Jadid milliy adabiyoti va teatri


Download 125.81 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi125.81 Kb.
#1407738
  1   2   3   4
Bog'liq
3-seminar mustamlaka ilik va qaramlik aroitida o’zbek xalqinin


JADID MILLIY ADABIYOTI VA TEATRI


Mundarija:



  1. Kirish

  2. Mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi

  3. Mustamlakachilarning ma'naviy sohadagi olib borgan siyosati va uning oqibatlari

  4. Jadidchilik harakatining asosiy mohiyati

  5. Jadidchilarning ma’rifatparvarlik harakatlari va uning xalq ma’naviyatini ko’tarishda tutgan o’rni

  6. Xulosa

  7. Foydalanilagan adabiyoalar

KIRISH
Mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi
Mustamlakachilik - kuchli dav latlar tomonidan zoʻrlik bilan egallangan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, oʻziga boʻysundirish, qaram qilish, talash siyosati. 15-asr oxirida Yevropa davlatlari (Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya) ana shunday siyosat yurita boshlaydilar. Bunday amaliyot 20-asr boshida avjiga chikdi, natijada dunyoning katta qismi bir necha imperiyalar oʻrtasida boʻlib olindi. Bu davrga kelib eski mustamlakachi davlatlar yoniga yangilari: AQSH, Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Rossiya qoʻshildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) tufayli kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatlari sanoqli yillar ichida mustamlaka imperiyalarini tezda yemirilib, qulashiga olib keldi. BMTning Bosh Assambleyasi mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qildi (1960), unda M. insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholanadi. 20-asrning 60-yillari boshida oʻnlab sobiq mustamlakalar mustaqillikka erishishdi va suveren davlatlarga aylandi. Jumladan, "Afrika yili" deb nom olgan 1961 yilda qitʼaning 21 davlati mustaqillikka erishgan edi. Hozirgi vaqtda ayrim kichik hududlar (asosan, orol qududlari) AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar hukmronligi ostida qolib kelmoqda. Lekin bu hududlarning axoliyey metropoliya aholisi huquqlariga oʻxshash yoki unga yaqin huquqlarga ega boʻldi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishdan keng foydalanadi, metropoliya mamlakatlaridan moliyaviy-iqtisodiy yordam oladi. Shu bois tom maʼnoda M. amalda yoʻqolgan, deyish mumkin. 19- va 20-asrda Rossiya imperiyasi, soʻng sobiq SSSRham M. siyosatini olibbordi. 1991 yil SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Oʻzbekiston M. dan xalos boʻlib, mustaqillikka erishgani ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz beradi.[1]
Mustamiakachilar o'lkada, xususan, Farg'ona viloyatida paxta plantatsiyalari tashkil etdi, sug'oriladigan ekin maydonlarini kcngaytirdi. 1885-1916— yillarda paxta ekiladigan yer maydoni 40 ming tanobdan 550 ming tahobga ko'paydi. Hosildorlikni oshirish maqsadida 1884— yilda tajriba- urug'chilik stansiyasi ochildi. Tolasi sifatli urug'lik chigiti yaratildi. Paxtachilikda pishiq tolali va hosildor «Amerika» navini ekish keng tarqaldi, boshqa ekin maydonlari yildan-yilga qisqartirib borildi. Qishloq xo'jaligida pilla yetishtirish ko'paytirildi, qand lavlagi, kartoshka, karam ekinlarini ekish o'zlashtirildi. Vinochilik, asalarichilik paydo bo'ldi. 1867-1896— yillarda Rossiya imperiyasi xazinasiga 150 million so'm sof daromad tushdi.
Fodshoh ma'muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va yetishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo'l qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889— yillarda zudlik bilan Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo'y, Kushka, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo'qon, Andijon shaharlarini bog'lovchi O'rta Osiyo temir yo'li qurildi. 1890-1905— yillarda Toshkent-Orenburg temir yo'li qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi bilan bog'landi. 1915— yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob temir yo'li qurildi. Temir yo'llar qurilishi munosabati bilan Rossiyadan ko'plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko'chib kelishdi va ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi. Ular joylashtirilgan qism yangi shahar, yerli aholi yashaydigan qism eski shahar deb ataladigan bo'ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (Hozirgi Farg'ona) shahri vujudga keldi.
Turkiston Rossiyaning markazi bilan temir yo'l orqali bog'lan-gach, rus kapitali (sarmoyalari) o'lkaga oqib kelaboshladi. Turkiston xomashyo bazasida savdo-sanoat yuritish, zavod-fabrikalar qurishga intiluvchilarga Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya davlat banki pul qarz berib turdi. Natijada, bir qator zavodlar, savdo shahobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi. Paxta va uni xarid qilish bilan shug'ullanuvchi 30 ta savdo shahobchasi vujudga keldi. 1913— yilda tuzilgan «Beshbosh» degan paxta-yog' shirkati Turkistonda 29 ta paxta zavodi qurdi. Bu shirkat o'lkada yetishtirilgan paxtaning 30 foizini xarid qilar, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar, 160 ming tonna chigit tayyorlardi. Katta sarmoyador Vodyaevlar Turkistonda «Vodyayevlar savdo uyi»ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi. Farg'ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo'llar, paxta tozalash zavodlari va Ivanovo to'qima-chilik korxonalari Vodyavlar nazoratidagi katta kombinat tarkibiga kiritilgan edi. Ular yiliga Farg'ona vodiysida yetishtirilgan 7-8 million pud paxtani Ivanovoga tashib ketardi.
Mustamiakachilar qanchalik boyib borsa, arzon ishchi kuchi bo'lgan mahalliy aholi shunchalik qashshoqlashib bordi. Dehqonlar og'ir shartlar asosida qarz olardi, qarzini to'lay olmay o'ziga tegishli yerini sotib, yersiz qolardi, mardikorlik, chorakorlik qilishga majbur bo'lardi. Ular yer egalari qo'lida yollanib batraklik qilishga yoki yangi ochilayotgan korxonalarga arzimagan ish haqi evaziga ishlashga majbur bo'lardi. Yerni Rossiya banklari yoki puldor mahalliy boylar sotib olardi. Shu tariqa, o'lkada 90-100 gektarcha sug'oriladigan yen bo'lgan boy xo'jaliklari vujudga keldi. XX asr boshlaridagi ma'lumotlarga ko'ra o'lka aholisining 70 foizi kambag'al va qashshoqlar, 17 foizi o'rta hoi, 13 foizi o'ziga to'q, boy oilalar hisoblanardi.
Rossiyalik sarmoyadorlar o'lkada paxta tozalash, yog' va spirt ishlab chiqarish, pivo, tamaki, un, qand, sovun, g'isht, ko'n, mis eritish, jun yuvish, ohak qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, ulardan mo'may daromad olishni yo'lga qo'ydilar. 1908— yilda o'lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritgan bo'lsa, 1917— yilda ularning soni Buxoro amirligi va Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham qo'shib hisoblaganda 1200 taga yetgan.
O'lkada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi aholining tabaqalanishiga ta'sir etib, milliy burjuaziya va ishchilar sinfi shakllana boshladi. 1914— yilgi maiumotlarga ko'ra, o'lkada 49,5 ming ishchi bo'lib, ulardan 25,5 mingi sanoatda, 24 mingi temir yo'l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do'konlar, tegirmonlar, katta-katta bog' va uzumzorlarga ega bo'lgan mahalliy burjuaziya tabaqasi ham faoliyat yuritdi. Mahalliy aholiga mansub ishchilarga rossiyalik ishchilarga nisbatan 2,5-3,5 baravar kam ish haqi to'langan. Dehqonmi, mardikormi, ishchimi mahalliy aholi Rossiya mujiklari va ishchilari oldida kamsitilardi.
Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o'tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 1895— yilda Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan 6 million so'mdan ortiqroq summada temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog'och, choy, oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo'lsa, 1914— yilda sotilgan buyumlar salmog'i 243 million so'mdan oshib ketdi. Sotilgan mahsulotlarning 40 foizini o'lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya to'qimachilik korxonalarida to'qilgan gazlamalar tashkil etardi. Rossiya savdo-sanoatchilari Turkistonda sanoat mahsulotlari sotishdan ham, Turkistondan xomashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar.
Shunday qilib, Turkiston, nafaqat, Rossiya davlatining, shunin-gdek, rossiyalik savdo-sanoatchilar manfaatiga xizmat qiladigan o'lkaga aylantirildi.

Download 125.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling