Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

Barcha yosh qizlarga 

 

Ba’zida barcha yosh qizlarga shunday hayqirgim keladi: ”Meni tinglang, holimni ko’ring! 



Ibrat oling, ya’ni qattiqqo’lligiga qaramay hamisha ota-onangizni yonida bo’ling. Eng 

yomon ona eng yaxshi begonadan ko’ra marhamatli, bexavotirroqdir. Eng yomon oila 

eng zo’r farog’atli joylardan ko’ra yaxshidir. Chunki, hech qursa, joningiz va nomusingiz 

ishonchli qo’llarda bo’ladi. O’sha o’ziga tortuvchi, ko’zni qamashtiruvchi, rang-barang va 

serhasham joylar…. Keling, mendan so’rang, ular nimalarimni olib qo’yishganini…. ” 

Mavzudan uzoqlashdim, so’zimga qaytayin. Qo’limda emas, fikrimni bir joyga jamlay 

olmayapman. Onam o’lgach, men bir chaqaloq, bir yoshli akam, o’pka kasali bo’lgan 

dadam, ikki xonali (biri oshxona) uyda dardlar, alamli qayg’ular bilan qoldik.  

O’shanda: ”taqdirda yordam beraman”, deguvchilar ham chiqqan edi, ammo bari og’izda 

qolib ketdi. Qarindosh bo’lsa, jondan ko’ngildan bo’lsin. Onam yetimlikda ulg’aygani 

uchun ham hech yaqinlari, qarindoshlari yo’q edi. Dadamning yaqinlari – amakim va 

ammam yaxshi munosabat ko’rsatishmadi. Zero, amakimning o’zi ham falaj edi. Ko’p 

yashamadi. Ammamning esa ziqna bir eri bor edi. Har kuni kaltak, so’kish bilan o’tadi. 

Xullas, qayg’ularga ko’milib qolganik.  

Dadam yo’qchilikka va qayg’ularga bir yil chidadi. O’zi ham o’pka kasali bo’lgani uchun 

bardosh berolmadi. Dadam bilan ochiq suhbatlasholmas, kasalligi haqida aniq bir narsa 

bilmas edik. Men o’n bir yoshga kirganimda dadam vafot etdilar. U kishi ko’p sigaret 

chekardi. Yoshligida ichkilik ham ichgan. Har holda o’pkasini ishdan chiqargandi. Yo 

o’pkasi shishgan yoki sil bo’lgan. Aniq bilmayman. Dadam o’ziga qaramas, e’tiborsiz, 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

4

ertani o’ylamaydigan kishi edi. Topganini ichardi. Shu bois juda kambag’al edik. Ammo 



onam unaqa emas, juda pokiza va tartibli ayol edilar. Ibodatlarini kanda qilmas edilar. 

Uyda har doim Qur’on va boshqa kitoblarni o’qirdilar. Nurli va idrokli ayol edilar.  

Onamning dindorligini bilganim uchun eng qiziqqon dahriy bo’lgan davrimda ham dindor 

insonlardan jahlim chiqmasdi. Ularni kamsitmasdim. Balki onam tirik bo’lsaydi, bu 

fanatic fikrlarim, dahriyona qarashlarim va umidsizligim bo’lmasmidi. To’g’risi, bu dahriy 

va moddiyunchi haytimdan mamnun bo’lganimni aytolmayman. Dindor kishi bo’lsaydim, 

baxtiyor bo’larmidim. Endi bu foydasiz. Bo’m-bo’sh bir dunyoda bo’m-bo’sh qalb bilan 

o’limimni kutardim. Tuproqqa aylanib, hashoratlarga yem bo’lish uchun. Juda achinarli 

hol, ammo haqiqat.  

Qo’rqmayman. O’limning sovuq nafasi juda yaqin. Shu eshikni bir kuni o’lim ochishiga 

ishonaman. O’lim dahshati kuchli. Shuncha ezilsam-da, azobim cho’zilsa-da, o’lganim 

yo’q… 


Yana mavzudan uzoqlashdim. Qaytaman.  

Tanaffus barishga majburman. Yana bir qancha film, tahlillar. Hech yoqtirmayman. Meni 

qutqarishlaridan qo’rqamna. Yashashni istamagan bir kishi qutqarishda unga bir 

yomonlikni o’ylashmaydi. Keyin juda ham sovuq va mehrsiz insonlar. Shifokorlar va 

hamshiralar nega bunaqa? Odamni sira ham mensishmaydi. Biror narsa demoqchi 

bo’lsang gaping og’zingda qoladi. Ehtimol, olim bo’lish boshqa, odam bo’lish boshqadir. 

Maktablarimiz bilim odami yetishtirishadi, ammo odamni tarbiyalashmaydi. Barcha 

muallimlarni yomon demayman. Oralarida yaxshilari ham bor. Ammo umumiy ahvol 

yomon.  

 


Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling