Mavzu: Boshlang’ich ta’lim haqida fikrlarim


Download 13.44 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi13.44 Kb.
#161536
Bog'liq
Mustaqil ish


Mavzu: Boshlang’ich ta’lim haqida fikrlarim.

Boshlang’ich ta’lim - umumta’lim maktablarining bosh bo’g’ini.

Respublikamizda boshlang’ich ta’lim 1-4sinflarda bolalarga ilk ta’lim

berish, ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi.

U 1-4sinflarni o’z ichiga oladi va 6-7yoshdan boshlanadi.

Boshlang’ich ta’lim o’quvchi hayotida muhim ro’l o’ynovchi davrdir.

Chunki bolalarning o’qishga munsabatlari, aqliy salohiyatlari ham ana shu

davrda shakllanadi. Shu sababdan o’qituvchilarning bu jarayonda

ma’suliyatlari cheksizdir. Ular endigina maktab ostonasiga qadam qo’ygan

o’quvchilarni maktab hayotiga ko’niktirib, bilim olishlariga va mukammal



rivojlanib borishiga e’tibor berishlari lozim.

Boshlang’ich ta’limda o’qish, yozish, sanash o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash , o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shuningdek gigiena va sog’lom turmush tarzi asoslarini egallab olinishini ta’minlaydi, hamda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. Ona tili darsida xatsavod o’rgatiladi, nutqni o’stirish, o’qish va yozishga o’rgatish yuzasidan maxsus mashg’ulotlar o’tkaziladi, dastur asosida imlo qoidalari va ba’zi grammatik vositalar to’g’risida dastlabki ma’lumotlar beriladi. Matematika darsida 4 arifmetik amal ichida hisoblash (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) o’rgatiladi, geometriyaga oid ilk tushunchalar bilan tanishtiriladi. Boshlang’ich ta’limda maktab dasturida belgilangan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’rgatish hamda hosil qilishga erishish uchun ta’limning turli usullari, shakllari hamda vositalaridan foydalanish asosida ish olib borish talab qilinadi.
Download 13.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling