Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish. Reja: Shikastlangan odamlarni tashish va transportirovka qilish haqida ma’lumot
Download 33.54 Kb.
|
Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish. Reja
Shikastlangan odamlarni zambilda va transportda olib borayotgan mahalda ularning ahvolini, bog’lam va shinalarning to’g’ri turganligini kuzatib borish kerak. Yo’l uzoq davom etadigan bo’lsa, shikastlangan odamning vaziyatini o’zgartirib qo’yish, bosh tomoniga, tagiga solingan kiyimlarni to’g’rilab berish, chanqog’ini bosish (qorni jarohatlanganlardan tashqari) lozim.
Odatda, zambildagi shikastlangan odamning oyog’ini oldinga qilib olib boriladi. Ammo, u behush xolda yotgan bo’lsa, uni kuzatib borish mumkin bo’lishi uchun boshini oldinga qilib boriladi. Tik yuqoriga ko’tariladigan va pastga tushayotgan paytda zambilning gorizontal xolatini saqlash kerak. Shikastlanganlarni kasalxonada zinadan yuqoriga olib chiqilayotgan mahalda zambilning bosh tomonini oldinga qilib, pastga olib tushilayotganda oyoq tomonini oldinga qilib burib olinadi. Transportga chiqarishda bemor yotgan zambilning bosh tomonini oldinga to’g’rilab beriladi. transportga birinchi galda zambildagi bemorlar. undan keyin esa yuradigan bemorlar va yaradorlar chiqariladi. Zambilning loaqal qo’lda yasalgan xili ham bo’lmasa, shikastlangan odamlarni qo’lda, tasmalar va boshqa vositalar yordamida bir yoki ikki kishi bo’lib qo’lda ko’tarib olib borish mumkin (albatta, jarohatning xolatiga qarab). Masalan, Shikastlangan odamni qo’llar bilan orqaga opichib olib borish mumkin, bunda shikastlangan odam balandroq joyga o’tqizilib, uning oyoqlari orasiga, unga orqa o’girgan xolda bir tizzasini bukib cho’kkalanadi. Shikastlangan odam ko’taruvchi kishining yelkalaridan quchoqlab oladi, ko’taruvchi kishi esa ikkaia qo’li bilan uning sonlari tagidan ushlab o’rnidan turadi. Shikastlangan odamni uzoqroq masofaga yelkaga qo’yib olib borish hammadan ko’ra qulayroq. Uni ko’taruvchi odam o’ng yelkasiga boshini orqaga qaratib o’tkaziladi. Ko’taruvchi kishi shikastlangan odamning oyoqlarini o’ng qo’li bilan quchoqlaydi va shu bilan birga uning o’ng bilagi yoki qo’li panjasini ushlab oladi. Shikastlangan odamning qo’l-oyoq suyaklari. umurtqa pog’onasi singan, ko’krak qafasi, qorni yaralangan bo’lsa, u xolda bu usuldan foydalanib bolmaydi. Ikki kishilashib «qulf qilib olish» usuli orqali ham shikastlangalarni tashish mumkin. Bunda ko’taruvchilar yonma-yon turishib, qo’llarini o’rindiq («qulf») xosil bo’ladigan qilib ushlashadi. Download 33.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling