Jadid adabiyoti namoyandasi, shoir va
Download 449.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Hamza Hakimzoda Niyoziy - Vikipediya (1)
Hamza Hakimzoda Niyoziy Jadid adabiyoti namoyandasi, shoir va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889.06.03, Qoʻqon — 1929. 18.08, Fargʻona viloyati Shohimardon qishlogʻi) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896–1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil koʻrgan. 1909-yilda Kogonda matbuotda ishlagan. Soʻngra Toshkentga kelib, 1910-yili usuli jadid maktablarining oʻquv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida, keyin 1911-yil Qoʻqon shahrining Hojibek guzarida va 1914-yil Margʻilonda ochgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy Tavallud sanasi: 3-iyun 1889-yil Vafot sanasi: 8-iyun 1929-yil (40 yoshda) Kasb: Shoir Magnum opus : "Boy ila xizmatchi", „Ishchilar hayotidan“, „Loshmon fojiasi“ Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus- tuzem maktabida oʻqituvchi, „Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shuʻbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“ jurnallarida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissor (1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibot- tashviqot shu'basi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining Faoliyati madaniy-maʼrifiy muassasalarida mudir (1921-1924), Fargʻona maorif qoʻmitasi qaramogʻidagi ong-bilim shuʼbasida mudir oʻrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926-yildan erkin ijod bilan shugʻullangan, ammo rahbar idoralarning topshirigʻi bilan 1928- yil avgustdan Shohimardonda targʻibot- tashviqot ishlari olib borgan va soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan. Pochta konverti 1979-yil Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906- yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan. Hamza shu yili „eski Adabiy ijodi Hamzaning Maktab she’ri podsholar turmushidan“ olingan „Haqiqat kimda?“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905– 1914-yillarda „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan. Shoirning „Gul“ (1913–1916), „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ (1915– 1917) sheʼriy toʻplamlaridagi „Yigʻla, Turkiston“, „Yaxshi holin yoʻqotgan oqibatsiz Turkiston“, „Koʻzni oching, qardoshlar“, „Darmon istamas“ kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta mahorat bilan ifodalangan. 1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Hamzaning Navro‘z she’ri Oʻquv qoʻllanmalari Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va „Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan. Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „Yangi saodat“ (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan, lekin bu asar aslida maʼrifatchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm Sahna asarlari Fayl:H. H. Niyoziy ijodi.jpg Hamzaning she’ri tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan. Hamza 1914-1916-yillarda „Oʻch“ (1914), „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ (1915), „Ilm hidoyati“, „Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi“, „Ochlik qurbonlari“ (1916), „Muxtoriyat yoki avtonomiya“ (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan. „Oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi Fayl:H.H.Niyoziy ijodidan.jpg Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda „oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi sifatida koʻkka koʻtarilgan. Hamza nomi bilan bogʻlanib kelingan Oʻlka sayyor drama truppasi aslida Skobilev (Fargʻona) sayyor truppasi deb atalib, unga Gʻafur Musaxonov rahbar boʻlgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissor va suflyor boʻlib xizmat qilgan. Shu vaqtda u „Kim toʻgʻri?“, „Tuhmatchilar jazosi“, „Boy ila xizmatchi“, „Ishchilar hayotidan“ (1918), „Loshmon fojiasi“ (1916-1918, 3 boʻlimli), „Fargʻona fojiasi“ (1918-1920, 4 boʻlimli), „Qizil qon ichida Hamzaning she’ri yosh goʻdaklar“, „Mahbus toʻraning holi“ (1919) singari pyesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza „Zaharli hayot“ dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan boʻlsa, „Tuhmatchilar jazosi“, ayniqsa, „Boy ila xizmatchi“ singari pyesalarida realizm tomon yaqinlashgan, ammo Hamza koʻp oʻtmay, targʻibot va tashviqot yoʻnalishidagi „Pastki shoʻrolar saylovi munosabati ila yozilgʻon Choʻpcharlar“, „Pastki shoʻrolar tuzmasida saylovgʻa kirolmagan bir eshon oʻpkasiga javoban“, „Burungi saylovlar“ (1926) singari pyesa va inssenirovkalarni yozishga katta eʼtibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi toʻgʻrisidagi soxta gʻoyasiga ishonib, „Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari“ (1927) pyesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gʻoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan, biroq 1926-yil Hamza oʻzbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: „Maysaraning ishi“ komediyasi va „Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi“ dramasini yaratgan. Fayl:H.H.Niyoziy asari.jpg Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning „Boy ila xizmatchi“ pyesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida „qayta tiklangan“ bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan. Hamza haqida doston (Oybekning asari, 1948), roman (K.Yashinning asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (ssenariy mualliflari Hamzaning she’ri Xotira K.Yashin va S.Muhamedov, rejissor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (ssenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va Sh.Abbosov, rejissor Sh.Abbosov, 1975-1984) va hujjatli film (ssenariy muallifi L.Qayumov, rejissor N.Otaullayeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qoʻqon shaharlari hamda Fargʻona vodiysidagi teatr, maktab, koʻcha va shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi metro bekatiga shoir nomi berilgan edi (hozirgi nomi Novza). Hamza ijodi bilan Oʻzbekiston milliy universiteti professori L. Qayumov koʻp yillardan beri shugʻullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Y. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar. Toshkent shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan. Hamza Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida boʻlgan. Haj amallarini bajargan. 1920-yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921-yil soʻnggida Toshkentga va undan Safari Xorazmga oʻtadi va u yerda profsoyuzning madaniy-maorif shoʻbasida ishlaydi. Xorazmdan Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat koʻrsatadi. 1925-yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi. 1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq ko'rsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Hamza toshbo'ron qilinib o'ldiriladi. Vafoti Toʻla asarlar toʻplami [5 j.li], T., 1988-89; Xamza arxivi katalogi [2 j.li], T, 1990-91. Sultonov Yu., Hamza, T., 1973; Qayumov L., Hamza, T., 1973; Hamzaning qabr i Manbalar Adabiyot Rahmonov M., Hamza va oʻzbekteatri, T, 1959; Hamza zamondoshlari xotirasida, T., 1979; Qayumov L., Saylanma, 1-2-j.lar, T., 1983; Hamza Hakimzoda ijodi problemalari, T., 1988. Hamza Hakimzoda ijodi problemalari (toʻplam). T., 1990. Rahmonov M. Hamza Hakimzoda Niyoziy va oʻzbek teatri. T., 1959. Sultonov Yu. Hamza. T., 1979. Qayumov L. Saylanma. Ikki tomlik. T., 1981, 1983. Bu sahifa oxirgi marta 28-Yanvar 2023, 17:56 da tahrir qilingan. • Niyoziy H.H. Toʻla asarlar toʻplami. Besh jildlik, T.: Fan, 1988-1990. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Hamza_Hakimzoda_Niyoziy&ol did=3565355" dan olindi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 449.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling