolgandim go'yo. Mehribon va tirgak bo'ladigan biror kishim yo'q edi. Men uchun yagona tasalli ko'z yoshlarim edi. Oldinda hayotning og'ir kulfatlari kutib yotardi..."
Ramazon oyi. Xonamdagi jimjitlikni xiqqilashlarim buzardi. Necha soatlardan buyon stol yonida ko'z yosh to'kardim. O'qiganim uzundan uzoq maktubning har bir so'zi go'yo ichimni yoqar, yuragimni dog'lardi. Butun o'y-hayollarimni ostin-ustun qilgandi bu maktub. Muxlislarimdan har kuni son-sanoqsiz maktub olaman. Har bir maktub ayri bir qayg'uni, ayri bir mushkulot, ayri bir xursandchilikni xabarchisi edi. Ba'zisidan yordam va dalda ovozlari yuksalar, ba'zilaridan shirin bir mujda eshitilar, ba'zilarida esa har xil muammolarga yeshim so'ralardi. Umuman, barcha maktublar samimiy salom bilan boshlanib, yaxshi duolar bilam yakunlanardi. Bu maktub esa bulardan farqli o'laroq, har bir harfi ko'z yoshlar, faryod va alam bilan bezalgan edi. Shunchalar og'ir dard hasratga to'la ediki, “bir inson buncha azobni qanday yenga oldiykin?”, deya ajablanardim. Bu maktub egasiga go'yoki yuzlab qassob qo'llarida o'tkir pichoqlar bilan hamla qilayotgandek tuyulardi. Har turli insonlar, oilalar, tarbiyachilar, rahbarlarning maktublarni o'qib bitirdim. Nihoyat, shu maktubni tugatar ekanman, bola kabi yig'lashga tushdim. Xiqqilashlarimni eshitgan xotinim yonimga keldi. Qrashimdagi maktublarni ko'rib: - Yana shularmi? - deya so'radi. - Ha, - dedim. Ammo bu galgisi juda boshqacha ekan. Xotinim uni qo'liga oldi. kelgan maktublarni bizni dardkash do'stlarimiz edi. Maktublar qayg'uli, iztirobli bo'lsa, birga ko'z yosh to'kamiz, sevinchli bo'lsa, birga shodlanar va baxtiyor bo'lardik. Maktubda:"Yagona choram qoldi, u ham bo'lsa, o'zimni o'zim o'ldirib qutulish", deyilgandi. "Bu dunyoda iflos, gunohkor va ortiqchaligimni his qildim. Poklanish uchun o'lishim kerak. Men uchun yashashdan va umid qilishdan boshqa narsa qolmagani uchun shunday qilmoqchiman". Maktub shunday umidsiz boshlangandi. Ammo juda ibratli va hayratlantiruvchi bir shaklda yakunlangandi. Hayoti azoblar ichida o'tgan yosh qizning o'lim to'shagida yozgan bu ibratli maktubini o'qishda davom etdim. - Hurmatli Ertug'rul bey, - deya murojaat qilgandi u. Ushbu maktubimni xush ko'ring. Chunki buni o'lim to'shagida yozyapman. O'lim to'shagidagi insonni qanchalar qayg'u ichida, muvozanatsiz bo'lishini yaxshi bilasiz. Jumlalarim uzuq yuluq, yozuvlarim egri bugri. Zero, bu maktubni adabiyot asari bo'lishi uchun yozayotganim yo'q. Maqsadim shuki, insonlar buni o'qib, o'zlaridan uyalishsin, ko'chalarda qarovsiz qolgan kishilarga odamdek munosabatda bo'lishsin. Men hamma narsamni - butun pokligimni, rostgo'yligimni, o'zligimni yo'qotdim. Hamma yaxshi narsalarimni tortib olishdi. Endi o'zimdan ham, boshqa narsalardan ham uyalaman. Bu hayot boshqa birovda
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi 2 takrorlanishini xohlamayman. Shuning uchun bu maktubni yozdim. Men sog'lom odam emasman. O'limimga oldindan rozi bo'lganman. Bu ishni o'zim bir daqiqa bo'lsa ham oldin tugatmoqchi edim. Xullas, ortiqcha bir inson o'limni tanlamoqchi. Bu nopok odamning chor-atrofni kirlatishga hech ham haqqi yo'q...
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling