Jadidchilik yoki jadidizm 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,maʼrifiy harakat


Download 16.61 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi16.61 Kb.
#1102254
Bog'liq
Ma.naviyat


3 Mavzu

  1. Jadidchilik yoki jadidizm — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,maʼrifiy harakat.Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.

    Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan.





  1. Jadidchilik harakati vakillari o’zlarining ma‘rifatparvarlik mafkurasiga bir tomondan o’sha davr uchun dolzarb bo’lgan demokratik g’oyalarni: ilm o’rganish, fan va texnika yutuqlaridan baxramand bo’lish, ilmiy-tabiiy fanlarni rivojlantirish, so’z va fikr erkinligini joriy qilish, demokratik davlat q’urilishiga asoslangan milliy davlatchilikni vujudga keltirish, milliy g’oyalar qatlamini shakllantirish, adabiyot va san‘atning zamonaviy janrlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan mustamlakachilik siyosati ta‘siri ostida o’z milliy qiyofasini yo’qotayotgan turkiy til va milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma‘naviy-axlokiy takomillarni yanada kuchaytirish, milliy o’zligini anglash, milliy ong, milliy tafakkurni va diniy e’tiqodlarni mustaxkamlash kabi g’oyalarni asos qilib oladilar.

  2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida ma‘naviy inqiroz chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umumsoni qadriyatlardan baxramand bo’lmay, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymay, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga erishib bo’lmas edi. Shu sababli jadidlar millatning ma‘naviy kamoloti ma‘rifatga erishuvida deb to’shundilar. Buning uchun maktablarda dunyoviy bilimlar berish bilan isloh qilish zaruriyatini ta‘kidlab, milliy uyg’onish va milliy ong shaklanishida muhim rol o’ynaganlar.
    Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir.

  3. Turkistonda o'rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi, iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqnitalash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma'naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o'lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoat-chilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodiik uchun intilishini so'ndirolmadi, milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o'ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg'otish, milliy ongini oshirish, birlash-tirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi.

Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling